Umurtqasizlar zoologiyasidan


-rasm . O ddiy qalqondorning tashqi



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

64-rasm . O ddiy qalqondorning tashqi
tuzilish i:l-bosh qismi; 2-antennalari;
3-jag'oyoqlari; 4-bo‘yin qalqoni;
5-ikkinchi tana bo'g'imidagi oyog'i;
6-oyoqlari; 7-tana bo'g'imlarining tergiti;
8-anus; 9-stigmaIari.
178


Oddiy qalqondorning gavda qismi 19 segmentdan tashkil topgan. 
Ularning birinchi segmentidan tashqari barchasi bir-biriga o‘xshaydi. 
Birinchi segmenti tuzilishi va bajaradigan vazifasiga ko‘ra boshqalaridan 
ancha farq qiladi. Unda bir juft ja g ‘oyoqlari joylashgan. Bular 
bo‘g‘imlarining soni va tuzilishiga ko‘ra o‘rgimchaksimonlaming 
oyoqlariga o‘xshash. Ular ham dumg‘aza, tos, son, boldir va 
bo‘g‘imlardan tashkil topgan panja (kaft) qismlaridan iborat.
Lekin uning oxirgi bo‘g ‘imi yoki tirnog'i yetilgan bo‘ladi. Bu 
ja g ‘oyoq o‘ljasining tanasiga sanchilgan paytida uning naysimon teshigi 
orqali zahar suyuqligi o ‘tadi. Oddiy qalqondor tanasini tashkil qiladigan 
qolgan segmentlari doirasimon, yelka-qorin tomoniga qarab biroz 
yassilangan b oiadi.
Xitindan iborat tana qoplag‘ichining yelka plastinkasi-tergit va 
qorin plastinkasi stemit yon tomonidan yupqa xitin parda-plevra 
yordamida bir-biri bilan birikkan bo‘ladi. Plevralarda nafas olish 
teshikchalari-stigmalar joylashgan. Tanasining oxirgi uchta genital va 
bitta anal segmentlarida oyoqlari bo‘lmaydi.
Ko‘poyoqlilarning ovqat hazm qilish sistemasi to‘g‘ri nay shaklida 
bo'ladi va hamma bo‘g ‘imoyoqIilamikiga o‘xshash bo‘Iimlardan iborat 
(65-rasm).
Og‘iz teshigi boshining pastki tomonida ja g ‘larining o‘rtasida 
joylashgan 
bo‘Iib, 
ichakning 
oldingi 
qismi-halqumga 
ochiladi. 
K o‘poyoqlilar jag ‘larining yoniga ochiladigan 2 ju ft bezlarini 
hasharotlaming ipak bezlariga tenglashtirish mumkin. O lrta ichak ancha 
uzun. Oziq o ‘rta ichakda hazm bo'ladi va so‘riladi.
Ayirish sistemasi tana bo‘shlig‘ida joylashgan ikki ju ft uzun malpigi 
naychalaridan iborat. Nafas olish sistemasi shoxlangan ingichka havo 
naychalari-traxeyalardan iborat. Tanadagi traxeya naychalari o‘zaro 
tutashib, yaxlit traxeya sistemasini hosil qiladi. Ikki juft oyoqlilarda esa 
har bir traxeya nayi alohida nafas teshigiga ochiladi. Traxeya 
naychalarining uchki qismi barcha to‘qimalarga tarqaladi. Tana 
muskullarining qisqarishi va bo‘shashishi tufayli traxeya naychalaridagi 
havo almashinadi.
Qon aylanish sistemasi yaxshi rivojlangan bo‘lib, yurakdan va 
undan boshlanadigan arteriya qon tomirlaridan iborat. Yuragining 
tuzilishi va joylanishi hasharotlarnikiga o‘xshaydi. Yuragi ichagining 
ustida joylashgan tana bo‘g ‘imlari soniga teng miqdorda alohida 
kameralarga bo‘lingan uzun naychadan iborat. Har qaysi kameraning 
ikki yonida joylashgan klapanli bir ju ft teshiklar - ostiylar tana
179


bo'shlig'iga ochiladi. Nerv sistemasi bosh miya, ya'ni halqum usti 
gangliysi, halqumni o‘rab turadigan konnektivalar va qorin nerv 
zanjiridan iborat. Bosh miya ancha murakkab tuzilgan. Undan 
antennalar (mo‘ylovlar), ko‘zlar va boshqa organlarga nervlar chiqadi. 
Qorin nerv zanjiri boshda joylashgan halqumosti hamda uzun qator 
b o iib joylashgan tana gangliylaridan iborat. Sezgi organlari tuyg‘u, hid 
bilish va ko‘rishdan iborat. Tuyg‘u va hid bilish funksiyasini antennalar 
bajaradi. 
Ko'poyoqlilarning 
ko‘zlari 
turli 
darajada 
rivojlangan. 
K o‘pchilik turlarida 2, 4 yoki undan ko‘proq oddiy ko‘zchalar boshining 
ikki yonida, ya'ni antennalaming asosida joylashgan. Kostyankalar 
ko'zlari ikki to 'p bo‘lib siyrak joylashgan ko'p sonli ommatidlardan 
iborat.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin