ko‘zlarni ko ‘rish mumkin. Bosh qismida mo‘ylovlaridan tashqari ikki
juft og'iz oldi paypaslagichlari ham joylashgan.
K o‘krak bo‘limi uchta segmentdan tashkil topgan. Shunga ko‘ra
ko'krak: oldingi, o 'rta va keyingi ko‘krak qismlariga ajraladi.
Suvaraklarning va umuman hamma hasharotlarning ko‘krak qismi
harakatlantiruvchi (lokomator) tana bo‘limi hisoblanadi.
Chunki bu
boMimda uch juft oyoq va ikki juft (ikki qanotlilar bundan istisno) qanot
joylashgan. Suvaraklarning erkaklarida qanotlari yaxshi rivojlangan,
lekin uchishga moslashmagan. Urg‘ochilarida esa qanotlari juda kalta
bo'ladi. Oldingi ju ft qanotlari o'rta ko'krakka
birikkan, ular qalin va
qattiq qanot qoplag'ichni hosil qiladi. Ikkinchi ju ft qanotlari ancha
yupqa bo'ladi.
Hasharotlarning ko'krak bo'limida
uch juft yurish oyoqlari
bo'lganligi uchun ulami olti oyoqlilar
(Hexopoda)
ham deyiladi.
Oyoqlarining hammasi bir xil. Birinchi juft oyoqlari oldingi ko'krakka,
ikkichi jufti o'rta ko'krakka, uchinchi jufti esa keyingi ko'krakka
birikadi. Oyoqlari besh bo'g'im dan tashkil topgan: asosiy bo'g'im -
dumg'aza, ko'st(toscha), son, boldir, panjadan (kaft) iborat. Panjaning
keyingi qismi juft tirnoqcha bilan tugaydi.
Suvaraklarning oyoqlari
yugurishga moslashgan. Ularning panja qismi nisbatan uzunroq bo'lib,
biroz yassilangan. Bu tipda tuzilgan oyoqlarning panjalarida o'ziga xos
moslamalari bor. Timoqlarining ostida yupqa xitin bilan qoplangan
pulvilla (yostiqcha) joylashgan bo'lib, u substratga yopishish uchun
xizmat qiladi.
Suvaraklarning qomi har xil kattalikdagi 10 ta segmentdan tuzilgan.
Qorin qismining oxirgi segm entidajuft sezgi organi-serkilari joylashgan.
Erkaklarida ulardan tashqari yana bir juft grifelkalari (qo'shilish organi)
ham bo'ladi. U rg'ochi hasharotlarning eng so'nggi qorin bo'gimida
joylashgan uch tavaqali tuxum qo'ygich organlari ham qorin oyoqlardan
kelib chiqqan.
Dostları ilə paylaş: