Qiziqish - biron bir sohada to‘g‘ri mo‘ljal qiziqishlar olishga, yangi faktlar
bilan tanshiishga, voqelikni ancha to‘la va chuqur aks zttirishga yordam
beradigan motivdir.
Individ uchun qiziqish, sub‘ektiv tarzda olganda, bilish
jarayoni tusini kashf etadigan ijobiy hissiy ‗hangda, ob‘ekt bilan chuqurroq
tanishishga, u haqda ko‗roq bilish, uni anglab etishga bo‗lgan istakda namoyon
bo‗ladi.
Qiziqishning faoliyat jarayonlaridagi roli benihoya kattadir. Qiziqishlar shaxsni
o‗zida bilim olish va anglab etish borasida hosil bo‗lgan ishtiyoqni qondirish
yo‗llarini va usullarini faol tarzda izlashga majbur etadi. SHaxsning
yo‗naltirilganligni ifodalaydigan qiziqishning qondirilishi, odamda, uning
so‗nishiga olib kelmaydi, aksincha, uni qayta qurgan, boyitgan va chuqurlashtirgan
holda bilish faoliyatining yanada yuksak darajasiga mos keladigan yangi
qiziqishlarni keltirib chiqaradi.
Tarixga qiziqadigan o‗quvchi to‗garakda o‗z shahrining o‗tmishi haqida
mahruza bilan chiqarkan, mahruzasining mazmunini tashkil etgan faktlarning
muayyan guruhiga nnsbatan qiziqishini shu bilan cheklab qo‗ymaydi, balki bu
qiziqish yanada ‗rtadi, u o‗lkashun‘slik muammolari asosiy o‗rin olgan ancha keng
doiradagi masalalarga ham qiziqa boshlaydi.
Qiziqishning psixologik tavsifi
Qiziqish shaxsning muhim psixologik jabhalaridan biri hisoblanib, unda
insonning individual xususiyati bevosita mujassamlashadi.
Qiziqish-biron bir sohada to‘g‘ri mo‘ljal olishga, yangi faktlar bilan
tanshishga, voqelikni ancha to‘la va chuqur aks ettirishga yordam beradigan
barqaror motiv
Qiziqish-insonlarning dunyoqarashi, e‘tiqodlari, ideallari, ya‘ni uning oliy
maqsadlari, ezgu niyatlari, orzu umidlari bilan bevosita muhim rolь o‗ynaydi
hamda ularning muvaffiqiyatli kechishini ta‘minlash uchun xizmat qiladi.
Qiziqish bilimlarni ongli, puxta, barqaror, anglagan holda o‗zlashtirishda,
ko‗nikma va malakalarni shakllantirishda, shaxs qobiliyati, zehni, uquvchanligi
rivojlantirishga,
olamni
mukammalroq
tushunishga,
bilim
saviyasining
kengayishiga yordam beradi.
Qiziqish motiv singari borliqning mo‗jizakor tomonlarini bilishga, fan asoslarini
egallashga faoliyatning turli-tuman shakllariga nisbatan ijodiy yondashishni
vujudga keltiradi, mehnatga, ta‘limga mas‘uliyat bilan munosabatda bo‗lishni
shakllantiradi, har qaysi yakkahol (individual) shaxsda ishchanlik, g‗ayrat-shijoat,
egilmas irodani tarkib toptirishga puxta psixologik shart-sharoitlar yaratadi.
Qiziqishning psixologik mohiyatidan kelib chiqqan holda yondashilganda,
qiziqish,insonda intilish, faolik, ichki turtki, ehtiyojni ro‗yobga chiqarish manbai
rolini bajaradi.
Jahon psixologiyasi fanining yirik namoyandalari shaxsning qiziqishini uning
yaxlit ruhiy dunyosi bilan, binobarin, odamning aqliy faoliyati, bilish jarayonlari,
irodasi, xarakteri, temperamenti, hissiyoti, qobiliyati bilan, umuman olganda inson
tuzilishining barcha qirralari bilan bog‗liq tarzda tushuntirishga harakat qilganlar.
Qiziqish muammosi psixologik nuqtai nazardan N.A.Ribnikov, N.F.Dobrinin,
N.D.Levitov,
M.F.Belyaev,
L.A.Gordon,
L.I.Bojovich,
N.G.Morozova,
M.G.Davletshin, M V.Vohidov, V.A.Tokareva, E.g‗.g‗oziev va boshqalarning
nazariy-metodologik xususiyatga ega bo‗lgan asarlarida hamda maxsus
eksperimental tadqiqotlarida rivojlantirildi.
Hozirgi zamon psixologiyasida qiziqish ob‘ektiv borliqning insonlar ongiga
sub‘ektiv tarzda aks etishlaridan biri sifatida tan olinadi. Qiziqish shaxsning
muayyan voqelikdagi, ma‘lum vaziyatdagi turli narsa va hodisalarga tanlab
munosabatda bo‗lishida, insonning o‗ziga xos qaror qabul qilishida, o‗zini o‗zi
nazorat eta bilishida, maqsadga intiluvchanligida, yuzaga kelgan ob‘ektiv va
sub‘ektiv to‗siqlarning yengishida ifodalanadi.
Psixologiya
fanining yirik namoyandalarining ta‘limoticha, qiziqish
odamlarning ehtiyojlari negizida yuzaga keladi, yaqqol ijtimoiy-tarixiy shart-
sharoitda, vaziyatda vujudga keladi, shakllanadi, barqarorlashib boradi hamda
ularning shaxsiy turmush sharoitida va faoliyatida, ijtimoiy ishlab chiqarishda
qatnashishi singari omillarda gavdalanadi. Umumiy talqinlarga asoslanib mulohaza
bildirilganda, qiziqish alohida jarayon, ma‘lum psixologik funktsiya emas, chunki
u his-tuyg‗u, iroda, ong, qolaversa jamiki psixik holatlar, hodisalar va ichki
kechinmalarning o‗zida mujassamlashtirgan, murakkab tizimli ruhiy voqelikdir.
Qiziqishni psixologik mohiyatining dastlabki ko‗rinishi-bu uni odamlar
tomonidan anglab yetishi yoki tushunish imkoniyatidir. SHaxs qiziqish mahsulini,
uning oqibatini anglash, tasavvur etish orqaligina ob‘ektiv borliqdagi narsa va
hodisalarga ongli, tanlab munosabatlarda bo‗ladi. Lekin bu voqelik (anglash,
tushunish) insonda birdaniga sodir bo‗lmaydi, balki muayyan vaqt davomida unda
bilish jarayonlari, shaxsiy fazilatlari, individual-tipologik xususiyatlari rivojlanishi
tufayli yuzaga keladi. SHuni alohida ta‘kidlab o‗tish joizki, qiziqishning
psixologik mohiyati namoyon bo‗lishida aqliy jarayonlar muhim rolь o‗ynashi
hodisasi qayd qilinishi u faqat intellektdan tashkil topadi, degan ma‘noni
anglatmaydi, albatta.
Xuddi shu boisdan, qiziqishni psixologik mohiyatining ikkinchi ko‗rinishi-uning
his-tuyg‗ular, emotsional holatlar bilan uyg‗unlashgan, mujassamlashgan tarzda
ifodalanishidir. Ma‘lumki, his-tuyg‗ular, shuningdek, emotsional holatlar
(emotsional ton, kayfiyat, shijoat, ehtiros va boshqalar) shaxsning borliqdagi aniq
voqelikka, narsa va hodisalarga, muayyan faoliyatga nisbatan intilishni, sa‘i-
harakatlarni kuchaytiradi, jadallashtiradi, safarbarlikni ob‘ektga yo‗naltiradi. Inson
o‗z shaxsiy qiziqishini qondirgandan keyin unda yoqimli his-tuyg‗ular uyg‗onadi,
ruhiy qoniqish esa o‗z navbatida lazzatlanish (praksik) hisni vujudga keltiradi,
buning natijasida frustratsiya (ruhi tushish) uning shaxsiyatini egallaydi.
Qiziqishni psixologik mohiyatining uchinchi ko‗rinishi-uning iroda sifatlari
bilan yoinki iroda akti bilan umumlashgan tarzda vujudga kelishidir. Irodaviy zo‗r
berish, muayyan qaror bo‗yicha intilish, ba‘zi qiyinchiliklarni yengish, mustaqillik
namoyon qilish qiziqishni qaror toptiradi, shaxsni maqsad sari yetaklaydi.
Qiziqishni psixologik mohiyatining to‗rtinchi ko‗rinishi- uni oliy nerv faoliyati
xususiyatlari va temperament tiplari bilan birga mujassamlashgan holda namoyon
bo‗lishidir.
Qiziqishning nerv-fiziologik mexanizmlari to‗g‗risida mulohaza yurtilganda,
dastavval rus olimi I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta‘limotini ta‘kidlab
o‗tish joiz. Uning «bu nima?» refleksi, ya‘ni orientirovka (mo‗ljal olish) refleksi
qiziqishning moddiy negizini tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
I.P.Pavlov va uning shogirdlaridan keyin P.K.Anoxin, N.A.Bernshteyn,
B.M.Teplov, V.S.Merlin, V.D.Nebilitsin va boshqalar insondagi qiziqishning nerv-
fiziologik mexanizmlarini bosh miya katta yarim sharlari po‗stlog‗ida orientirovka
refleksi negizida murakkab muvaqqat bog‗lanishlarning vujudga kelishidir, degan
yo‗sinda talqin qilmoqdalar.
Qiziqishning moddiy asoslari- o‗zaro induktsiya qonuni, po‗stloqdagi optimal
qo‗zg‗alish
o‗chog‗i va dinamik stereotiplar (I.P.Pavlov), dominanta
(A.A.Uxtomskiy),
orientir
murakkab
psixofiziologik
hodisa
ekanligi
(E.N.Sokolov) va boshqalar bo‗lib hisoblanadi.
Hozirgi davrda qiziqish shaxsning individual-psixologik xususiyatidan iboratdir,
degan xulosa odatiy narsaga aylanib qoldi.Shunga qaramasdan, ba‘zi manbalarda
qiziqish-muayyan soha bo‗yicha to‗g‗ri mo‗ljal olishga, yangi omillar bilan
tanishishga, voqelikni to‗la va chuqur aks ettirishga yordam beradigan motivdir,
degan ta‘rifga ham egadir. SHunga mutanosib tarzda qiziqish bilish jarayoni tusini
kashf etadigan, ijobiy his-tuyg‗ularda yo‗naltirilgan ob‘ekt bilan chuqurroq
tanishishga, u haqda ko‗proq ma‘lumotga ega bo‗lish, uning mohiyatini anglab
yetishga nisbatan shaxsning istagida namoyon bo‗ladi, qabilida mulohazalar hukm
suradi.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, shaxsning ishtiyoqini qondirishga
yo‗naltirilganligini aks ettiruvchi qiziqishni qondirilishi, hech qachon uning
so‗nishini ifodalamaydi, aksincha ob‘ektning noma‘lum qirralarini aniqlashga
nisbatan intilish davom etaveradi.SHu bilan birga qiziqishlar bilishning, uning
jarayonlari funktsional holatining doimiy qo‗zg‗atuvchi mexanizmi sifatida
vujudga keladi va aks ettirishda davom etadi.
Psixologiyada qiziqish mana bunday tiplarga ajratilishi mumkin: 1) mazmuniga
ko‗ra: shaxsiy va ijtimoiy; 2)maqsadiga binoan: bevosita va bilvosita; 3) ko‗lamiga
qaraganda: keng va tor; 4) qiziqishlar darajasi bo‗yicha: barqaror va beqaror.
Qiziqishning
mazmun
jihatidan
o‗zaro tafovutlanishi quyidagilarda
mujassamlashadi: bilish ehtiyojlarining ob‘ektlari qaysilar, bilishning mazkur
faoliyat maqsadi bilan mutanosibligi, shaxsning yashayotgan muhitiga nisbatan
munosabati kabilar. SHaxsda nimalarga nisbatan qiziqish uyg‗onadi, uning bilish
ehtiyojlari ob‘ektining ijtimoiy qiymati qanday ahamiyat kasb etadi? Insonning
shaxsiy qiziqishi kelib chiqishiga ko‗ra birlamchi bo‗lishiga qaramasdan, u bir
davrning o‗zida ijtimoiylik xususiyatini kasb etaveradi. Uning kasbiy faoliyatiga
nisbatan qiziqishi oxir oqibatda jamiyat uchun naf keltirishi, ravnaqi uchun
qiymatlidir. Ijtimoiy xususiyatli qiziqishlarning paydo bo‗lishi shaxsiy ahamiyat
kasb etish sari yetaklashi muqarrar. Chunki umumiylik (ijtimoiylik) bilan
xususiylik (shaxsga oidlik) uyg‗unlashgan holda hukm suradi va ular bir
bosqichdan boshqa bir bosqichga avtomatik ravishda o‗taveradi yoki ular doimo
o‗rin almashtirib turishadi. Shaxs o‗z qiziqishi tufayli biron-bir narsani kashf etsa,
individual ehtiyojini qondiradi, shuningdek, jamiyat, jamoa uchun ishlab
chiqarishni takomillashtirishga bu narsa xizmat qiladi. Shu boisdan jamiyatning,
jamoaning eng dolzarb vazifalaridan biri-yoshlarning mustaqil, faol bilishga,
ijtimoiy ahamiyatga moyillik mehnat faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‗otishdan
iboratdir. Toki ularda jiddiy, sermazmun, jamiyat tomonidan rag‗batlantiriluvchi,
mehr-muhabbatga sazovor qiziqishlar shakllansin.
Qiziqishning maqsad jihatidan farqi bevosita va bilvosita namoyon bo‗ladigan
qiziqishlarning mavjudligini aniqlaydi. Bevosita qiziqishlar voqelikning, jismlar va
hodisalarning emotsional jozibaliligi, his-tuyg‗ularga ega bo‗lishligi, tashqi
ta‘sirlarga beriluvchanligi tufayli vujudga keladi. Bevosita qiziqishlar
o‗rganilayotgan narsaning ma‘nosi bilan uning shaxs faoliyati uchun ahamiyati
mos tushgan taqdirda paydo bo‗lishi mumkin. Psixologiyada bevosita qiziqishning
yuzaga kelishini faoliyatning maqsadini anglash bilan bog‗liq bo‗lgan bilishni
ehtiyoj deb atash qabul qilingan. Mehnat va o‗qish faoliyatida hamisha his-
tuyg‗uga, jozibaga tayanib ish tutish imkoniyati mavjud bo‗lmasligi sababli
jismoniy va aqliy mehnatni ongli idora qilishda muhim ahamiyat kasb etadigan
bavosita qiziqishlarni tarkib toptirish masalasi ishlab chiqarish hamda ta‘lim tizimi
oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi.
Shunday qilib, u yoki bu narsalarni (hodisalar mohiyatini) bilish, ko‗rish, idrok
qilish, anglab yetish uchun qiziqarli tuyulgan ichki kechinmalar bevosita qiziqishni
aks ettiradi. Bilvosita qiziqishlar mehnat faoliyati yoki ta‘lim olish jarayonining
muayyan ijtimoiy ahamiyati bilan uning shaxs uchun sub‘ektiv ahamiyati o‗zaro
mos tushganida bilvosita qiziqish yuzaga keladi. Binobarin, shaxs mazkur
jarayonda bu narsalar meni qiziqtirgani uchun juda qiziqarlidir, degan xulosaga
keladi. Mehnat faoliyati va ta‘lim jarayonini ongli tashkil etishda yetakchi va
ustuvor rolь o‗ynaydigan bilvosita qiziqishlarni tarkib toptirish uchun maxsus
treninglarga, omilkor yo‗l-yo‗riqlarga o‗rgatish maqsadga muvofiqdir.
Odamlarning qiziqishlari o‗zining ko‗lami bilan bir-biridan farq qiladi. SHunday
shaxslar toifasi ham mavjudki, ularning qiziqishlari faqat birgina sohaga qaratilgan
bo‗ladi. Boshqa bir toifaga taalluqli odamlarda esa qiziqishlar qator sohalarga,
fanlarga, ob‘ektlarga yo‗naltirilganligini uchratish mumkin. Lekin turli sohaga
nisbatan qiziqishlarning biri ikkinchisiga salbiy ta‘sir etishi mumkin emas, agarda
ular oqilona boshqarish imkoniyatiga ega bo‗lsa. Qiziqishning torligi ko‗pincha
salbiy hodisa sifatida baholanishi mumkin, lekin ayni chog‗da ularning kengligi
ham nuqson tariqasida tahlil qilinsa bo‗ladi. Biroq shaxsning barkamol shaxs
bo‗lib kamol topishi qiziqishlar ko‗lamini tor emas, balki keng miqyosda bo‗lishini
taqozo etadi.
Qiziqishlar o‗zlarining darajasiga qarab barqaror va beqaror turlarga ajratiladi.
Barqaror qiziqishga ega bo‗lgan shaxs uzoq vaqt davomida yoqtirgan
predmetlariga, ob‘ektlariga, hodisalarga nisbatan o‗z maylini hech o‗zgarishsiz
saqlab tura oladi. Shu boisdan inson ehtiyojlarini o‗zida mujassamlashtiruvchi,
shaxsning ruhiy fazilatiga aylana boshlagan qiziqishlar barqaror qiziqishlar
deyiladi. Barqaror qiziqish shaxs qobiliyatining rivojlanganligidan darak berishi
mumkin. Ana shu nuqtai nazardan olib qaraganimizda, mazkur qiziqish tashxis
qiluvchanlik xususiyatiga ega. Biroq insonlarda barqaror qiziqishning mavjud yoki
mavjud emasligini aniqlash uchun ularning mehnat faoliyati va o‗quv jarayonidagi
qiziqishlarining tashqi ifodasini atroflicha o‗rganishga to‗g‗ri keladi. Odatda
qiziqishning tashqi ifodasi shaxsning o‗ziga o‗zi baho berish, o‗zini o‗zi tahlil
qilish faoliyatlarida namoyon bo‗ladi. Barqaror qiziqish to‗g‗risida mulohaza
yuritilganda, uning boshqa tarkibiy qismlari va qirralarini hisobga olish lozim,
chunki bu narsa ko‗p jihatdan shaxsning irodaviy sifatlari, xarakterining
vazminligiga bog‗liq.
Qiziqishning barqarorligi uning nisbatan jadal tarzda namoyon bo‗lishi hamda
uzoq davom etishi bilan ifodalanadi. Shaxsning zaruriy ehtiyojlarini yuksak
darajada aks ettiradigan, shuningdek, uning psixologik tuzilishiga xos xislatlarga
aylanib boradigan qiziqishlari barqaror qiziqish deyiladi. Barqaror qiziqish
qobiliyatning bir ko‗rinishiga o‗xshash bo‗lib, maqsadga yo‗nalganligi bilan
muhim ham individual, ham ijtimoiy ahamiyatga, qiymatga egadir.
Qiziqishlarning ba‘zi holatlarda beqaror bo‗lishligi insonlarning yosh, jins,
tipologik xususiyatiga bog‗liqdir. Bunday toifadagi odamlarda qiziqishlar g‗oyatda
ehtirosli kechadi, biroq qisqa muddatli bo‗lishi mumkin. Masalan, bir vaqtning
o‗zida ular bir nechta fanlarga, tabiat hodisalariga qiziqadi, barcha narsaga
ishtiyog‗ bilan kirishib, muammo mohiyatiga chuqur kirib bormasdan, boshqa
holatlar
bilan
mashg‗ul
bo‗lib
ketadilar.
Unday
xususiyatli
shaxslar
mashg‗ulotlarga tez kirishadi va shunday yo‗sinda so‗nib turadi ham. Qiziqishlar
salohiyatli voyaga yetgan odamlarning, yoshlarning o‗z iste‘dodlarini maqsadga
yo‗naltirgan tarzda amalga oshishini ta‘minlaydi.
Shaxsdagi qiziqishlarni rivojlantirish va barqarorlashtirish uchun ularning
negizini tashkil etadigan faoliyat bilan mashg‗ul bo‗lishga, maqsadga muvofiq
ravishda shug‗ullanishga, mayl uyg‗otishga puxta zamin hozirlash zarur, toki
qiziqishlar motiv, ehtiyoj, e‘tiqod funktsiyasini bajarishga aylansin.
Shunday qilib, qiziqishlar-shaxs faoliyati asoslarining tanho yo‗nalishi emas,
lekin uning eng muhim jihatidan iboratdir.
Psixologiya fanining so‗ngi davrdagi ma‘lumotlariga asoslangan holda
qiziqishning bir nechta darajalarga ajratish mumkin:
a) sinchkovlik,
b) qiziquvchanlik,
v) bilishga qiziqish,
g) turg‗un yoki kasbiy qiziqish.
Sinchkovlik qiziqishning biror narsaga nisbatan kuchli intilishdan iborat qisqa
muddatli turi yoki darajasidir. Qiziquvchanlik shaxsning voqelikdagi narsa va
hodisalarga, ularni bilishga nisbatan faol munosabatidan iborat qiziqish darajasidir.
Bilishga qiziqish anglashinilgan darajadagi, maqsadga muvofiqlashgan, jismoniy
va aqliy faoliyatning yangi qirralarini egallashga yo‗naltirilgan qiziqish turidir.
Turg‗un qiziqish shaxsning kasbiy ko‗nikmalar, malakalar va bilimlarni egalashga
yo‗naltirilgan, kasbiy tayyorgarlik darajasi bilan uyg‗unlashgan, maqsadga erishish
yo‗lida faollik ko‗rsatuvchi qiziqish turidir.
Shaxslar ixtiyoriga piktogramma, anagramma, turli xususiyatli testlarni havola
qilish ularda qiziqishning ichki mexanizmlarini keltirib chiqaradi. Bu narsa o‗z
navbatida ularda o‗z qiziqishini o‗zi boshqarish ko‗nikmasini shakllantiradi, har
qanday qo‗zg‗oluvchiga javob berishdan iborat stereotip hosil bo‗ladi.
Qiziqishning bu turi va uning yuqori bosqichi shaxsni voqelikdagi ichki
bog‗lanishlarni, munosabatlarni bilib olishga yo‗llaydi hamda ruhiy to‗siqlar va
qiyinchiliklarni
yengadigan,
muvaffaqiyatsizliklardan
cho‗chimaydigan,
qat‘iyatlik, intiluvchan, toliqmas individual xususiyatni shakllantirishga yordam
beradi. Odamlarda o‗zini o‗zi boshqarish, shaxsiy qiziqishini idora qilish, o‗ziga
o‗zi buyruq berish, o‗zini qo‗lga olish, o‗zini o‗zi takomillashtirish singari shaxs
xususiyatlarini shakllantirish ijtimoiy, tarixiy hamda ijtimoiy-psixologik ahamiyat
kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |