Umurtqasizlar zoologiyasidan


-rasm. Pashshaning yalovchi o g ‘iz apparati



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

71-rasm. Pashshaning yalovchi o g ‘iz apparati:
1-ostki ja g ‘ paypaslagich, 2-ustki lab, 3-gipofarinks,
4-filtirlovchi apparat naylari, 5-og‘iz teshigi,
6-ostki lab yuzasi, 7-ostki lab.
Yalovchi og‘iz organida faqat ostki lab 
yaxshi rivojlanib, filtrlovchi apparatga ega 
bo'lgan plastinkasimon ikkita o ‘simtani hosil 
qilgan. Ustki lab va gipofarinks ostki labning 
oldingi devori bilan birga naychani hosil qiladi.
Ostki lab plastinkasi yordamida yalab va filtrlab o ‘tkazilgan suyuq 
oziq ana shu naychaga kelib tushadi. Ustki ja g ‘lar hamda 1-juft ostki 
ja g ‘lar reduksiyaga uchragan.
Ishning bajarilish
tartibi:
1. Petri idishlarga fiksatsiya qilingan yoki harakatdan to ‘xtatilgan 
suvaraklaming urg‘ochi va erkaklarini qo‘yib, qo‘l lupasi yordamida 
mo‘yIovlarini tuzilishini o ‘rganing. Erkaklarida qanotlarining tuzilishini 
kuzatib, tanasidan ancha uzun ekanligiga e'tibor bering. Suvaraklaming 
yurishga moslashgan oyoqlarini o ‘rganing. Ularning m o‘ylovlarini va 
oyoqlarini ajratib oling va har birini alohida buyum oynasiga qo‘yib, 
binokulyar yoki qo‘l lupasi yordamida o‘rganing.
2. M art qo‘ngizi va kapalakning mo‘ylovlarini ajratib olib, 
suvarakning m o‘ylovlari bilan birga oq qog‘oz boiakchasi ustiga 
qo‘ying. Ulami qo‘l lupasi yordamida kuzatib shakliga e'tibor bering.
3. Suvarakning keyingi oyoqlaridan birini tanasidan ajratib olib oq 
qog‘oz ustiga qo‘ying.
4. Erkak suvarak, mart qo'ngizi, oq kapalak va ninachining 
qanotlarini qirqib olib lupa bilan qarang va tuzilishini o ‘zaro taqqoslab 
o ‘rganing.
Hasharotlarning qanotlari ko‘pincha ikki juft, ba’zan bir juft (o‘rta 
bo‘g‘imda) bo ‘ladi. Qanotlari tashqi ko‘rinishdan uchburchak shaklida
192


uchi, orqa burchagi va tubi yoki ildizini kuzating. Qanotini mikroskop 
yoki binokulyar ostida ko‘rayotganda, tomirlarining tuzilishiga alohida 
e ’tibor bering. Qanotdagi kostal, subkostal, radial, medial tomirlarini va 
ulaming tarmoqlarini o’rganing. Tayyor preparatlar orqali turli xil qanot 
tiplari bilan tanishib chiqing va qanotlari tuzilishi hamda tiplarining 
rasmlarini chizing.
5. Tuzilishga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan hasharotlarning 
mo'ylovlarini, bajaradigan vazifalariga ko‘ra shakli o‘zgargan oyoqlarini 
rasmini chizing.
6. 0 ‘lgan bir necha hasharot buyum oynasiga yoki to‘g‘rilagich 
vannasiga qo‘yiladi. So‘ngra lupa ostida ulaming tashqi ko‘rinishi ko‘rib 
chiqiladi va hasharotlarga xos bo‘igan xarakterli belgilariga ahamiyat 
beriladi.
7. Hasharotlar tana tuzilishi bilan tanishish uchun tanasining qorin 
tomonidan va ikki yon tomonidan qaraladi, uning bo‘g ‘im va 
bo‘limlardan tuzilganligi, shuningdek, bosh, ko‘krak va qorin qismlari 
ko‘rinadi. Bu qismlarda turli o ‘simtalar bor.
8. Bosh qismini lupa ostida qarang. Boshida bir juft mo‘ylov, og'iz 
organi, murakkab ko'z, sodda ko‘z yoki ko'zchalar borligi ko'rinadi.
9. K o'krak qismini kuzating, ko'kragi uch bo‘g ‘imli va ular ostiga 
uch juft bo'g'im li oyoqlar, tepa qismida ikkinchi va uchinchi ko'krak 
bo‘g ‘imlariga joylashgan ikki juft qanotlari yoki ulaming murtaklarini 
ko'rish mumkin.
10. Qorin qismi bir nechta bir-biriga o'xshash bo'g'im lardan 
tuzilganligi va voyaga yetgan davrida oyoqlarini boMmasligini kuzatish 
mumkin. Qomining oxirgi b o ‘g ‘imida turli xil shakldagi o‘simtalar-serki 
yoki grifelka bo'lishi mumkin.
11. Suvarak og'iz apparatining mikropreparatini binokulyar 
yordamida kuzatib, uning ustki jag'laridagi xitin “4ishcha” lariga e'tibor 
bering va og'iz organlarining rasmini chizing.
12. 
Asalari 
og'iz 
apparatining mikropreparatini 
binokulyar 
yordamida kuzating. Uning ustki jag'lari tamovchaga aylanganligiga 
e'tibor 
bering. 
Ostki 
jag'lari 
ichki 
kurakchalarining 
va 
paypaslagichlarining qisqarganini kuzating, so'ngra asalari og'iz 
apparati rasmini chizing.
13. Sanchib-so'mvchi tipida tuzilgan to'shak qandalasi og'iz 
apparatining mikropreparatini binokulyar orqali kuzating.
14. Kapalakning (imago) so'mvchi tipida tuzilgan og'iz apparatini 
binokulyar orqali kuzatib, ustki va ostki lablarining, shuningdek ustki
193


jag ‘larining qisqarganligiga e'tibor bering va kapalak og‘iz apparatining 
rasmini chizing.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin