O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA


Oqlovchi tuproqlarga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

Oqlovchi tuproqlarga qo‘yiladigan talablar.
Sorbentlar quyidagi talablarga javob berishi 
kerak: 
1.Ular yuqori adsorbsion yutish qobiliyatiga ega bo‘lishi va kamsarflanib yuqori adsorbsion 
rafinatsiya natijasini berishi kerak. Yog‘ va moylarni oqartirish uchun ishlatilayotgan adsorbentning 
aktivligi oqartirish faktori F
0
bilan xarakterlanadi va oqartirilgan va oqartirilmagan yog‘larning 
balandligining nisbatiga teng. 
2. Bu ko‘rsatkich sorbentlar bilan oqartirilgan yog‘larda birdan katta bo‘ladi. Oqartirish faktori 
ko‘rsatkichi katta bo‘lsa, sorbent shunga aktiv bo‘ladi.Ba’zida oqartirish darajasi boshqa 
ko‘rsatkaichlar bilan ifodalanadi. Masalan: oqartirilgan va oqartirilmagan yog‘lar rangini yodning 
har xil konsentratsiyali eritmasi bilan solishtirib ko‘riladi yoki svetomerda qizil va sariq rang 
birikmalari kombinatsiya qilinib aniqlagadi. 
3. Sorbentning moyni yutish qobiliyati kam bo‘lishi kerak.(Sorbentning moyni shilish qobiliyati 
deganda, unda qolgan moyning % miqdori tushuniladi).Ishlatilgan sorbentning yog‘dan to‘liq va 
oson ajratib olinishi zarur.Sorbent yog‘ga kimyoviy ta’sir ko‘rsatmay va tozalab bo‘lmaydigan hid, 
maza qoldiradigan bo‘lmasligi kerak. 
4. Sorbent yog‘dan oson texnik usulda ajratib olinishi kerak, masalan, filtratsiya 
yordamida.Oqartirish effektini oshirish uchun oqartiruvchi tuproq bilan aktivlashtirilgan ko‘mir OU 
yoki BAU markalarining aralashmalaridan foydalaniladi. 
Aktivlashtirilgan oqartiruvchi tuproqlar.
Tuproqlarning oqlash qobiliyatini sun’iy 
ravishda aktivlashtirish uchun ularni 250-300
0
C da termik qizdiriladi yoki kislotalar yordamida 
ishlov beriladi. Kislota yordamida oqartiruvchi tuproqni aktivlashtirish yuqori natija beradi, shuning 
uchun bu usul ko‘proq qo‘llaniladi.
Oqartiruvchi tuproqlarga mineral kislotalar ta’sirida Mg,Fe,Al,Ca metallarning erishi 
natijasida tuproqning g‘ovakligi oshib, aktiv yuzasi kattalashadi va kremnekislotalar hosil 
bo‘lishi tuproqning aktivligini oshiradi. So‘ngra yog‘ massasiga nisbatan 10-15% miqdorda 30-35% 
konsentratsiyali NCl yoki H
2
SO
4
solinadi. 
Tuproqni mineral kislota bilan aktivlashtirish uchun xom tuproq tozalanadi, maydalanadi, 
keyin bakga solinib suv bilan 25% suspenziya tayyorlanadi va nasos yordamida filtr orqali 
futerovkalangan changa beriladi. NCl ishlatilganda yaxshi natija beradi, lekin H
2
SO
4
ko‘p 
qo‘llaniladi, chunki apparatni kamroq korroziyalaydi. Kislota solingandan so‘ng mahsulotga bug‘ 
berilib aralashtirilib, 100-105
0
C gacha qizdiriladi va 1 sutkaga qoldiriladi. Tindirilgan nordon suv 
neytralizatsiya qilinib kanalizatsiyaga yuboriladi. Cho‘kma filtpressga beriladi va suv bilan yuvilib, 
kislotadan tozalanadi. So‘ngra 100-110
0
Cda namligi 5% bo‘lguncha quritiladi. Quritilgan tuproq 
maydalanadi, elanadi va kraft qoplarga solinadi. Aktivlashtirilgan ko‘mirning oqartiruvchi 
qobiliyati 2 marta oshadi. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin