248
ikkala po`choq bo`lagi butun qolishi uchun pichoq yordamida
ehtiyotkorona sindirish kerakligini uqtiradi.
Bu ishda birinchi sinf
o`quvchilarining texnik xavsizligiga rioya qilishi va buning uchun
ularga kattalar yordam berishi kerak.
Yong`oq po`chog`ini kuzatish va ishlov berish bo`yicha eng
oddiy tajribalar jarayonida o`quvchilarga quyidagi savollarga javob
topishlari vazifa sifatida beriladi: Yong`oqlar qanday shakl va rangda
bo`ladi? Ular dub daraxti yong`oqlaridan nima bilan farq qiladi?
yong`oqlarni qaysi asboblar yordamida ishlov berishi mumkin?
Yong`oq po`chog`idan qanday o`yinchoqlar yasash mumkin?
O’qituvchi o’quvchilarga yong`oqning yumshoq mag`zi olingach,
bo`sh po`stlog`i qolishini tajribada ko’rsatadi. Uni ehtiyotkorona
sindirishda, aylana qayiqchilarga o`xshash
ikki qismga ajratish
mumkinligi, yong`oq po`stlog`ini bigiz bilan teshishi, pichoq va
arracha bilan ishlov berish, BF-2 va
PVA yelimlari bilan yelimlash,
lak bilan qoplash usullarini ko`rsatib beradi.
Tozalangan yong`oq po`chog`iga dasta yasalsa, savatcha hosil
bo`lishi; parusli machta o`rnatilsa, kemacha hosil bo`lishi; ikki
po`choq bo`lagini biriktirib, ularga qog`oz, loy,
shoxchalardan oddiy
detallarni qo`shib jo`jacha, baliqcha, ukkicha yasash mumkinligi
amalda ko’rsatib bveriladi..
Shunday qilib, yong`oq po`chog`idan o`yinchoqlar yasash
jarayonidagi kuzatishlar va tajribalar paytida o`quvchilar
predmetlar
kattaligi, shakli, rangi, ularning fazoda joylashuvi, buyumlarning
ishlov berilishi, o`rnatilishi va pardozi to`g`risidagi
bilimlarini
mustahkamlaydilar.
Bolalarning yong`oq po`chog`idan kemachalar, kolyaskalar,
tarozilar tayyorlashi ayniqsa qimmatli. Bu o`yinchoqlar bilan
o`quvchilar qo`shimcha kuzatishlar va tajribalar o`tkazadilar.
Kemachani suvda sinab ko`rib, bolalar o`yinchoq
haqiqiy kemadek
suzishiga ishonch hosil qiladilar; kolyaskani yurgizib, o`quvchilar u
haqiqiydek harakatlanishini qayd etadilar; ba‘zi predmetlarni qo`lbola
o`yinchoq tarozida o`lchab bolalar haqiqiy tarozi ishlashi haqida
tasavvurga ega bo`ladilar.
Dostları ilə paylaş: