Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.Turli xil materiallar turlarini ayting.
2. Yog’ochning qanday turlarini bilasiz?
3.Turli xil materiallar bilan ishlashda qanday texnika xavfsizligi
qoidalari mavjud?
22-MAVZU. TABIIY MATERIALLAR BILAN ISHLASH
DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
Reja:
1.Tabiiy materiallarni to‘plash va ishga tayyorlash.
2.Tabiiy materiallardan (barglar, somon qalamchalari, yong‘oq
po‘choqlari, patlar, o‘simlik urug‘lari va boshqa materiallar)
applikatsiyalar va o‘yinchoqlar yasash texnologiyasi.
3.Tabiiy materiallar bilan ishlashga oid ish joyini tashkil etish
talablari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
Tabiiy materiallar turlari, somon qalamchalar, applikatsiyalar,
o’yinchoq yasash texnologiyasi.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar quyidagi tabiiy materiallardan:
qum, tuproq, shag’al, suv, qor, daraxt va o’simliklarning barglari,
shox-shabbalari, ildizlari, sabzavot va mevalarning urug’lari, tuxum
po’choqlari, somon va shu kabilardan foydalanadilar. Tabiiy
materiallarning haqiqiy shakllaridan kerakli o’rinlarda foydalanish
mumkin. Bunda bolalar tabiiy materialda ifodalangan biror-bir
obrazning o’xshashlik tomonlarini yanada bo’rttirish, qo’shimcha
ishlov berish orqali haqiqiysiga yaqinlashtirish hamda bunda asbob-
uskunalardan foydalanishni o’rganadilar. Tabiiy materiallar bilan
ishlash o’quvchilarning tasavvurini, ijodiy qobiliyatini o’stirish bilan
birga, u yoki bu tabiiy shakllarni o’zaro biriktirish orqali o’ziga xos
bo’lgan qiziqarli o’yinchoqlar va shu kabilarni tuza olish malakasini
ham rivojlantiradi. Tabiiy materiallardan qurish-yasash jarayonida
o’quvchilar turli bo’laklarni o’zaro biriktirish, ulash, qo’zg’aluvchan
yoki qo’zg’almas qilib o’rnatish, qumqog’oz, egov, pichoq va shu
241
kabilar bilan ishlov berish usullarini ham bekamu ko’st o’zlashtirib
oladilar. Ayrim hollarda tabiiy materiallardan yasaladigan shakllar,
o’yinchoqlarning ifodaliligini, ta’sirchanligini oshirishda tashlandiq
materiallar ham ishlatiladi. O’qituvchi o’quvchilarga kerakli
tushunchalarni berishda masalaning ana shu jihatiga ham e’tibor
berishlari lozim.
Mashg’ulot uchun kerak bo’ladigan tabiiy materiallar mavsumga
ko’ra yig’ib boriladi va kerakli turlarga ajratib qo’yiladi. Bu ishlarni
o’quvchilar bilan tabiat qo’yniga sayohatga chiqqan paytda amalga
oshirish maqul. Syohat jarayonida o’qituvchi bolalarga har bir tabiiy
material haqida kerakli tushunchalar va ularni yig’ish, qanday saqlash
borasida zarur bo’lgan ko’rsatmalarni beradi. Mazkur ishlarning o’z
vaqtida
bajarilishi,
tabiiy
materiallardan
qurish-yasash
mashg’ulotlarining samarali o’tishida katta ahamiyatga egadir. Bu o’z
navbatida o’qituvchidan va o’quvchilardan katta mas’uliyatni talab
qiladigan jarayondir. Mashg’ulot uchun kerakli bo’lgan tabiiy
materiallar qanchalik ko’p g’amlansa, o’quvchilar tomonidan
bajariladigan o’quv topshiriqlarining mazmuni ham shunchalik turli-
tuman bo’ladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari texnologiya darslari va sinfdan
tashqari mashg`ulotlar jarayonida turli xil maneriallarni to’plash va
ularga ishlov berish lchlarini o’rganadilar. Turli va tabiiy
matriallarga misol tariqasida qog`oz, karton va gazlamalardan tashqari
o`simliklarning turli qismlari (shoxi, barglari, gullari, ildizi, po`sti,
urug`i, mevasi); foydali qazilmalar (kvarts qumi, loy, minerallar);
yog`och (archa, sosna, qayin, lipa, ryabina); metallar (temir, mis,
alyuminiy); plastmassa (polietilen, tekstolit, kapron) va boshqa
materiallarni aytish mumkin.
Bu materiallarning ayrimlari, masalan o`simlik qismlarini
o`quvchilar tabiatga sayr qilish paytida teradilar, fanera, turli metallar,
plastmassalarni
esa
tayyor
holdagisi
yoki
yarimfabrikatlar
shaklidagisini oladilar.
O`qituvchi o’quv yili boshidan o`quvchilarga tabiiy materiallarni
to`plash haqida ma’lumotlar berib boradi, ularga ishlov berish sir-
asrorlarini o’rgatadi, saqlash texnologiyalarini yaxshilab
tushuntiradi. Bolalarga o`simliklar shoxi, barglari, gullari, po`stlog`i,
mevasini terib borishni vazifa sifatida topshiradi; kvarts qumi va loy
242
tayyorlash hamda undan narsalar tayorlash usullari bilan tanishtirib
boradi. Tushuntirish ishida o`qituvchi mamlakatimizda tabiatni
qo`riqlash to`g`risida qonun mavjudligi, shu qonunda belgilangan
talablarni albatta bajarish shartligi va shunga ko’ra tabiiy boyliklarga
ehtiyotkorona munosabatda bo`lishni talab etishini aytib o`tishi
ahamiyatlidir.
O`qituvchi bu qonunning asosiy qoidalarini qayd etib, daraxt
barglari va o’simliklardan faqat yerga tushgan materiallarnigina terish
kerakligini eslatadi. Qonunga ko’ra daraxt va butalarni sindirish,
tabiatni ifloslashtirish, o`simlik shoxlari, po`stlog`i, barglarini kesish
mumkin emasligini uqtiradi. Dastlab tabiiy materiallar bilan
tanishtirish 1-sinfdan boshlanadi. Quyida 1-sinf Texnologiya darsini
ko’rishimiz mumkin:
O`qituvchi
tabiiy
materiallarni
qanday
to`plash
haqida
maslahatlar beradi. Masalan, kvarts qumini daryo va suv havzalari
sohillarida quruq holda, loyni esa tabiiy holida yig`ish kerakligi;
barglar va gullarni ho’l holda yig’ib botanik pressda quritish lozimligi
shular jumasidandir. O`qituvchi o`simliklar va ularning qismlarini
botanik pressda qanday quritishni mumkinligini ko`rsatib berishi o’ta
ahamiyatli.
Tajriba ko`rsatishicha, boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun
ta‘limning birinchi bosqichida eng oddiy va qiziqarlisi tabiiy
materiallardan
dekorativ
tayorlash
ishlaridir.
Bolalar
tabiiy
materiallardan turli o`yinchoqlarni tayyorlash ishini katta intilish bilan
243
bajaradilar. Birinchi sinf o`quvchilarida tabiiy materiallar bilan
ishlashga qiziqish uyg`otish uchun ularga xalq o`yinchoqlari
namunalarini ko`rsatish juda foydali. O`quvchilarni tosh, loy,
yog`ochdan
bajarilgan
xalq
o`yinchoqlari
namunalari
bilan
tanishtirish, ayniqsa ahamiyatli. (1-rasm). Bu ishning yong`oqlar,
yong`oq po`stlog`i, loy, shoxlardan o`yinchoqlar tayyorlashdan oldin
o’quvchilarga ko’rsatilishi faoliytni mazmunli va samarali o’tishini
ta’minlashi mumkin.
1-rasm. Xalq ustalari mahsulotlari:
O`qituvchi xalq ustalari nafaqat tosh, loy va yog`ochdan turli
o`yinchoqlarni tayyorlashi, balki rangli toshlardan ayiqchalar, itlar,
bug`ular, otlar figurachalarini yaratichi, ural o`ymakorlik sohasida
ham mashhur bolib, loydan o`yinchoq - hushtakchalar tayyorlovchi
ustalar bilan bemalol bellasa olishini aytib beradi. Loydan otlar,
bug`ular, qushlar, ertak qahramonlari figuralarini yasab, olovda
quritib, bo`yaydigan dimkovlik ustalar shuhrati uzoqlarga ketganligini
ma’lum qiladi.
Kuzatishlar jarayonida bolalarga xalq o`yinchoqlari namunalarini
diqqat bilan qarab chiqish va savollarga javob berish topshirig`i
beriladi: 1-rasmda tasvirlangan o`yinchoqlar qanday nomlanadi? Har
bir o`yinchoq qanday materialdan tayyorlangan? Tosh, loy va
yog`ochdan o`yinchoqlar qanday tayyorlanadi? Qaysi o`yinchoqlar
244
ayniqsa yoqadi va nima uchun? Bolalar qaysi o`yinchoqlarni yasashni
istar edilar?
Bolalarning kuzatishlarini umumlashtirib, o`qituvchi xalq
o`yinchoqlarida xalq ertaklaridagidek ko`p kulgili quvnoq detallar,
aqlli ifodalangan kuzatishlar borligiga o`quvchilar e`tiborini qaratadi.
O’qituvchi o`yinchoqlar hamma vaqt ham haqiqiy insonlarga va
hayvonlarga o`xshayvermasligi, biroq hamma vaqt juda ifodali va
dabdabali bo’lishini tushuntirib beradi.. Har bir o`yinchoq o`ziga xos
ko’rinishga ega ekani va takrorlanmasligi, biroq yaratiluvchi
o`yinchoqlarning turli-tumanligiga qaramay xalq ustalarini bir narsa
yaqinlashtirishi, ya’ni ularning hammasi juda kuzatuvchan va ishlov
beriluvchi material xususiyatlarini yaxshi bilishi, uning go`zalligini
ochib bera olishida ekanligini ta’kidlab o’tadi. Ilgari xalq ustalari
tomonidan tayyorlanuvchi buyumlarning ko`pchiligi ajoyib o`yinchoq
bo`lgan bo`lsa, hozirgi vaqtda ular kichik dekorativ haykalchalar
bo`lib, xonadonlarni bezatib turganligini aytadi.
Bunday haykalchalarning har biri katta qiymatga ega, chunki u
usta qo`li bilan yagona nusxada yaratiladi. Xalq ustalarining tasviriy
vositalari sodda, quvnoq, ochiq, ular ko`p asrlar davomida xalq
tomonidan tanlab olingan va sinalgandir. Shu sababli har bir xalq
o`yinchog`i biz uchun taqlid qilishga namuna bo`lib xizmat qila oladi.
O`quvchilar
tabiiy
materiallardan
narsalar
tayorlashga
kirishishdan oldin ularga ba’zi laboratoriya ishlarini bajartirish
maqsadga muvofiq. Masalan, qurigan loy, yog`och parchasi, kichik
toshchalar bilan ishlash uchun quyidagi laboratoriya ishlarini
bajartirish mumkin: O `qituvchi navbatchilar bilan birgalikda har bir
Dostları ilə paylaş: |