29
Paxta moyini muhim sifat ko‘rsatgichlaridan biri uning rangidir. DST bo‘yicha
rafinatsiyalangan paxta moyining rangi doimiy 35 sariq birlikdagi qizil birlik bilan baholanadi; bu
ko‘rsatgichda muvofiq moy navlarga ajratiladi: oliy nav-7, birinchi nav-10, ikkinchi nav-16.
Shu sababli paxta moyi rafinatsiyasi nafaqat erkin yog‘ kislotalarini yo‘qotish, balki
gossipolni ham yo‘qotishga xizmat qiladi. Agar I va II navli yaxshi urug‘lardan olingan moy bo‘lsa,
unda o‘zgargan gossipol kam bo‘ladi va uni rafinatsiyalash odatdagi ishqoriy
qayta ishlash bilan
amalga oshirilishi mumkin. IV va quyi navli urug‘lar qayta ishlanganda, olingan moy kislota soni
yuqori va tarkibidagi o‘zgargan gossipol hosilalari hisobidan rangi to‘q bo‘ladi.
Bunday moylarni
rangini bir marta ishqoriy neytrallash bilan pasaytirib bo‘lmaydi. Shu sababli past navli paxta
chigitidan arzon, tiniq moylar olish maqsadida rafinatsiyalashning yangi usullarini topish ishlari
to‘xtatilgani yo‘q.
Paxta moyini antranilat kislotasi
bilan qayta ishlanganda, antranil kislota u gossipol va
uning hosilalari, masalan gossifosfatidlar bilan reaksiyaga kirishadi. Natijada
moyda yomon
eriydigan mahsulotlar hosil bo‘ladi. Filtrlashdan so‘ng olingan cho‘kma va yog‘sizlangan mahsulot
antranilat gossipol deb ataladi.
Antranilat kislotasi yordamida moydan yoki misselladan 90% gacha gossipol va uning
hosilalarini ajratib olish mumkin. Antranilat gossipol qoldig‘i va
reaksiyaga kirishmay qolgan
atranil kislotasi moyni ishqor bilan neytrallash orqali yo‘qotiladi. Hisoblanganiga ko‘ra
ishlatiladigan atranil kislotasi miqdori har 1% gossipol uchun 0,53% ga teng.
Antranilat kislotasi bilan gossipol yo‘qotilgandan keyin moyning rangi taxminan 2
barobar, gossipol miqdori 5-10 barobar moyni kislota soni 0,5-1mg KON ga va fosfatidlar miqdori
3-6 barobar kamayadi.
Rafinatsiya qilinmagan paxta yog‘ida 0,1 dan 2 % gacha gossipol va uning birikmalari
mavjud, u yog‘ning rangini xiralashtiradi.
Gossipol natriy
bilan reaksiyaga kirishib, gossipolyat natriyni hosil qiladi. U suvda erib,
osonlik bilan yog‘dan ajraladi. Gossipolning o‘zgarishidan hosil bo‘lgan mahsulotlar sovunning
(soapstok) absorbsiyasi hisobiga ajraladi.
Rjexin paxta yog‘idan gossipolni ajratish usulini ishlab chiqkan.
Bu usulda asosan paxta
yog‘i antranil kislotasi bilan ishlanib yog‘da erimaydigan antronilat gossipol hosil bo‘ladi.
Agar yog‘da gossipol miqdori 0,5 % dan oshsa antranilat kislotasi bilan ishlanadi. Bu
jarayonni yog‘da va missellada bajarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: