mumkin. Hasharotlarning turkumlari va oilalarini
bir-biridan farqlashda
mo‘ylovlarining shakli muhim sistematik belgi bo‘lib xizmat qiladi.
Shakliga ko‘ra hasharotlarning m o‘ylovlari qilsimon-xivchinsimon
(suvaraklar, ninachilar), ipsimon (suv qo‘ngizlari), patsimon (kapalaklar,
chivinlar va tukli arilar), plastinkasimon (go‘ng qo‘ng'izlari, mart, iyun
qo‘ng'izlari va boshqa plastinka m o‘ylovli qo'ng'izlar),
arrasimon
(qirsildoq qo‘ng'izlar), taroqsimon (ayrim tur qirsildoq qo'ng'izlar),
to‘g‘nog‘ichsimon (oq kapalaklar), tizzasimon (qovoq ari,
yirik arilar,
bug‘i qo'ngizlari), duksimon (ayrim tur kapalaklar), qildor (kalta
mo‘y!ovli
ikki
qanotlilar),
noto‘ g4 ri-tizzasimon
(yumshoq
tanli
qo‘ng‘izlar) va boshqa tuzilishda bo‘lishi mumkin.
Hasharotlarning mo‘ylovlari qanday shaklda boMishidan qat’iy
nazar, ular bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Bo‘g'im lam ing soni har xil: 2-3
tadan tortib, bir necha o ‘ntagacha yetishi mumkin.
Lekin ularning
uzunligi har xil. Ba'zi hasharotlarning mo‘ylovIari
ularning tana
uzunligidan ikki va undan ham ortiqroq uzun boMadi (mo‘ylovdor
qo‘ngizlar, temirchaklar).
Hasharotlarning oyoqlari ularning yashash sharoitiga va bajaradigan
68-rasm . Hasharotlar oyog‘i xillari: A-yuguruvchi (vizildoq qo‘ng‘iz), B-
suzuvchi (suvsar qo‘ng‘izning keyingi oyog‘i), D-sakrovchi (chigirtkaning orqa
Dostları ilə paylaş: