portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari
2.1. KATALIZATOR TAYYORLASh Sanoatda asosan nikel va nikel-mis katalizatorlari kukunsimon (poroshok) holatida
ishlatiladi. Ular eltuvchisiz yoki eltuvchi (nositel) bilan tayyorlanadi. Nikel-mis katalizatori, bu
metallarning karbonatli tuzlari xolida bo‘ladi. Buning uchun nikel va mis sulfatning eritmasini
natriy karbonat ta’sirida cho‘ktiriladi.
NiSO
4
+Na
2
CO
3
NiCO
3
+Na
2
SO
4
CuSO
4
+Na
2
CO
3
CuCO
3
+Na
2
SO
4
Tayyorlangan karbonat tuzlar ko‘pincha o‘z tarkibida sezilarli miqdorda tashqi mineral
tuzlarni saqlaydi. Bularning bir qismi natriy karbonat bilan cho‘ktirish vaqtida hosil bo‘ladi. Ular
tayyorlangan katalizatorning aktivligiga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun, olingan karbonat
tuzlarining cho‘kmasi suv bilan yuviladi. Yuvish, yuvindi suvning sifat analizi uning tarkibida SO
4
-
2
, Cl
-
va ishqor yo‘qligini ko‘rsatguncha davom ettiriladi. Olingan cho‘kma tarkibida ko‘p
miqdorda suv (60-75%) bo‘ladi, shuning uchun uni keyingi bosqichda ishlatish uchun 10-16%
namlikkacha quritiladi. So‘ngra, quritilgan karbonat tuzlari maydalanadi, moy bilan aralashtiriladi
va qaytariladi yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri gidrogenizatsiya uchun ishlatiladi. Katalizator tayyorlashda
nikel bilan mis metallari Ni:Cu=3:1 yoki 1:1 nisbatda bo‘ladi. Katalizatorlarni metall
qotishmalaridan ham tayyorlash mumkin. Bunday katalizatorlar yuqori darajadagi aktivligi bilan
ajralib turadi va ularni skelet holatidagi katalizatorlar deb ataladi. Skelet katalizatorlarni tayyorlash
uchun katalitik aktiv metall-nikelni alyuminiy bilan qotishmasi tayyorlanib, alyuminiy ishqor
ta’sirida yo‘qotiladi. Buni quyidagi reaksiyadan ko‘rish mumkin.
2Al + 2NaOH + 2H
2
O 2 NaAlO
2
+ 3 H
2
Skelet katalizatorlar kukun holatida ham, donalar (granul) shaklida ham tayyorlanishi
mumkin. Katalizator donalar shaklida qo‘llanilganda yog‘larni gidrogenlash kolonna tipidagi
reaktorlarda olib boriladi. Bunda katalizator kolonnada turg‘un holatda joylashtiriladi, natijada
olinadigan salomas tarkibida katalizator zarralari bo‘lmaydi, u toza holatda olinadi. Bu hol
gidrogenlash zavodlarida salomasni filtrlash jarayonini qo‘llamaslik imkonini yaratadi, ishlab
chiqarish unumdorligi ortadi, salomas tannarxi kamayadi.