65
Insonning pisxik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi,
ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamitga egadir. Lekin, inson
shaxsining tarkib topishi, yuqorida aytib o‟tganimizdek, faqat shu faktorga mos, balki
uchinchi bir faktorga ham bog‟liqdir. Bu faktor nasliy yo‟l
bilan ayrim anatomik va
biologik xususiyatlarning ta‟siridir. Odamga nasliy yo‟l bilan ayrim anatomik va
biologik xususiyatlar beriladi. Masalan: tanasining tuzilishi, soch va ko‟zlarining rangi,
ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari tug‟ma ravishda berilishi mumkin. Lekin,
shuni hech qachon
esdan chiqarmaslik kerakkki, odamga hech vaqt tarbiya uning
psixik xususiyatlari, ya‟ni uning aqliy tomonlari bilan bog‟liq bo‟lgan sifatlari nasliy
yo‟l bilan berilmaydi. Nihoyat, nodir haollarda ayrim qobilyatlar, masalan, musiqa,
matematika qobilyatlarda nasliy yo‟l bilan berilishi mumkin. Bunday imkoniyatlarning
amalga oshirilishi, ya‟ni ruyobga chiqishi uchun albatta, ma‟lum sharoit bo‟lishi kerak.
Hozirgi kunda xalqimiz orasidan yetishib chiqqan ist‟dodli olimlar, muhandis–
ixtirochilar,
yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblari, ist‟edodli artistlar,
rassomlar va boshqa kishilarimizga nasliy yo‟l bilan berilgan barcha imkoniyatlarning
ro‟yobga chiqishi uchun har qanday sharoit maydonga kelganligini dalili bo‟la oladi.
Bolalar
maktab yoshiga yetgach, shaxs shakllanishining yangi mazmuni
boshlanadi. Kichik maktab, o‟smirlik va katta maktab
yoshi davrlarida shaxs
shakllanishining yuqori bosqichi namoyon bo‟ladi. Insonning shaxs sifatida
tavsiflashning muhim lahzasi, uning dinamik
xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi
statusi (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, ya‟ni
uning jamiyatda egallagan
o‟rni) orqali ifodalanadi. Status negizida doimiy o‟zaro aloqalar tizimi yotadi.
Rolning ijtimoiy funksiyasi muayyan maqsadlarga va qadiryatlarga yo‟nalganlik
shaxsni faollashtiradi. Status, rol, qadriyatga yo‟nalganlik shaxs xususiyatlarining
birlamchilarini tashkil etadi va uning tuzilishida asos bo‟lib xizmat qiladi.
Shaxsning ta‟rifi xulq motivasiyasi xususiyati va ijtimoiy fe‟l – atvor tuzilishini
belgilaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi sifatlarining o‟zaro ta‟sirini
birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xarakteri va mayllari yuzasiga keladi.
Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi asosiy shakl –
uning jamiyatdagi hayot
yo‟li va ijtimoiy tarjimai holi hisoblanadi.
Inson shaxsi uchta
faktorlar ta‟sirida
tarkib topadi.
odam tug‟ilib
o‟sadigan tashqi
ijtimoiy muhitning
ta‟siri
Odamga uzoq
muddat davomida
sistemali beriladigan
ijtimoiy ta‟lim -
tarbiya
Odamga nasliy yo‟l
bilan beradigan irsiy
omillar
66
Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy qismlari insonning amaliy va
nazariy faoliyatining mezonlari hisoblanadi. Chunki, faoliyatda yaxshi muhiti tarixiy
tajribani egallash interiorizasiya va eksteriorizasiya amalga oshadi.
Odamning maqsadga qaratilgan ijtimoiy foydali faoliyati prosessida hayotiy deb
ataladigan mexanizmlari va ongli faoliyatining funksional sistemasi prosesslari yuzaga
keladi. Ana shular tufayli odam bilimlarni, ko‟nikma va malakalarini, kishining sosial
tajribalarini o‟zlashtiribgina qolmay balki o‟zining idroki, tafakkuri, hayoli, hissiyotlari
va irodasini bir so‟z bilan aytganda, voqelikka bo‟lgan ongli munosabatini hamda o‟z
harakatlari shaxsning hayoti faoliyatida ma‟lum rolni bajaruvchi va har bir murakkab
qurilmadan iborat bo‟lgan hamda shartli ravishda to‟rtta o‟zaro
mustahkam
bog‟langan funksional bosqichlarga birlashtiriladi:
Dostları ilə paylaş: