245
pichoq - kesish uchun; arracha – aralash uchun; parmacha va bigiz –
teshish uchun.
2-rasm. yong`oqlardan shoxchalarni qo`shib o`yinchoqlar
yasash
uchun materiallar.
Asboblar va ishlash usullari: 1 – shox; 2 – yong`oq; 3 – kesilgan
yong`oq; 4 – ish asboblari; 5 – yyelim; 6 – ishlash usullari
O`qituvchi pichoq va arracha yordamida toza yong`oqlarni kesish,
parmacha va bigiz bilan tuynuk hosil qilish usullarini ko`rsatib beradi
(2-rasm, 5 va 6). Keyin xuddi shu ishlarni eski yong`oqlar bilan
bajarib ko`rsatadi. O`qituvchi ishini kuzatib turgan o`quvchilar toza
yong`oqlarni eskilariga qaraganda ishlov berish ancha osonroq
ekanligini bilib oladilar. Pichoq va arracha bilan kesish, parmacha va
bigiz bilan teshish ishlari birinchi sinf o`quvchilari uchun biroz xavli,
shuning uchun ular amaliy topshiriqlarni bajarishda hamma yig`ish
jarayonlarini loy va tez quruvchi yelim yordamida bajaradilar.
O`quvchilar detal(qism)larni plastilin, loy va BF-2
hamda PVA
yelimlari yordamida birlashtirish tajribalarini amalga oshiradilar.
246
Bolalar detallarning eng oddiy, lekin mustahkam bo`lmagan
birlashtirilishi – plastilin bilan, ularning mustahkamroq biriktirilishi –
loy bilan va eng mustahkam va ishonchli biriktirish tez quruvchi BF-2
va PVA yelimlari yordamida amalga oshirilish kerakligini bilib
oladilar.
Yelimlangan shoxchalar yordamida yong`oqlardan alohida
detallarni biriktirishda o`quvchilar diqqatini
dastlab shoxchalarni
yo`nish, keyin yelim surtib, oldindan ochilgan teshiklarga zich
joylashtirish kerakligiga qaratish kerak.
Ikkinchi sinf o`quvchilari yong`oqlardan shoxchalar va boshqa
materiallarni qo`shib ko`pgina qiziqarli buyumlar tayyorlaydilar (3-
rasm).
3-rasm. Yong`oqdan o`yinchoq namunalari
Yong`oqlardan
o`yinchoqlar
yasash
bo`yicha
amaliy
mashg`ulotlarda o`quvchilar predmetlarning
fazoda joylashuvi va
predmet qismlarining bir-biriga nisbatini kuzatadilar, harakatda
qushlar va odamlar xarakterini yaxshi aks ettirish usullarini
aniqlaydilar (3-rasm).
Bolalar
shahardan tashqariga, o`rmon, saylgohlar yoki bog`larga
sayr qilishda turli mevalar, shu jumladan, yong`oqlarning ham o`sishi
va yetilishini kuzatadilar. Yong`oq mevalari sentyabrda yetilishi va
sarg`aygan barglar bilan birgalikda yerga tushishini bilib oladilar,
247
ularni
terib olib, texnologiya darslari ga olib keladilar va turli
tajribalarni o`tkazadilar.
Kuzatishlar davomida o`quvchilarga yong`oqlarni diqqat bilan
ko`rib chiqib quyidagi savollarga javob toppish uchun topshirig`i
beriladi: Yong`oqlar qanday shakl va kattalikda bo`ladi? Ular qanday
rangda? yong`oq qanday qismlardan iborat? Ulardan texnologiya
darslari da nima tayyorlash mumkin?
O’quvchilarga yong`oqlardan tayyorlangan turli o`yinchoq
rasmlarini epidiaskop yordamida ko`rib, ularni shakli va ranggi u yoki
bu personaj xarakterini aniqroq ifodalab berish, uni tayyorlashda qaysi
qo`shimcha materiallardan foydalanish
mumkinligini aniqlashlari
aytiladi. Bu bilan bolalar yong`oqlardan o`yinchoqlar yasash
texnologiyalarini bilib oladilar. O`yinchoqlar yasashda yong`oqlar
bilan bir qatorda shoxchalar, patlar, ryabina mevalari va hokazo
bo`lishi kerakligini aniqlaydilar.
Dostları ilə paylaş: