Shunday qilib, qiziqishlar bilishning doimiy qo‘zg‘atuvchi mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladi. Qiziqishlar mazmuniga, maqsadlariga, miqyosi va barqarorligiga ko‘ra tasnif qilinishi mumkin. Qiziqishlarning mazmun jihatidan farqi bilish ehtiyojlarining ob‘ektlarini va
ularning mazkur faoliyat maqsadlari uchun va, kengroq qilib olganda, shaxs
mansub bo‗lgan jamiyat uchun real ahamiyatini ko‗rsatadi. Kishida ko‗roq nimaga
qiziqish paydo bo‗lishi va uning bilish ehtiyojlari ob‘ekt ining ijtimoiy qimmati
psixologik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Maktabning eng muhim vazifalaridan
biri-
o‗smirlik yoki yoshlarning faol bilish va mehnat faoliyatiga
rag‗batlantiradigan va maktabdan tashqarida ham saqlanib qolishi mumkin bo‗lgan
jiddiy va sermazmun qiziqishlarini uygo‗tishdan iboratdir.
Qiziqishlarning maqsad jihatidan farqi bevosita va bilvosita namoyon bo‘ladigan qiziqishlarning borligini aniqlaydi. Bilvosita qiziqishlar ahamiyatga molik ob‘ektning hissiy jihatdan jozibaliligi
tufayli yuzaga keladi. («Buni bilish, ko‗rish, anglab etish men uchun qiziqarli»-
deydi kishi.) Bilvosita qiziqishlar biron bir narsa (masalan, ta‘lim olish)ning real
ijtimoiy ahamiyati bilan uning shaxs uchun sub‘ektiv ahamiyati bir-biriga mos
kelgan. (Bunday holda kishi: «Bu meni qiziqtirgani uchun ham qiziqarlidir!»-
deydi) taqdirda paydo bo‗ladi. Mehnat va o‗qish faoliyatida hamma odam ham
bevosita hissiy jozibaga ega bo‗lavermaydi. Shuning uchun ham mehnat jarayonini
ongli tashkil etishda etakchi rolg‗ o‗ynaydigan bilvosita qiziqishlarni tarkib t‘tirish
muhimdir.
Qiziqishlar o‘zining kengligi bo‘yicha ham farq qiladi. Bir xil odamlarda
qiziqishlar bir sohaga qaratilgan bo‗lishi mumkin, boshqalarda esa barqaror
ahamiyatga ega bo‗lgan ko‗plab ob‘ekt larga bo‗lingan bo‗ladi. Qiziqishlarning
tarqoqligi ko‗incha shaxsning salbiy hislati sifatida yuzaga keladi, lekin ayni
chog‗da qiziqishlarning.keng miqyoslilngini kamchilik tariqasida talqin qilish
noto‗g‗ri bo‗lur edi. SHaxsning ko‗ngildagidek rivojlanishi, kuzatishlar
ko‗rsatganidek, qiziqishlar miqyosining tor emas, aksincha keng bo‗lishini taqozo
etadi.