so‘rg‘ichi, y a’ni og‘iz va qorin so‘rg‘ichi, 2 shoxchaga boMingan o‘rta
ichagi, anchagina rivojlangan
ayiruv organlar sistemasi, jinsiy organlar
boshlangMchi va orqa uchida lichinkaga xos organ muskulli dumi
boMadi. Serkariylar ana shu dumi orqali suvda suzadi.
Demak, serkariylar maMum darajada voyaga yetgan jigar qurtiga
o‘xshaydi. Serkariylar rediy tanasidagi teshik orqali mollyuska tanasidan
suvga chiqadi. Serkariylar ham miratsidiylar singari oziqlanmaydi.
MaMum vaqt (24-48 soat)
suvda suzib yurib, so'ngra yumaloqlanadi,
dumi tushib ketadi va o‘zidan chiqqan po‘stga, ya’ni sistaga o‘ralib,
adoleskariy deb ataladigan keyingi lichinkalik davriga aylanadi.
Adoleskariylar suv ustida suzib yuradi yoki ko‘pincha suv o‘tlariga
yopishgan holda suv ostiga cho‘kib, uzoq vaqt tiriklik xususiyatini
saqlab qoladi. Adoleskariy yuqumli (invazion) holat hisoblanadi. Ular
o ‘t va suv orqali asosiy xo‘jayinlari (umurtqali hayvonlar yoki odam)
organizmiga o'tadi. X o‘jayini ichagida sistaning qobigM eriydi, yosh
parazit hayvonning ichak devorlariga yopishib
qon kapillyarlari orqali
jigar o ‘t yoMlariga o'tadi va u yerda jinsiy voyaga yetib, yuqoridagi
hayot jarayoni yana takrorlanadi.
Shunday qilib,
miratsidiyning mollyuska organizmiga kirib
Serkariyga aylanishiga qadar 6-90 kun kerak boMadi. Partenogenetik
yoMi bilan ko‘payib, bitta miratsidiydan 600-800
tagacha serkariylar
yetishib chiqadi. Asosiy xo‘jayini organizmiga kirgan adoleskariylar
2,5-4 oydan keyin jinsiy voyaga yetadi va ular asosiy xo‘jayinlar
Organizmida o‘rtacha 10-12 oydan 3-5 yilgacha, ba’zan esa 10 yildan
ortiq hayot kechiradi.
Jigar qurti keltirib chiqaradigan kasallik fatsiolyoz deyiladi. Bu
kasallik qo‘zg‘atuvchilari ko'proq sersuv to‘qayzorlarda,
chuchuk
luvlari ko‘p boMgan yaylovlarda keng tarqalgan. Ayniqsa, yaylovlami
llm ashtirm asdan kasal hayvonlarni bir joyning o‘zida uzoq vaqt boqilsa
fatsiolyoz keng tarqaldi. Odamlar ham fatsiolyoz bilan kasallanishi
mumkin. Bunda odamlar tasodifan jigar qurtining ko‘zga ko'rinmas
lichinkalari bor boMgan hovuz, koM va halqob
suvlarni ichganda yoki
har xil suv o'tlarini yuvmasdan iste’mol qilganda ularni o ‘zlariga
yuqtiradi.
Dostları ilə paylaş: