Mavzu. Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor (1 ma’ruza) Reja


Misol uchun, psixologik muhofazaning mexanizmlaridan -biri, kishi o‘z



Yüklə 476,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/31
tarix26.12.2023
ölçüsü476,88 Kb.
#197704
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Ma\'ruza matni. 11-12- mavzu Shaxs ijtimoiylashuvi

Misol uchun, psixologik muhofazaning mexanizmlaridan -biri, kishi o‘z 
maqsadiga erishish yo‘lidagi go‘vlarni bartaraf eta olmagan va frustratsiyaga 
tushgan aytida ro‘y beradigan tajovuzkorlikdan iboratdir. 
Tajovuzkorlik bahzida boshqa odamlarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri hujum qilish 
shaklida yuz beradi, bahzan esa faqat to‗siq paydo bo‗lishiga olib kelgan hollar 
yoki shaxslarga nisbatan do‗q-po‗pisa, qo‗pollik, dushmanlik qilishdan emas, balki 
tevarak-atrofdagi barcha kishilarga nisbatan «jahldorlik»da ifodalanadi. Ayrim 
hollarda frustratsiya kishining hayolida yashirinib qolgan tajovvuzkorlikka 
olibkeladi. Hafa bo‗lgan odam amalda hech qanday chora-tadbirni boshlamagan 
holda o‗ch olishmanzarasini tasavvur qiladi. Bahzan frustratsiya kishining o‗ziga 
qarshi qaratilgan taljovvuzkorlik bilan hal qilinadi. Nihoyat, frustratsiya shaxsning 
bartaraf etib bo‗lmaydigan (yohud o‗tib bo‗lmaydi deb faraz qilingan) to‗siq bilan 
bog‗langan faoliyatini uning uchun ancha engil, istiqbolli (yoxud shunday deb 
tasavvur qilingan) faoliyat bilan almashtirishga olib kelishi mumkin.
Siqib chiqarish mexanizmi «qumga boshini yashirib olish» va «oyog‗ining 
ostidagini ko‗rmaslik» kabi mashhur iboralarda o‗z aksini topadi. 
Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs yo‗nalishining shakllanishi. Ijtimoiylashuvning 
institutlaridan tashqari uning okibati masalasi ham psixologiyada muhim amaliy 
ahamiyatga ega. SHaxs ijtimoiylashuvining eng asosiy mahsuli-bu uning hayotda
o‗z o‗rnini topib, jamiyatga manfaat keltiruvchi faoliyatlarda ishtiroq etishidir. Shu 
nuqtai nazardan olib qaralganda, shaxsning yo‗nalganligi masalasiga ham fanda 
katta e‘tibor beriladi.
Shaxsning ijtimoiylashuvi
.
Ijtimoiy xulqni tashkillash va boshqarishda uning 
alohida shaxsda individual namoyon bo‗lishi va guruhda ko‗chilik xulq-atvorida 


namoyon bo‗lish jihatlarining o‗ziga xosligini inobatga olish lozim. Ijtimoiy 
foydali mehnat bilan band bo‗lgan odamlar faoliyatini tashkillashda jamiyatning 
o‗ziga xos qadriyatlari, normalari mehnatga va bir-biriga munosabatini hisobga 
olish kerak.
Psixoiogiyada ijtimoiy xulqni tashkil etishda ikki bosqichni inobatga olish 
tavsiya etiladi: Vaziyatli va shaxsiy. Bu har bir xatti-harakatning bevosita 
shaxsning motivatsiyasidan kelib chiqish yoki real vaziyat mahsuli ekanligini tahlil 
qilishni nazarda tutadi.
Shaxs, uning dunyoni bilish, o‗zini va atrofidagi insoniy munosabatlarni bilish, 
tushunishi va o‗zaro munosabatlar jarayonida o‗zidagi takrorlanmas 
individuallilikni namoyon qilishi hamda ushbu jarayonlarning yoshga va jinsga 
bog‗liq ayrim jihatlarini tahlil qilish bizga umumiy ravishda shaxs-jamiyatda 
yashaydigan ijtimoiy mavjudotdir, degan xulosani qaytarishga imkon beradi. 
Ya‘ni, u tug‗ilgan onidan boshlab o‗ziga o‗xshash insonlar kurshovida bo‗ladi va 
uning butun ruxiy potentsiali ana shu ijtimoiy muhitda namoyon bo‗ladi. Chunki 
agar insonning ontogenetik taraqqiyoti tarixiga e‘tibor beradigan bo‗lsak, hali 
gapirmay turib, odam bolasi o‗ziga o‗xshash mavjudotlar davrasiga tushadi va 
keyingina ijtimoiy muloqotning barcha ko‗rinishlarining faol obyekti va 
subyektiga aylanadi. Shu nuqtai nazardan, har birimizning jamiyatdagi o‗rnimiz, 
uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bo‗lgani, jamiyatga qo‗shilib 
yashashimizning psixologik mexanizmlari fanning muhim vazifalaridan biridir. Bu 
jarayon psixologiyada 
ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya
deb yuritiladi. 

Yüklə 476,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin