Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


III sinfda to`ng`izyong`oqlar bilan ishlashda kuzatishlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

III sinfda to`ng`izyong`oqlar bilan ishlashda kuzatishlar
tajribalar va ko`rsatishlar. 
Yozda o`quvchilarga to`ng`izyong`oqlar 
paydo bo`lishi va rivojlanishini kuzatish topshiriladi. Bolaollar 
bahorda archa va sosna daraxtlarining shoxlari uchida kichik 
to`ng`izyong`oqchalar paydo bo`lishini aniqlaydilar. Kuzga kelib ular 
yiriklashib yetiladi. Yetilgan va daraxtdan tushgan to`ng`izyong`oqlar 
turli o`yinchoqlar yasash uchun ajoyib material bo`lib xizmat qiladi.
O`quvchilar taxminan bir xil shakl, kattalik va yoshdagi ikkitadan 
archa va sosna yong`oqlarini tanlab oladilar. Bitta archa yong`og`i va 
bitta sosna yong`og`ini bir necha marta suyuq duradgorlik yelimiga 
botirib oladilar va quruq joyga yelimga botirilmagan yong`oqlar bilan 
olib qo`yadilar. Yong`oqlarni ma‘lum vaqt davomida kuzatib
o`quvchilar yelim bilan qoplanmagan yong`oqlar o`lchami birmuncha 
kattalashib, g`ovak va «paxmaygan» bo`lib qolganini, yelim bilan 
qoplangan yong`oqlar esa o`z shakli va kattaligini o`zgartirmaganini 
aniqlaydilar (7-rasm). 
7-rasm. Sosna va archa to`ng`izyong`og`idan o`yinchoqlar 
Ko`pincha yong`oq shaklining o`zi va unda tangachalar 
joylashuvi o`quvchilarga undan nima yasash mumkinligini aytib 
turadi. Kuzatishlar jarayonida o`quvchilar zich tangachali oval yirik 
archa yong`oqlaridan o`yinchoqlar: tipratikan, pingvin, cho`chqacha, 
echki, ot yasashda; oval sosna yong`oqlaridan turna bo`ynini 
yasashda; paxmoq archa yong`oqlaridan – xo`roz bo`ynini yasashda; 
egilgan archa yong`oqlaridan – mushuk gavdasini yasashda 
foydalanish yaxshiligini bilib oladilar. 
O`yinchoqlar yasashda to`ng`izyong`oqlarga boshqa tabiiy 
materiallarni qo`shish mumkin. Masalan, tipratikan panjalari va 
tumshug`ini, pingvin, xo`roz va turna boshini, cho`chqacha boshi va 


252 
oyoqlarini loydan; chavandoz va ot boshlarini, echki va mushuk 
boshini yong`oqdan; turna xo`roz, echki va mushuk bo`yni va 
oyoqlarini shoxchalardan tayyorlash maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin