yoki tazyik ko‗rsatish kerak bo‗lsa, ularning etalon, referent guruhini aniqlash
katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‗ladi.
Shunday qilib, o‗z- o‗ziga baho sof ijtimoiy hodisa bo‗lib,
uning mazmuni va
mohiyati shaxsni o‗rab turgan jamiyat normalariga, shu jamiyatda qabul qilingan va
ehzozlanadigan kadriyatlarga bog‗liq bo‗ladi. Keng ma‘nodagi yirik ijtimoiy
jamoalar etalon rolьini o‗ynashi okibatida shakllanadigan o‗z- o‗ziga baho- o‗z-
o‗zini baholashning yuksak darajasi hisoblanadi. Masalan, mustaqillik sharoitida
mamlakatimiz yoshlari ongiga milliy kadriyatlarimiz, vatanparvarlik, adolat va
mustaqillik mafkurasiga sadokat hislarining tarbiyalanishi, tabiiy,
har bir yosh
avlodda o‗zligini anglash, o‗zi mansub bo‗lgan halq va millat ma‘naviyatini
kadrlash hislarini tarbiyalamoqda. Bu esa, o‗sha yuksak o‗z- o‗zini anglashning
poydevori va muhim shakllantiruvchi mexanizmidir.
Demak,
o‗z- o‗zini
baholash- o‗z- o‗zini tarbiyalashning muhim mezonidir. o‗z- o‗zini tarbiyalash
omillari va mexanizmlariga esa, quyidagilar kiradi:
O‗z- o‗zi bilan muloqot( o‗zini konkret tarbiya obyekti sifatida idrok etish va
o‗zi bilan muloqotni tashkil etish sifatida);
O‗z- o‗zini ishontirish( o‗z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonish orqali,
ijobiy xulq normalariga bo‗ysundirish);
O‗z- o‗ziga buyruk berish(tig‗iz va ekstremal holatlarda o‗zini qo‗lga olish va
maqbul yo‗lga o‗zini chorlay olish sifati);
O‗z- o‗ziga ta‘sir yoki autosuggestiya(ijtimoiy normalardan kelib chiqqan holda
o‗zida ma‘qul ustanovkalarni shakllantirish);
Ichki intizom- o‗z- o‗zini
boshqarishning muhim mezoni, har doim har yerda
o‗zining barcha harakatlarini muntazam ravishda korrektsiya qilish va boshqarish
uchun zarur sifat.
Lekin shaxsning nuqtai nazarini ta‘riflash uchun, aftidan, birgina o‗ziga o‗zi
baho borishni bilish etarli emas. Muayyan shaxsning fikriga ko‗ra, guruhda unga
o‗rt‘qlari berishi mumknn deb taxmin kilingan (kutilmagan baho), uning o‗zi
guruhda sazovor bo‗lgan bahoning qandayligini bilish muhimdir, bu baho shunga
o‗xshash tajriba tadbiri yordamida aniklanishi va shuningdek, u yuksak, o‗rtacha,
ast bo‗lishi mumkin, o‗ziga o‗zi beradigai baho darajasiga ko‗roq yoki kamroq
yaqinlashgan bo‗lishi, nihoyat turli referent guruhlariga nisbatan tugrlicha bo‗lishi
mumkin. Kutilgan baho o‗z jamoasiga nisbatan barqaror bo‗libqolgani holda shaxs
boshqa jamoaga qo‗shilgan, yangi aloqalar o‗rnatayotgan aytda jiddiy o‗zgaradi,
barqarorligini yo‗qotib, susayib qoladi.
Shaxsga beriladigan baholar sistemasidagi boshqa o‗zaro bog‗lanishlarni qarab
chiqamiz. Qarshimizda o‗ziga o‗zi yuksak baho bergan, tevarak-atrofdagilar
tomonidan past baholangan va kutilgan bahosi ham past bo‗lgan
kishi - boshqa
odamlar bilan munosabatlarda hoynahoy mojaroli tevarak-atrofdagilarni
toshbag‗irlikda ayblashga moyil shaxs turibdi, deylik. Boshqa bir kishi kutilgan
bahosi asossiz ravishda oshirib yubarilganligi bilai farq qiladi. Unnng tevarak-
atrofdagilarga nisbatan iltifotlik bilai munosabatda bo‗lnshini, o‗zini katta olishini
kuzatish mumkin. Har holda agar bu hislatlar xulq-atvorda namoyon bo‗lmagan
taqdirda ham ular potentsial jihatdan, asta-sekin tarkib topadi va qulay hollarda
shaxs xulq-atvorinnig yali tuzilishida namoyon bo‗lishi mumkin. Negaki,
buning
uchun ularda qulay zamin mavjuddir. Uchta ko‗rsatkich - o‗ziga o‗zi baho bershi,
kutilgan baho, guruhning shaxs tomonidan baholanishi - shaxsning tuzilishiga va
kashi buni xohlaydimi yo‗qmi, bundan qathiy nazar, u o‗zining guruhdagi
kayfiyatini, o‗zi erishgan natijalarning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz
ekanligini, o‗ziga
va tevarak-atrofdagilarga nisbatan
nuqtai
nazarlarni
belgilaydigan subyektiv vositalarni hisobga olishga ‗boekt iv ravishda majburdir.
U hatt‘ bu ko‗rsatkichlarning mavjudligini sezmagan, baholar va o‗ziga o‗zi
beradigan baholarning psixologik mexanizmi ko‗rsatadigan tahsir to‗g‗risida hech
narsani bilmagan taqdirda ham ular bilan hisoblashishi kerak. o‗z mohiyatiga ko‗ra
bu
mexanizm ijtimoiy aloqalarning, mo‗ljallar va qadriyatlarning inson shaxsi
diliga jo qilingan (interorizatsiyalashgan) mexanizmdir. Kishi munosabatga
kirisharkan, faol harakat qilgan holda uning bu ko‗rsatkichlari bilan o‗zini
solishtirib ko‗radi. Bu tekshirish asosan anglanilmagan holda yuz beradi, shaxs esa
ana shu vositalar bilan belgilanadigan xulq-atvor tartiblariga moslasha boradi.
Dostları ilə paylaş: