Umurtqasizlar zoologiyasidan


-rsam. H asharotlarning og'iz organlari: A-kemiruvchi. B-kemiruvchi-



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

70-rsam. H asharotlarning og'iz organlari: A-kemiruvchi. B-kemiruvchi-
so‘ruvchi. D-so'ruvchi. E-sanchib-so‘ruvchi:l-ustki lab, 2-ustki jag‘, 3-ostki jag',
4-ostki lab, 5-iyakosti, 6-ostki jag* paypaslagichlari, 7-ostki lab paypaslagichlari.
Kapalakning xartumi tinch holatida spiral shaklda o'ralib turadi, 
oziqlanishda esa xartum yoziladi va gulshirani so'rish uchun uning 
ichiga kiradi. Gulning tuzilishiga qarab, undan gulshira so'radigan 
kapalaklar xartumlarining uzunligi har xil bo‘lishi mumkin. Ayrim 
turlarida xartumlarining uzunligi 20 sm gacha yetadi. Shunday qilib 
kapalaklaming (imago) so ‘ruvchi og‘iz apparati gulshira so'rishga 
moslashgan va ostki ja g ‘ining haddan tashqari o ‘zgarishidan hosil 
bo‘lgan.
Sanchib-so‘ruvchi og‘iz apparati yordamida chivin va qandalalar 
odam va hayvonlaming terisini teshib, qonini yoki o‘simliklarning 
hujayra suyuqligini so‘radi. Buni o‘rirt-ko‘rpa qandalasining og‘iz 
apparati tuzilishi misolida ko'rish mumkin. Uning ustki labi yarim doira 
shaklida b o iib , ostki labi esa uch bo‘g‘imli xartumchaga aylangan. Qin 
singari tuzilishga ega b o ig a n labning ichida uzun sanchiladigan 
ninasimon juft ustki va ostki ja g ‘lar joylashgan. Uning o‘rta qismida 
maksillalar, chetki tomonlarida esa mandibulalar bo‘ladi. Maksillalar 
tarnovchaga aylangan. Ular ustma-ust joylashib, ikkita kanalcha hosil 
qiladi. Ustki kanalcha orqali ovqat so‘rib olinadi, ostki kanalcha orqali 
esa bu vaqtda organizmga so‘lak yuboriladi. Mandibulalar o‘tkir uchli 
va arrasimon tishchali bo‘ladi. Ular yordamida qandalalar organizm 
to‘qimasini teshadi, tishchalar esa qon so‘rayotgan paytida og‘iz 
apparatining chiqib ketishidan saqlaydi va qandalani xo‘jayinning tanasi 
ustida mustahkam o ‘tirishga yordam beradi.
191


Qandalaning ostki ja g ‘ va ostki lab paypaslagichlari bo‘lmaydi. 
Lekin qandala og‘iz apparatining mikropreparati kuzatilayotgan paytda, 
boshining ikkaia yon tomonidagi fasetkali ko‘zlarining ostida to‘rl 
bo‘g ‘imli mo'ylovlari ko‘rinadi.
Pashshalaming yalovchi og‘iz apparatini 
asosiy qismini ostki iab tashkil etadi. Pashsha 
ovqatni so‘lagi bilan namlaydi va suyultirilgan 
yoki suyuq ovqatni yalaydi (71-rasm).

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin