Mavzu. Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor (1 ma’ruza) Reja



Yüklə 476,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/31
tarix26.12.2023
ölçüsü476,88 Kb.
#197704
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Ma\'ruza matni. 11-12- mavzu Shaxs ijtimoiylashuvi

Anglanilmaganlik - bu
nazorat qilinmaslik degani emas. Jiddiy ahamiyatga 
molik barcha baholar shaxsning anglanilgan hayoti jarayonida tarkib topishini 
unutmaslik kerak. Ular interiorizatsiyalashmasidan oldin shaxslararo aloqalarda 
yaqqol namoyon bo‗libkelgan edi. Masalan, oila, o‗qituvchilar, o‗rt‘qlari, kitoblar, 
filmlar bolada uning «ideal Men»ini faol tarzda shakllantirdi va ayni chog‗da 
uning «real Men»i ularni taqqoslashga o‗rgatdi. Bola oldiniga o‗zini boshqalarga 
tenglashtirishga 
o‗rganib, tevarak-atrofdagilarga o‗zini baholagani kabi 
ko‗rsatkichlar bo‗yicha baholashga o‗rgandi.
Shaxsni tarbiyalash jarayonini ongli ravishda boshqarish uchun shaxsning o‗z 
xulq-atvorini boshqarishning anglanilmagan tarzda tarkib topadigan shakllarining 
tahsirini aniq-ravshan tasavvur etish, kishi o‗z o‗zini va boshqalarni tahriflaydigan 
baholarning butun sistemasiga ehtibor berish, ana shu baholarning o‗zgarish 
surhatini ko‗ra bilish kerak; kishini yaxshiroq anglab etishga intilgan holda uni 
doimo o‗zi uchun referent hisoblanmish jami guruhlar bilan munosabatlar 
jabhasida ko‗ra olish, shaxsnkng ijtimoiy mohiyati ko‗rinishlari qanchalik darajada 
o‗ta yashirin va individual ekanli-giga qaramay, uni ehtibordan qochirmaslik 
lozim. O‗ziga-o‗zi baho o‗ziga o‗zi baho berish shaxsning intilishlari berish va 
shaxs darajasi bilan chambarchas bog‗liqdir. Intilari darajali kishilarning darajasi 
shaxs o‗ziga o‗zi beradigan bahoning individ o‗z oldiga qo‗yadigan maqsadlarning 


qiyinchiliklari darajasida namoyon bo‗ladigan kutilgan darajasi («Men» 
siymolarining darajasi)dir. 
Kishi navbatdagi harakatning qiyinchilik darajasini bemalol tanlash 
imkoniyatiga ega bo‗lgan aytda o‗ziga o‗zi beradigan bahoni oshirib yuborishga 
intilish ikkita tendentsiya o‗rtasida mojaro kelib chiqishiga sabab bo‗ladi: bir 
tomondan eng ko‗ yutuqqa erishish uchun intilishni kuchaytirib yuborishga harakat 
qilinsa, ikkinchidan muvaffaqiyatsizlikka uchramaslik uchun intilishlarni 
kamaytirishga harakat qilinadi. Muvaffaqiyatga erishilgan taqdirda intilishlar 
darajasi odatda osha boradi, kishi yana ham qiyinroq vazifalarni bajarishga 
shayligini ko‗rsatadi, muvaffaqiyatsizlikka uchragan aytda bunday shaylik tegishli 
ravishda susayadi. Shaxsning konkret faoliyatidagi intilishlari darajasi deyarli aniq 
belgilanishi mumkin. 

Yüklə 476,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin