Mavzu. Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor (1 ma’ruza) Reja


endopsixika» shaxsning psixik tuzilishining ichki



Yüklə 476,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/31
tarix26.12.2023
ölçüsü476,88 Kb.
#197704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Ma\'ruza matni. 11-12- mavzu Shaxs ijtimoiylashuvi

endopsixika» shaxsning psixik tuzilishining ichki 
kismlari sifatida psixik elementlar va funktsiyalarning o‘zaro bog‘likdigi aks 
ettiriladi
. Uning negizida insonning nerv-psixologik tuzilishi bilan «endopsixik» 
aynan bir narsa degan tushunchani tasdiqlash yotadi, go‗yoki u odam shaxsining 
ichki mexanizmitsi yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning «ekzopsixik» qismi bo‗lsa 
shaxsning tashqi muhitiga nisbatan munosabatini, shaxsga qarama-qarshi bo‗lgan 
barcha jihatlarini, shaxslararo va obyektiv munosabatni belgilaydi. «Endopsixika» 
o‗z navbatida shaxsning ta‘sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi bilish 
jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo‗r-berish xislatlarini, «ixtiyorsiz 
harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi. 
«Endopsixika» biologik shart-
sharoitlarga bog‘liq. 
«Ekzopsixika» esa o‘z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va uning 
qiziqishlari, may-llari, ideallari, maslagi, ustunlik qiluvchi, hukmron 
hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni va shu singarilarni qamrab 
oladi.
Tabiiy omilga (asosga) ega bo‗lgan «endopsixika» biologik shart-
sharoitlarga bog‗liqdir, aksincha, 
«ekzopsixika» ijtimoiy voqeliklar ta’siri ostida 
yuzaga keladi
, tarkib topadi va takomillashib boradi. 
Shaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bog‗liq degan naza-riyaning 
namoyandalari bo‗lmish hozirgi zamon uzoq chet el (AQSH, Angliya, Frantsiya, 
Germaniya, Shvetsariya va boshqalar) psixologlari okibat natijasida shaxsning 
tuzilishini o‗sha ikkita asosiy omillarga, ya‘ni biologik va ijtimoiy (sotsial) 
vokeliklarning 
ta‘si-riga 
bog‗liq 
bo‗lgan 
tuzilishining 
mavjudligidan 
manfaatdordir-lar. Obyekt-subyekt munosabatini belgilaydi. «Endopsixika» o‗z 


navbatida shaxsning ta‘sirlanishi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol 
jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo‗r berish xis-latlarini, ixtiyorsiz 
(ideomotor) harakatlarini va shu kabi fazi-latlarini aks ettiradi. «Ekzopsixika» esa 
o‗z tarkibiga xos munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, 
ideallari, ustanovkalari, maslagi, ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, 
egallangan bilimlarni qamraydi. 
Inson shaxsining mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig‗indisidan iborat, bu 
ifodaga o‗ta keskin e‘tiroz bildirishga hojat yo‗q. Chunki shaxs ijtimoiy mavjudod 
bo‗lganligi (mikromuhit mahsuli ekanligi tan olinmasa-da) uchun unda tabiiy-
biologik tuzilish alomatlari sakdanib qolishi tabiiy holdir. Masalan, shaxs 
tuzilishida biologik va ijtimoiy (sotsial) omillarni birlamchi deb e‘tirof qylish 
muammoning bir tomoni (ularni hisobga olish, albatta zarur), lekin ikkinchi 
tomoni ularning o‗zaro munosabatla-rini qay tarzda tushunishda o‗z ifodasini 
topadi. Ko‗pgina psixo-loglarning fikricha, bizning nuqtai nazarimizcha, qo‗sh 
omillik nazariyaning bahsli jabhasi shundan iboratki, bu nazariya ijtimoiy omil 
bilan biologik voqelikni, muhit bilan biologik tuzilishni, «ekzopsixika» bilan 
«endopsixika»ni mexanik ravishda bir-biriga qarama-qarshi qo‗yadi, o‗zaro ta‘sir etish 
muammosiga loqaydlik bilan munosabatda bo‗ladi. Mazkur kontseptsiya vakillari 
shaxsning shakllanishi va uning tuzilishiga ta‘sir qiluvchi tabiiy va ijtimoiy omillar ichki 
imkoniyatlari mavjud ekanligini xisobga olmaydilar. 
Kishi o‗z mohiyatiga ko‗ra ijtimoiy hisoblangan munosabatlar sistemasiga 
kirgan, odamlar bilan o‗zaro birgalikda harakat qilgan va munosabatda bo‗lgan 
holda o‗zini atrof-muhitdan alohida ajratib ko‗rsatadi, o‗zining jismoniy va psixik 
holati, harakatlari va jarayonlarining subyekti sifatida his etadi, o‗zi uchun 
boshqalarga» qarshi turgan va ayni chog‗da ular bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan 
«Men» sifatida namoyon bo‗ladi. Subyektiv ravishda xususiy «Men»ning 
mavjudligini his qilish, avvalo, kylining hozirgi aytda, o‗tmishda va kelajakda 
o‗ziga aynan o‗xshash bo‗lishini tushunib etishida ifodalanadi. Bugungi «Men» 
mening holatimning har qanday yangi va kutilmagan vaziyatlarda har qancha 
o‗zgarishi mumkin bo‗lgan taqdirda ham, mening hayotim, mening ‗ngim, 
qarashlarim va yo‗l-yo‗riqlarim har qancha qayta qurilgan taqdirda ham o‗sha 
kecha yashagan va ertangi kunga qadam qo‗ygandan keyin bo‗lajak kishining 
o‗zini bildiradigan «Men» i demakdir. Ayrim psixik kasalliklarning alomatlaridan 
biri kishining o‗ziga aynan o‗xshamay qolishidan, xususiy «Men» ini yo‗qotib 
qo‗yishidan iboratdir. 
O‗z «Men»ining mavjudligini his qilish shaxsning hali chaqaloqligi aytidayoq 
boshlanadigan va uzoq davom etadigan hamda sobiq sovet sotsiologi va psixologi 
I. S. Kon «Men»ning kashf etilishi» deb juda o‗rinli atagan shakllanish 
jarayonining natijasi hisoblanadi. Bir yasharli bola o‗z tanasining sezgirligi undan 


tashqaridagi buyumlar tufayli hosil bo‗ladigan sezgilardan farqini anglay 
boshlaydi. So‗ngra 2-3 yoshida bola buyumlar bilan o‗z xususiy harakatlari 
jarayoni va natijasida hosil bo‗ladigan xursandchilikning katta yoshdagilarning 
konkret harakatlaridan farqini ajratadi va kattalarga qarata: «Yo‗q, men o‗zim 
qilaman!» deydi. o‗zini atrofdagi muhitdan faqat alohida ajratib olgan holda, emas, 
balki o‗zini boshqalarning hammasiga qarama-qarshi («Bu seniki emas, meniki!») 
qo‗ygan holda o‗zni "birinchi marta o‗zshshng xususiy harakatlari va xatti-
xarakatlari subyekti (bolaning nutqida shaxsiy olmosh paydo bo‗ladi) sifatida 
anglay boshlaydi. Bolalarda bog‗cha bilan maktabga borishi oralig‗ida va 
boshlangich sinflarda katta yoshdaglar, ota-onalar va o‗qituvchilar yordamida hali 
o‗z yutuqlari va muzaffaqnyatsizliklarining sabablarini anglab etish darajasida 
paydo bo‗ladi.
Nihoyat, o‗sirinlik va yoshlik davrida ijtimoiy hayotga va mehnat faoliyatiga 
faol qo‗shilib ketish natijasida o‗ziga ijtimoiy-ahloqiy jihatdan baho berishning 
kengaytirilgan sistemasi shakllana boshlaydi, o‗zini anglab etishi tugallanadi va 
«Men»ning siymosi tarkib topadi. 
Ma‘lumki, o‗sirinlik va yoshlik yillarida o‗zini tarbiyalashga, o‗zining hayotdagi 
o‗rnini va tevarak-atrofdagilar bilan munosabatlar subyekti sifatida o‗zini anglab 
etishga intilish kuchayadi. O‗zini anglashning yuzaga chiqa boshlashi ana shu 
bilan bog‗liqdir. Katta yoshdagi o‗quvchilarda o‗z xususiy «Mei»ining siymosi 
shakllana boradi («Men-siymosi», «Men-konsepsiya»).

Yüklə 476,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin