Oqlovchi tuproqlarga qo‘yiladigan talablar. Sorbentlar quyidagi talablarga javob berishi
kerak:
1.Ular yuqori adsorbsion yutish qobiliyatiga ega bo‘lishi va kamsarflanib yuqori adsorbsion
rafinatsiya natijasini berishi kerak. Yog‘ va moylarni oqartirish uchun ishlatilayotgan adsorbentning
aktivligi oqartirish faktori F
0
bilan xarakterlanadi va oqartirilgan va oqartirilmagan yog‘larning
balandligining nisbatiga teng.
2. Bu ko‘rsatkich sorbentlar bilan oqartirilgan yog‘larda birdan katta bo‘ladi. Oqartirish faktori
ko‘rsatkichi katta bo‘lsa, sorbent shunga aktiv bo‘ladi.Ba’zida oqartirish darajasi boshqa
ko‘rsatkaichlar bilan ifodalanadi. Masalan: oqartirilgan va oqartirilmagan yog‘lar rangini yodning
har xil konsentratsiyali eritmasi bilan solishtirib ko‘riladi yoki svetomerda qizil va sariq rang
birikmalari kombinatsiya qilinib aniqlagadi.
3. Sorbentning moyni yutish qobiliyati kam bo‘lishi kerak.(Sorbentning moyni shilish qobiliyati
deganda, unda qolgan moyning % miqdori tushuniladi).Ishlatilgan sorbentning yog‘dan to‘liq va
oson ajratib olinishi zarur.Sorbent yog‘ga kimyoviy ta’sir ko‘rsatmay va tozalab bo‘lmaydigan hid,
maza qoldiradigan bo‘lmasligi kerak.
4. Sorbent yog‘dan oson texnik usulda ajratib olinishi kerak, masalan, filtratsiya
yordamida.Oqartirish effektini oshirish uchun oqartiruvchi tuproq bilan aktivlashtirilgan ko‘mir OU
yoki BAU markalarining aralashmalaridan foydalaniladi.
Aktivlashtirilgan oqartiruvchi tuproqlar. Tuproqlarning oqlash qobiliyatini sun’iy
ravishda aktivlashtirish uchun ularni 250-300
0
C da termik qizdiriladi yoki kislotalar yordamida
ishlov beriladi. Kislota yordamida oqartiruvchi tuproqni aktivlashtirish yuqori natija beradi, shuning
uchun bu usul ko‘proq qo‘llaniladi.
Oqartiruvchi tuproqlarga mineral kislotalar ta’sirida Mg,Fe,Al,Ca metallarning erishi
natijasida tuproqning g‘ovakligi oshib, aktiv yuzasi kattalashadi va kremnekislotalar hosil
bo‘lishi tuproqning aktivligini oshiradi. So‘ngra yog‘ massasiga nisbatan 10-15% miqdorda 30-35%
konsentratsiyali NCl yoki H
2
SO
4
solinadi.
Tuproqni mineral kislota bilan aktivlashtirish uchun xom tuproq tozalanadi, maydalanadi,
keyin bakga solinib suv bilan 25% suspenziya tayyorlanadi va nasos yordamida filtr orqali
futerovkalangan changa beriladi. NCl ishlatilganda yaxshi natija beradi, lekin H
2
SO
4
ko‘p
qo‘llaniladi, chunki apparatni kamroq korroziyalaydi. Kislota solingandan so‘ng mahsulotga bug‘
berilib aralashtirilib, 100-105
0
C gacha qizdiriladi va 1 sutkaga qoldiriladi. Tindirilgan nordon suv
neytralizatsiya qilinib kanalizatsiyaga yuboriladi. Cho‘kma filtpressga beriladi va suv bilan yuvilib,
kislotadan tozalanadi. So‘ngra 100-110
0
Cda namligi 5% bo‘lguncha quritiladi. Quritilgan tuproq
maydalanadi, elanadi va kraft qoplarga solinadi. Aktivlashtirilgan ko‘mirning oqartiruvchi
qobiliyati 2 marta oshadi.