Mavzu. Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor (1 ma’ruza) Reja



Yüklə 476,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/31
tarix26.12.2023
ölçüsü476,88 Kb.
#197704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Ma\'ruza matni. 11-12- mavzu Shaxs ijtimoiylashuvi

Shaxs
-
ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning 
subyekti bo‘lmish individdir.
Shaxsga taaluqli bo‗lgan eng muhim tasnif ham 
uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, 
ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham obyekt, ham subyekt bo‗lishliqdir. 
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri 
— bu uning 
individualligidir
, ya‘ni yakkaholligidir.
Individuallik deganda, kishining o‘ziga xosligini, uning boshqa odamlardan 
farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birkmasi tushuniladi
. Individuallik 
tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron 
xususiyatlar yig‗in-disi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, 
iqtidori, har xil shakldagi reaktsiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kirady. Psixik 
xususiyatlarning birikmasini aynan o‗xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud 
emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilgan-ligi qayg‗u-alam, uning bilan birga esa 
hayotda tiklab bo‗lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab 
voqelikning mangulikka yo‗nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o‗zining qadr-
qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta‘lim va 


tarbiya yordamida yuzaga kelgan o‗zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, 
betakror oliy zotdir. 
Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko‗pincha, ularda har xil 
vazifalarni (funktsiyalarni) bajaradi, o‗zaro xech bir o‗xshamagan rollarni ijro 
etadi. Masalan, ota-onaning, oilaning «egovi», injiq, «zo‗ravon» bola o‗z 
tengqurlari davrasida ehtiyotko-rona harakat qilib, o‗zini tamoman boshqacha 
tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaktida boshqalarga 
qo‗shilmaydigan sa-yohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va xamkorlikda, 
ulfatchi-likda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida keltirilgan 
masalalardan bitta odamning o‗zi turli vaziyatlarda mazmun jihatdan bir-biriga 
qarama-qarshi rollarni bajaradi. Aksariyat hollarda odam turli-tuman vaziyatlarga, 
sharoitlarga moe, ularga mutanosib bo‗lgan jihatlarni (jabhalarni) namoyon qiladi, 
uning oilada, xizmat vazifasida, jamoatchilik orasida, sport musobaqa-sida va shu 
singarilarida o‗z zimmasiga olgan rollarni bir-biriga qarama-qarshi emas, balki 
o‗zaro hamohang tarzda o‗ynaydi. Ana shu inson fazilatlarining, xislatlarining, 
sifatlarining bir-biriga mosligi shaxsning yaxlitligini ko‗rsatuvchi alomatlardan 
biri bo‗lib, undagi qarama-qarshilik, ziddiyat va shakllanib ulgirmagan 
xususiyatlarning ko‗rsatkichi uning turli vaziyatlarda bajariladigan rollarning 
o‗zaro bir-biriga zidligi yoki nomutanosibligi hisoblanadi. 
Inson jamiyatning turli guruhlarida odamlarning o‗z zimmasiga olgan vazifalari 
va rollari qanchalik rang-barang bo‗lmasin, turmushdagi mavqei ko‗p ma‘no, ko‗p 
kirrali xususiyatga ega bo‗lishidan qat‘i nazar, inson shaxsiga to‗la moe keladigan 
haqiqiy tavsif berish imkoniyati saqlanib qoladi. Unga beriladigan tavsif faqat 
uning o‗ynaydigan asosiy rollarini, egallagai mavqeining individualligini namoyon 
qiluvchi motivlarini aniqpash bilan emas, balki uning ishlab chiqarishga, moddiy 
boyliklarni o‗zlashtirishga nisbatan munosabatini o‗rganish orqali beriladi. 
O‗zbekistonda inson shaxsiga beriladigan asosiy tavsif uning asosida gumanistik, 
mustaqil, huquqiy jamiyat qurish jarayoniga nisbatan va bu ijtimoiy jarayonda faol 
qatnashishi kabi muhim mezonlarga asoslanadi. 
Jahon psixologiya fanining ilg‗or taraqqiyparvar, gumanistik tadqiqotchilarining 
tajribasida 
ko‗rsatilishicha, 
shaxsning 
psixologik 
tuzilishi, 
psixologik 
xususiyatlari, xarakter xislati, temperament xususiyatlari, irodaviy sifatlari, akliy 
krbiliyatlari, iste‘dod darajalari, barqaror qiziqishlari, hukmron motivlari, his-
siyoti va shu kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol, alo-xida odamda 
betakror, barqaror, turg‗un birlikni tashkil etadi. Bu esa, o‗z ntsvbatida shaxeni 
psixologik tuzilishining nisbiyligi, qatьiyligi, stereotipligi to‗g‗risidagi fikrni kat‘iy 
tasdiklashga imkon yaratadi. 
Psixik holatlar, hodisalar (hissiyot, xohish, orzu, tafakkur va shu kabilar) 
uzluksiz ravishda o‗zgarib turishi, ijtimoiy guruhlar-da, hayotiy vaziyatlarda odam 


o‗z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq-atvornida o‗zgarishi, yoshni ulg‗ayib 
borishi ham shaxsning psixologik qiyofasi (milliylik, etnik ta‘sir asosida) muayyan 
darajada barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barkarorlik odam qat-nashadigan 
uning yashash sharoitlari, jismoniy xususiyatlarining qiyofasi bilan uyg‗unliqtsa 
shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig‗indisining doimiyligi bilan uzviy 
bog‗likdir. Biroq biz qayd qilib o‗tgan doimiylik nisbiy xususiyatga egadir. Chunki 
shaxsni psixik tuzilishining o‗zgarishi jahon psixologlarining bir qator 
tadqiqotlarida o‗rganilgan. Bu o‗zgarishlar odamning yashash muhiti, amalga 
oshiradigan faoliyatida namoyon bo‗duvchi hisoblanib, ular ijtimoiy ta‘sir, tarbiya 
sharoitiga bevosita alokadordir. 
Demak, shaxsning niebatai barqaror va nisbatan o‗zgaruvchan xususiyatlari 
inson xislatlarining yaxlitligi va o‗zaro bog‗liqligidan,tarkib topuvchi murakkab 
birlikdan iboratdir. Odatda, shaxsni psixologik jihatdan o‗rganish o‗z tarkibiga ikki 
asosiy ilmiy muammoni qamrab oladi. 
Shaxsni faolligining manbai uning ehtiyojlari hisoblanib, xuddi shu ehtiyojlar odamni 
muayyan tarzda va ma‘lum yo‗nalishda harakat qilishga undaydi. Xuddi shu boisdan 
ehtiyoj shaxs faolligining manbai sifatida yuzaga keladi va uning yaqqol turmush 
sharoitiga bog‗liqligini aks ettiruvchi holatdir. 
Ehtiyojlarda shaxsning yaqqol ijtimoiy turmush sharoitlariga bog‗likdigi motivlar 
tizimi (motivatsiya) sifatida o‗zining faol jabhalari bilan ifodalanadi. Motivlar ma‘lum 
extiyojlarni qon-dirishga karatilgan faoliyatga nisbatan moliklikdir, degan 
ta‘riflanishga mutlaqo mosdir. Psixologiya fanida qiziqishlar deganda, odamlarning 
bilish jarayoniga yo‗naltirilgan ehtiyojlarning hissiy aks etishidir. Bilish extiyojlarini 
shaxs tomonidan qondi-rilishi uning bilimlaridagi uzilishlarini to‗ldirishga, ta‘lim 
vaziyatlariga to‗g‗ri moslashishga hamda ularni tushunishga zarur imkoniyatlar yaratadi 
va yordam beradi. 
E‘tiqod odamning shaxsiy qarashlari, xulq-atvor tamoyillari, ilmiy dunyoqarashlariga 
asoslanib harakat qilishga undovchi angla-shilgan ehtiyojlar majmuidir. E‘tiqod shaklida 
yuzaga keladigan ehtiyojlarning mazmunini odamni qurshab turgan tabiat va u 
yashaydigan jamiyat haqidagi bilimlar hamda ularni muayyan darajada shaxs tomonidan 
anglash hosil qiladi va asta-sekin turli tashqi ta‘sir-lar yordamida takomillashib 
boradi. 
Insonda vujudga keladigan tilaklar sa‘y-harakatlar motivlari hisoblanib, bu motivlarda 
aynan shu vaziyatda bevosita yaqqol namoyon bo‗lmagan turmush va rivojlanish 
sharoitlarida ehtiyojlar ifodalanadi. 
Shaxsning psixik taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari insonning hayoti-
faoliyati davomida o‗zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning haqiqiy 
imkoniyatlari o‗rtasidagi qarama-qarshiliklar bo‗lib hisoblanadi. Bular to‗g‗risida 


jahondagi ilmiy psixologik adabiyotlarda bir qator kimmatli va boy materiallar 
mavjuddir. 
Odatda, shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarkib topti-rish, kamolotga yetkazish 
mavjud qarama-qarshiliklarni, ziddiyatli vaziyatlarni yengish„ irodaviy zo‗r berish, 
zo‗riqish, tanglik, jid-diylik holatlarini boshqarish, o‗zini qo‗lga olish orqali o‗shbu 
faoliyatni amalga oshirishning oqilona, omilkor vositalarini (yo‗llari, usullari, 
operatsiyalari, ko‗nikmalari, uquvlari, malakalari, odatlari, harakatlari, sa‘y-harakatlari 
kabilarni) o‗zlashtirish, egallash natijasida vujudga keladi. Bularning barchasi imitatsiya 
(takdid), identifikatsiya, refleksiya, stereotipizatsiya, ta‘lim, o‗qitish, o‗qish, o‗rganish, 
o‗rgatish, saboq olish, o‗zlashtirish, musta-qil bilim olish jarayonida yuzaga keltiriladi. 
Mazkur holatda aniq faoliyat orqali ehtiyojni qondirish qonuniy ravishda yanada yuksak-
roq, yuqori boskichdagi yangi xususiyatga ega bo‗lgan ehtiyojni tug‗diradi.
 
Shunday qilib, ehtiyojlarning tug‗ilishi, taraqkiyoti, ularni saralash va shakllantirish 
hamda mustaqil, demokratik, huquqiy ja-miyat kishisiga xos bo‗lgan milliy, hududiy 
ma‘naviyat, ruhiyat va qadriyatlarning qonuniyatlariga, xossalariga, mexanizmlariga asos-
langan sharqona, o‗zbekona yuksak axloqiy xislarga ega insonlarni voyaga yetkazish 
respublikamiz psixolog olimlarining oldida turgan asosiy vazifalaridan biridir. Buning 
uchun psixologlar ko‗p taj-ribalarda sinalgan (ishonchli, validli, reprezentativ) testlar, 
metodlar (innovatsion xususiyatli), metodikalar (ularning invariant-lari, variatsiyalari, 
modifikatsiyalari), muayyan kasbiy malakalar, uslubiy qurollar (ko‗rsatmalar, tavsiyalar, 
ishlamalar, modulь va reyting tizimlari), zamonaviy texnik vositalar bilan to‗la-to‗kis 
qurollanishlari, nazariy va amaliy bilimlarni egallashlari, olin-gan natijalarni ko‗p qirrali 
(sifat, mikdor, korrelyatsion, disper-sion, faktor va hokazo) taxdil qila bilishlari, chuqur 
talqin qila olishlari mutlaqo zarurdir. Chunki bularsiz shaxsni komil inson sifatida 
shakllantirish, kamol toptirish mutskin emas, binobari«, ikkiyoqlama o‗zaro ta‘sir 
bunday imkoniyat yaratishga qodir. 

Yüklə 476,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin