harakat dasturi va maqsad.
Harakat dasturi maqsadga
erishishing vositalariga aniqlik kiritadi. SHuning uchun ham dasturda nazarda
tutilgan vositalar maqsadga erishishni oklashi kerak, aks holda dastur hech narsa
bermaydi. Masalan, ba‘zi ota-onalar farzandlarini yaxshi tarbiyalash va undan
ideallaridagi shaxs yetishib chiqishini orzu qilib, uning oldiga juda og‗ir tarbiyaviy
shartlarni qo‗yadilar, bola erkinligi bo‗g‗iladi, u kat‘iy nazorat muhitida ushlanadi.
Oqibatda bola keyinchalik boshqarib bo‗lmaydigan, kaysar, uncha-muncha tashqi
ta‘sirga berilmaydigan bo‗lib qolib, har qanday boshqa ijtimoiy sharoitda
kiynaladigan bo‗lib qoladi. SHuning uchun ham motiv har doim anglangan,
extiyojlar muvofiqlashtirilgan va maqsadlar va unga yetish vositalari aniq bo‗lishi
kerak. Shundagina ijtimoiy hulq jamiyatga mos bo‗ladi.
Shaxsning ustanovkasi yoki anglanilmagan mayllari.
Psixologiya fanida xulq-atvor
va faoliyatga qaratilgan anglanilmagan mayllar orasida muayyan darajada tadqiq
etilgani ustanovka (ko‗rsatma berish, yo‗l-yo‗riq ko‗rsatish) muammosi hisoblanadi.
Ushbu umumiy psixologik masala gruzin psixologi D.N.Uznadze va uning shogirdlari
tomonidan keng ko‗lamda o‗rganilgandir.
Ustanovka inglizcha set deyiladi, o‗zbek tilida esa ko‗rsatma berish, anglanilmagan
mayllar, yo‗l-yo‗riq ko‗rsatish ma‘nosida qo‗lla-nilib kelinadi. Lekin keyingi atamalar
uning haqiqiy mohiyati-ni, ma‘nosini o‗zida mukammal aks ettirmaydi, shuning uchun
terminni hech o‗zgarishsiz qoddirsa ham bo‗ladi.
Odatda, ustanovka deganda, bilish faoliyati bilan bevosita bog‗liq bo‗lgan ehtiyojni
ma‘lum uslubda qondirishga ruhiy jihatdan tayyor turishlik tushuniladi. Ustanovka
shaxsning o‗zi anglab yetmagan muayyan ruhiy holati yoki maylidir. Bunday holatda
shaxs biron-bir ehtiyojni qondirish mumkin bo‗lgan ma‘lum faoliyatga nisbatan ruhan
tayyor turadi. Ustanovkaning mavjudligi va uning qonuniyatlari eksperimental tarzda
ta‘kidlab o‗tilgan ilmiy maktab namoyandalari tomonidan aniqlangan. Mazkur tajribada
sinaluvchiga ikkita, bittasi katta, ikkinchisi esa kichikroq soqqachani uzluksiz ravishda
bir nechta (10—15) marta ko‗zi yumuq holda paypaslab taqqos-lash taklif qilinadi.
Eksperimentning navbatdagi bosqichida soqqachalar dlmashtirilib, baravar jismlar har
xil tuyuladi, ya‘ni sinaluvchida illyuziya (noto‗g‗ri aks ettirish) holati yuzaga keladi.
Bunday psixologik voqeaning vujudga kelishiga asosiy sabab shuki, Obyektiv jihatdan
o‗zaro teng soqqachalar takdoslanganligida ular bir-biriga teng emas, degan mayl bilan
favqulodda subyektiv sharo-itda ish tutilganligidir. Ushbu holat oddiyroq qilib
tushuntirilganda, taqqoslash jarayoni ustanovka (ko‗rsatma berish, yo‗l-yo‗riq
ko‗rsatish) asosida amalga oshirilganligi uchun shunday oqibatga olib kelgandir.
D.N.Uznadzening ta‘kidlashicha, insonda ustanovka bilan bog‗liq psixofiziologik
holat markaziy nerv sistemasigina emas, balki uning periferik qismi faoliyatini ham
mahsuli bo‗lib hisoblanadi. D.N.Uznadzening tajribalarida sinaluvchining o‗ng qo‗liga
navbat bilan avval katta, keyin kichik soqqachalar berib turiladi va bu vaziyat 10—15
marta takrorlanadi. Tajribaning oxirgi bosqichida sinaluvchining chap qo‗liga bir-biriga
teng soqqalar beriladi. Buning natijasida uning chap qo‗lida ham illyuziya, ya‘ni
noto‗g‗ri idrok qilish vujudga keladi. Ko‗z bilan idrok qilishda ikkita o‗zaro teng
obyektlarni qayd qilishdagi ustanovka o‗ng ko‗zga ham o‗z ta‘sirini o‗tkazgan.
Eksperimental tarzda o‗rganilgan ustanovkali vaziyatlarni takrorlash evaziga insoning
o‗ziga sezilmagan hodisa muayyan obyektlarda sub‘ekg‗ga taalluqli «fiksal ustanovkalar»
(qayd etilgan ustanovkalar) vujudga kelganligi aniqlangan. Demak, ustanovkami eks-
perimental tadqiqot etish natijasida anglanilmagan mayllar asta-sekin qayd qilinuvchi
(fiksatsion) darajasiga o‗sib o‗tish mumkin.
Ijtimoiy turmushda D.N.Uznadzening natijalariga o‗xshash qator ma‘lumotlar shaxsda
mustahkamlanib qolganligi tufayli ustanovka funktsiyalarini bajarib kelmoqda: 1)
boshlang‗ich sinf o‗quvchilari-ning oldida turgan ustanovkalar xuddi shunday toifaga
kirganligi sababli o‗kituvchining barcha topshiriqlarini darhol bajarishga tayyor turadilar; 2)
hisobchilarga nisbatan qo‗rs, rasmiyatchi deyishlik; 3) olimlarga nisbatan
parishonxotirlik; 4) savdo xodimlariga nisbatan uddaburonlik, daromad qilishga ustasi
faranglik; 5) bolaning haqgo‗yligi, sir tutmasligi; 6) qariyaning so‗zi tugaguncha
o‗salning joni uzilishi to‗g‗risidagi fikr-mulohazalar ustanovkaga yaqqol misol bo‗la
oladi.
Shuningdek, ba‘zi jamoalarda, guruhlarda, oilalarda ustanovkaga asoslanish, ularga
ishonch noxush oqibatlarga olib keladi. Avtoritar tafakkur, milliy stereotip, etnik rasm-
rusumlar ham ustanovkaga misoldir. Davolovchi shifokorning ustanovkalariga bemorning
rioya qilishi irqchilik munosabatlari, ilmiy unvonli ziyolilarga berilgan super (orttirma)
baholar va boshqalar ustanovkaning anglanilmagan shaklini o‗zida mujassamlashtiradi.
Shuni ta‘kidlash joizki, ba‘zi hollarda shaxs uchun anglanilmagan ustanovka o‗z pozi-
tsiyasini aniq namoyish kilishda e‘tiqod sifatida gavdalanadi, anglanilmagan omillar
tariqasida aks etadi.
Gruzin psixologlari tomonidan ustanovkaning turlicha xislatla-ri (qo‗zg‗aluvchanlik,
dinamiklik, statiklik, plastiklik-dag‗allik, labillik-stabillik, irradiatsiya-generalizatsiya)
va tiplari (dif-fuz, differiantsiallashgan, fiksatsiyalashgan) aniqlangan. Ularning fikricha,
ustanovkaning ba‘zi bir xislatlari mutanosibligi uning har xil tiplarini vujudga keltiradi.
Psixoz va nevrozlar ustanovkaning patologik o‗zgarishlarida o‗z ifodasini topadi.
Shuningdek, ustanovka inson hukmronligini va qudratini tashkillashtirishning yuksak
darajasi sanaladi. U xulq-atvorining batartibligi va iz-chilligining asosi hisoblanadi.
Ularning mulohazalaricha, ustanovka insoning muayyan shaklda munosabat bildirishga
yuksak yo‗synda umumlashgan tayyorgarlik holati, reaktsiyaning yaqqol natijasining
kodlashtirilgan neyrodinamik modeli, mazkur reaktsiya vaktini oldindan payqash,
qolaversa, yaxlit faoliyat tuzilishining ajralmas jabhasi hisoblanadi. Shuning uchun
ustanovka o‗zgaruvchanlik va bar-qarorlik jips birligini aniqlashga xizmat qiladi. U
o‗zining o‗zga-ruvchanlik bilan munosabat bildirishi javob qaytarishning barqa-rorligini
ta‘minlaydi.
Ustanovkaning yuksakroq bosqichi anglanish ko‗rinishga ega bo‗ladi. Guruhiy va
jamoaviy munosabatlarda uning a‘zolarini ishontirish (ularga ta‘sir o‗tkazish) orqali
muayyan yo‗nalishga safarbar qilish; fikrlarda umumiylikni vujudga keltirish holatlari
bunga yorqin misoldir. Ishonish va ishontirish odamlarning xarakter xislatiga, xulq-
atvoriga bevosita bog‗liq. Bu holat psixologiyada eksperimental tarzda tadqiq etilgan.
Masalan, sinaluvchilarga ma‘lum vakt oralig‗ida soatiga qaramay, sekundlarini o‗z
ichida sanash orqali bir daqikaning cho‗zilishini aniqlash imkoniyatiga ega bo‗lganlar.
Keyinchalik bu sanash signal berish bilan tekshirilib turil-gan, ba‘zan «yolg‗on»
signallar, ya‘ni lampochka yonish bilan tajriba bo‗linishga yo‗l qo‗yilgan.
Qatnashchilarda eksperimentatorga ishonch bo‗lganligi sababli xatolarga yo‗l
qo‗yishgan.
Ishonuvchanlikni aniqlashda «konformizm» (kelishuv, murosa-yu, madora)dan
foydalanilgan. Ichki vatashqi kelishuvchanlik (konformizm), ichdan kelishmovchilik
(nokonformizm) guruhiy ishonuvchanlik mohiyatini o‗rganish uchun obyekt sifatida
foydalanishgan. Bir guruh odymlarning ochiq ovoz berishi konformizmning namoyon
bo‗lishidir. Pekin konformizm «soxtalik»ni ham keltirib chiqarish mumkin, uning aks
ettiruvchisi esa konformist deb ataladi, ko‗pincha ideallardan voz kechish hollari ham
uchrab turadi.
Xulq-atvor va faoliyatning anglanilmagan omillari qatoriga mayllar kiradi. Hali
differentsiyalashmagan, yetarli darajada anglanilmagan ehtiyojdan tashkil topgan xulq-
atvor va faoliyatini amalga oshirishga undovchi omil mayl deb ataladi. Moyillik holatiga
ki-rib borayotgan shaxs uchun jalb qilayotgan obyektida uni nima qiziq-tirayotgani va
qaysi alomat o‗ziga tortayotgani sababi noaniqdigi. Faoliyat maqsadi subyektiga
noma‘lumligi tufayli mayl hukm sura-di. Bunday psixik holat insonlarda tez-tez uchrab
tursa-da, lekin o‗zining tezkor o‗tkinchligi bilan boshqa voqealardan ajralib turadi.
Odatda, ushbu mohiyatli psixik holatni harakatlantiruvchi ehtiyoj so‗nishi yoki tilakka
aylantirish mumkin. Binobarin, u xohish, niyat, orzu, fantaziya kabi shakllarga
aylantirish tufayli shaxs tomonidan anglaniladi. Bunday shakldagi mayllarning
odamlarda mavjud bo‗lishi ularning yaqin va uzoq kelajakka intilishlaridan dalolat
beradi.
Dostları ilə paylaş: |