Umurtqasizlar zoologiyasidan


oyog‘i), E-kavlovchi (buzoqboshining oldingi oyog'i), F-tutuvchi



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

oyog‘i), E-kavlovchi (buzoqboshining oldingi oyog'i), F-tutuvchi
(beshiktervataming oidingi oyog‘i), G-so‘rg‘ichli (qo‘ng‘ir suvsar erkagining
oldingi oyog‘i), H-to‘plovchi (asalarining keyingi oyog'i), I-yuruvchi (qiltumshuq
qo‘ng‘iz panjasi):l-chanoq, 2-o‘ynog‘ich, 3-son, 4-boldir, 5-panja.
187


Suvarakning oyoqlari yugurishga moslashgan. Ulaming panja qismi 
nisbatan uzunroq bo‘ladi. Yugurishga moslashgan oyoqlarni yana uy 
pashshalarida, qo‘ng'izlarda ham uchratish mumkin. Yugurishga 
moslashgan oyoqlaming panja qismi biroz yassilangan bo‘lib, 
“yostiqcha” hosil qiladi. Yostiqchalarning usti har xil tukchalar bilan 
qoplangan bo'ladi. Masalan, uzuntumshuq qo'ng'izlam ing yurish 
oyoqlari. Bu ikkala tipdagi oyoqlarning panjalarida o'ziga xos 
moslamalari bor. Tirnoqchalarining ostida yupqa xitin bilan qoplangan 
pulvilla- “yostiqcha” joylashgan bo'lib, u substratga yopishish uchun 
xizmat qiladi. Hasharot silliq substratda pastdan yuqoriga yoki qarama- 
qarshi tomonga harakatlanganda tirnoqchalarining orasi ochiladi va 
pulvilla substratga yopishadi.
Hasharotlarning sakrashga moslashgan keyingi oyoqlarida soni 
uzun va yo'g'onlashgan bo'ladi. Sakrash uchun uchinchi juft oyoqlari 
xizmat qiladi. Bunday oyoqlarni to 'g 'ri qanotlilar turkumining 
vakillarida va burgalarda uchratish mumkin.
Suv muhitida yashaydigan hasharotlarning keyingi juft oyoqlari 
suzishga moslashgan. Ulaming panja qismi (kafti), ba’zan esa boldir 
qismi ham yassilangan va tukchalar bilan qoplangan bo'ladi. Ular 
hasharot suvda suzgan paytida eshkak vazifasini bajaradi. Bunday 
tuzilgan oyoqlar suv qo'ngizlarida uchraydi.
Changallab tutuvchi oyoqlarda son va boldir uzun bo'lib, ularda 
xitindan iborat mayda “tishchalar” bor. Boldir songa kelib qisilgan 
paytida hasharotlar o 'z o'ljasini shu oyoqlari yordamida qisib ushlab 
oladi. Beshiktervatarlarning birinchi juft ko'krak oyoqlari shunday 
tuzilishga ega.
Tuproq 
orasida 
yashaydigan 
buzoqboshining, 
go'ng 
qo'ng'izlarining va po'stloqxo'r qo'ng'izlarining birinchi juft oyoqlari 
kovlashga moslashgan. Bunday oyoqlarni tashkil qilgan hamma 
organlari qisqa va kengaygan. Ular kurakcha shaklida bo'ladi. Panjasi 
esa qisqargan bo'ladi. Yig'uvchi yoki to'plovchi oyoqlar o'simliklaming 
gulchanglarini 
yig'ishga 
va 
tashishga 
moslashgan. 
Bunday 
hasharotlarning keyingi ju ft oyoqlarining boldir qismida tukchalari 
bo'lmaydi. Lekin uning ikki yon tomonida uchi qayrilgan mayda 
tukchalar bo'lib, ular savatcha hosil qiladi. Panjaning birinchi bo'g'im i 
kengaygan va lining ichki tomoni tukchalar bilan qalin qoplangan bo'lib, 
u cho'tkacha hosil qiladi. Buning yordamida asalari o'zining tanasiga 
yopishgan gulchanglarini yig'ib oladi. Hasharotlarning yopishuvchi yoki 
ilashuvchi oyoqlari soch, ju n va gazmol ip tolalarini qisib ushlashga
188


(noslashgan. Bularning uzun timoqchasi bir bo‘g‘imdan iborat boMgan 
panjaga qisilishi natijasida xo'jayinning soch, jun yoki kiyimlaridagi ip 
tolalariga yopishib oladi. Bunday oyoqiarni odamlarda va sutemizuvchi 
hayvonlarda 
parazitlik 
qiladigan 
bitiarda 
uchratamiz. 
Biz 
hasharotlarning oyoqlarini bajaradigan vazifalariga ko‘ra har xil shaklda 
o‘zgarishini 
ko‘rdik. 
Lekin ular tashqi ko‘rinishdan qanchalik 
o‘zgarrnasin, barchasi asosan 5 ta bo‘limdan: dum g‘azacha, tos, son, 
boldir va panja (kaft) dan iborat.
Hasharotlar qanotlarining tuzilishi, shakli va soniga ko‘ra ham juda 
xilma-xil bo‘lishi mumkin (69-rasm).

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin