asosini ishlab
chiqarish jarayoni hal etadi, jamiyat boyliklari moddiy
ne’matlar yaratish davomida yuzaga keladi, deydi. Savdogarchilikni
unumsiz kasblar qatoriga qo‘shadi. Pettining fikricha, ular hech qanday
mahsulot tayyorlamaydilar va faqat qishloq xo'jaligi va sanoat
mahsulotlarini xuddi insondagi vena va arteriyalaiga o'xshab jamiyat
tanasidagi qon to‘yintiruvchi sharbatlami taqsimlagandek taqsimlaydilar.
Ishlab chiqarishni xo'jalikning asosi sifatida o‘rganib,
bahoning
tabiatini, ish haqi va yer rentasi, yer bahosi miqdorini belgilovchi
sabablarni aniqlashga intildi. V. Pettining pulga bo‘lgan munosabatini
ко‘rib chiqadigan bo'lsak, u qimmatbaho metall va toshlarni boshqa
tovarlarga solishtirib, ular aynimaydi va o'zgarmaydi, har yerda va
har qachon
boylik sifatida saqlanadi, degan. Shu sababli bunday
tovarlami ishlab chiqarish va savdo qilish kerak, chunki bu boshqa
ishlab chiqarish va savdodan qulayroqdir. Shu bilan birga olim har
qanday yo‘l bilan oltin va kumush, ya’ni pul to'lashga qarshi edi.
1682-yilda yozilgan «Pul to‘g‘risida bir necha ogjz so‘z» kitobi 32
ta savol va javob tariqasida Angliyada pul chaqasini qaytadan zarb etish
masalasiga bag'ishlangan. Bu aslida kichik bir parcha pul nazariyasining
ustuni edi. Unda Petti merkantilizmdan butunlay voz kechadi va pulni
umumiy ekvivalent vazifasini bajaruvchi maxsus tovar deb hisoblaydi.
Pulning qiymati ham boshqa tovar kabi
sarflangan mehnat miqdori
bilan aniqlanadi, almashuv qiymati esa qimmatbaho metall qazib olishga
ketgan mehnat sarflari bilan belgilanadi. Eng muhim masala, bu
mamlakatdagi pulning miqdori, ya’ni muomaladagi pul masalasi edi.
Muomaladagi pulning miqdori tovar-to‘lov oborotlari yoki oxir-
oqibatda realizatsiya qilinayotgan tovarlar, ulaming bahosi (to‘g‘ri
proporsiya) va pulning muomala chastotasi (teskari proporsiya) bilan
aniqlanadi. 0 ‘sha davrda qimmatli metallardan qilinadigan chaqa pullar
bank tomonidan chiqariladigan qog‘oz pullar bilan (ma’lum chegarada)
almashtirilishi mumkin degan to‘g‘ri qisqacha xulosalar chiqariladi.
Uning fikricha, pul inson oiganizmidagi yog‘ga o‘xshaydi, chunki
yog'ning ortig'i ham,
kami ham ziyondir, ya’ni uning me’yorda
bo'lgani yaxshi.
V.Petti davlatning iqtisodiyotga aralashuviga ham e’tibor berdi, bu
aralashuv rivojlanishga yordam berishi kerak, lekin boshqa paytda davlat
iqtisodiyotdan uzoq bo'lishi kerak. Uning fikricha, vrach kasalni
davolaganda iloji boricha sun’iy dorilardan kamroq foydalangani,
ko‘proq obyektiv omillami ishlatgani ma’qul (davlat aralashuvi zarur
holda va me’yorda bo‘lgani yaxshi).
V.Petti o‘zining tabiiy baho to‘g‘risidagi ta’Umotida
Dostları ilə paylaş: