kun yoki bir vaziyatda ham ishlab chiqilmaydi. Ularning paydo bo‗lishi ijtimoiy
tajriba, hayotiy vaziyatlarda ko‗pchilik tomonidan e‘tirof
etilganligi fakti bilan
xarakterlanadi, har bir jamiyat, davr, millat va ijtimoiy
guruh psixologiyada
muhrlanadi.
Ijtimoiy normalarning u yoki bu davrda, u yoki bu toifa vaqili bo‗lmish
shaxs
tomonidan kay darajada bajarilishi yoki unga amal qilinayotganligi ijtimoiy
sanktsiyalar orqali nazorat qilinadi.
Ijtimoiy sanktsiyalar
-
normalarning shaxs xulqida namoyon bo‗lishini nazorat
kiluvchi jazo va rag‗batlantirish mexanizmlari bo‗lib, ularning
borligi tufayli biz
har
bir
alohida
vaziyatlarda
ijtimoiy
xulq
normalarini
buzmaslikka,
jamoatchilikning salbiy fikri obyektiga aylanib qolmaslikka harakat qilamiz.
Masalan, yuqoridagi misolda, agar jamoat transportida katta mo‗ysafid
kishiga
o‗rin bo‗shatishni norma deb qabul kilmagan o‗smirga nisbatan ko‗pchilikning
ayblov ko‗zi bilan qarashi, yoki og‗zaki tanbex berishi, juda kam hollarda o‗zini
bebosh tutayotgan o‗smirning qo‗lidan tutib, nima qilish kerakligini o‗rgatib,
«ko‗zini moshday qilib ochib qo‗yish» ijtimoiy sanktsiyaning hayotdagi bir
ko‗rinishidir.
Har bir alohida shaxs jamiyat tomonidan ishlab
chiqilgan va qabul qilingan
ijtimoiy normalar va sanktsiyalarni u yoki bu ijtimoiy rollarni bajarishi mobaynida
xulqida namoyon etadi.
Dostları ilə paylaş: