O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA


Neytrallash usullari va texnologik rejimlari



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

Neytrallash usullari va texnologik rejimlari. 
Neytrallash usullari asosan neytrallangan 
yog‘-sovun eritmasi fazalarini ajratish prinsiplari bilan farqlanadi: davriy-fazalarni tuzli-suv asosli 
gravitatsion maydonda ajratish;
uzluksiz-fazalarni markazdan qochma kuch maydonida, ishqor-sovun muhi-tida ajratish,, 
uzluksiz emulsiyali usul. 
Davriy usul
- hozirgi vaqtda yog‘larning uncha katta bo‘lmagan miqdori va paxta yog‘i 
uchun ishlatilmokda. Bu usul xajmi 5, 10, 20 t bo‘lgan neytralizator-larda bajariladi. Rafinatsiya 
quyidagicha olib boriladi.
Yog‘ neytralizatorga kelib tushadi va bug‘li g‘ilof yordamida kerakli haroratgacha (40-
45
0
S) qizdirib aralashtiriladi. Tarqatuvchi yordamida, hisob-langan va shu haroratgacha qizdirilgan 
ishqor eritmasi beriladi, 30 min. davomida aralashtirib turiladi. Keyin yog‘ning haroratini ko‘tarib 
(60-65
0
S), soapstok parchalari hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tindiriladi. Yog‘ sharnirli truba 
orqali quyib olinadi. Soapstokni esa maxsus sig‘imga tushiriladi. Zarur bo‘lganda suv yoki tuz 
eritmasini berish mumkin. 5-jadvalda kungaboqar va soya yog‘larini rafinatsiyalashni texnologik 
rejimlari berilgan. 
5 – jadval 
Neytrallashning texnologik rejimlari 
Ko‘rsatgichlar Kislota 
soni 
7 gacha 
Kislota soni 
7dan yuqori 
Ishqor konsentratsiyasi, g/l 
85-105 
125-145 
Ortiqcha ishqor, % 
10-20 
10-20 
Boshlang‘ich harorat, 
0
S 45-50 
45-50 
Oxirgi harorat, 
0
S 55-60 
55-60 
Tindirish 
6 soatgacha 
6 soatgacha 
Davriy usulning kamchiligi, tindirishning uzoqligi, soapstokda neytral yog‘ miqdorining 
ko‘pligi va bu jarayon uzoq bo‘lgani uchun ishqor neytral yog‘ni sovunlaydi. Soapstok yog‘ligini 
30-50 % bo‘ladi. 
A.A.Shmidt yangi usulni taklif qildi, ya’ni tuz-suv asosli neytraliza-siya. Bu usul, sovun 
pardasi osh tuzining kuchsiz eritmasida erishiga asoslangan va buni natijasida soapstokdagi neytral 
yog‘ ajralib chiqadi. Buning uchun neytralizatorga 1 % konsentratsiyali tuz-suv eritmasi beriladi. 
Sovunli parda cho‘kmaga tusha turib, tuz-suv eritmasiga tushadi. Sovun erib, yog‘ ajralib chiqadi. 


27
Neytralizatsiya harorati 90-95 
0
S (sovun shunday haroratda yaxshi eriydi). Ishqor konsentratsiyasi 
40-45 g/l. Tuzli eritmaning miqdori yog‘ning kislota soniga bog‘liq va eritmadagi sovun 
konsentratsiyasi 9-12 % dan oshmasligi kerak. Tuz-suv asosli usul neytralizator unumdorligini 
oshiradi va soapstokdagi yog‘ miqdorini kamaytiradi.
Uzluksiz usul.
Neytral yog‘-soapstok fazalarini markazdan qochma kuch maydonida 
ajratish eng samarali va istiqbolli usul hisoblanadi. Bunda neytralizatsiya maxsus 
aralashtirgichlarda, fazalarga ajratish esa separatorlarda amalga oshiriladi. Bu usul bilan ishlovchi 
quyidagi qurilmalar mavjud: A1-JRN, “Alfa-Laval”, “Vestfaliya”, “Djanatssa”, “Sharples”. Bu 
qurilmalar bir-biridan unumdorligi va ishlatilayotgan separatorlar bilan farq qiladi. MDHda A1-
JRN va “Alfa-Laval” qurilmalaridan keng foydalaniladi. Ularda ishqor konsentratsiyasi va uni 
ortiqcha miqdori yog‘ni turiga va kislota soniga qarab tanlab olinadi (4.5-jadval). Bu qurilmalarda 
foydalanilayotgan ishqor eritmasini konsentratsiyasi nisbatan yuqori bo‘lishiga qaramasdan, yog‘ 
bilan ishqor orasidagi kontakt juda qisqa muddatli bo‘lganligi uchun, neytral yog‘ni sovunlanishi 
ko‘p emas.
Neytrallash harorati 85-90
0
S, soapstokni yog‘liligi 15-25%, soapstokdagi neytral yog‘ 
bilan yog‘ kislotani nisbati 1:2,5 dan ortiq emas, yog‘dagi srvunni qoldig‘i 0,1% dan ortiq emas. 
Neytrallash koeffitsienti gidratlangan yog‘lar uchun 1,4 va salomas uchun 1,5 ni tashkil qiladi.

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin