Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob


YORUG‘LIK INTENSIVLIGI STANDARTI



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

 
YORUG‘LIK INTENSIVLIGI STANDARTI 
Imperial fizika-texnologiya institutidagi qora jism nurlanishi bo„yicha tadqiqotlar muhim 
amaliy maqsadni – yoritish intensivligi bo„yicha maxsus standart joriy qilishni ko„zlagan. 
XIX asr oxiri va XX asr boshida turli mamlakatlar uchun turli xil cho„g„lanma lampalar 
bo„yicha bir necha xildan stadtartlar mavjud bo„lib, masalan ingliz standart shami, funt 
vaznli kashalot suyuqligili (spermatsetli) shamning soatiga 120 grandan yonishidan 
beradigan yorug„lik intensivligiga teng deb olingan.
Qora jism nurining kuchi. 
Plankning amaliy tajribalari natijalari va nazariy izlanishlari o„z mahsulini berdi. 1948 yilda 
Xalqaro o„lchov birligi – kandela, 
cd
(sham) joriy etilishi bilan, eski standartlardan voz 
kechildi va yangisiga yoppasiga o„tildi. Qora jismning platina metali qotish haroratidagi 
nurlanish yorqinligi, har 1 sm
2
60 kandeladan to„g„ri keladi. Mutlaq qora jismni yasashning 
amaliy qiyinchiliklari hamda, optika va radiometriya sohalarida erishilgan yangi natijalarni 
unobatga olib, 1979 yilda kandelaning yangicha xalqaro ta‟rifi shakllantirildi: «
Kandela – 
berilgan yo‘nalishda chastotasi 540 10
12
gers bo‘lgan monoxromatik nurlanish 
tarqatuvchi manbaning yorug‘lik kuchiga teng, bu nurlanishning energetik yorug‘lik 
kuchi, shu yo‘nalishda 
Vatt taqsim steradianni tashkil qiladi
»

Amalda bitta sham 
yorug„ligi, taxminan bir kandelaga teng bo„ladi. 40 Vt lik lampochkaning yorug„lik kuchi 
esa, bir necha o„n kandelani tashkil qiladi. 
 
1895 yili Lyummer hamda Vin birgalikda, faraziy mutlaq qora jismni
tayyorlashning ehtimoliy imkonli uslublari tahlil qilingan hammualliflik maqolasini 
e‟lon qilishdi. Bungacha ko„plab fizik-amaliyotchilar turli xil yo„llar bilan 
qoraytirilgan yuzalardan foydalanib qora jism yasashga urinib kelgan edilar va lekin 
ularning hech birida, o„z modellarining mutlaq qora jism bilan ayni bir xillikka ega 
ekani haqida aniq dalil-isbot yo„q edi. Ya'nikim, o„z modellarining nurlanishi barcha 
chastotalarda bir xilda bo„lishiga erisholmayotgan edilar. Vin va Lyumer maqolasi 
xulosasida, qora jism modeli uchun eng maqbul model – teshikchasi bo„lgan ichi 
bo„sh jismdir degan ta‟kid bor edi. Lyummerning o„zi, ushbu g„oyani tekshirib 
ko„rish fikri shu choqqacha hech kimning miyasiga kelmagani va uni amalda sinab 
ko„rish borasida hamon birov urinmaganiga taajub bildirib, uni 40 yil muqaddam
avval Kirxgof, keyinchalik esa Boltsman ham taklif qilgan mumtoz g„oya ekanini 
taasuf bilan aytib o„tadi.
Bunday faraziy qora jismning amalda tayyorlangan ilk modellari, ichkarisi 
qorakuya bilan qoraytirilgan sopol idishlar bo„lib, uning devorlarida maxsus kichik 


51 
tirqish qoldirilgan. Idish harorati aniq nazorat qilinadiga suyuqlikka botirilgan. Shu 
tarzda, 188 °C dan 1200 °C gacha bo„lgan haroratlarda tajribalar o„tkazib ko„rilgan.
1898 yilda Lyummer va Kurlbaum maxsus elektr kontaktlar o„tkazilgan qora 
jism modelini tayyolashdi. 100 A tok kuchiga ega bo„lgan elektr ta‟minoti, qora jism 
ichkarisida 1500 °C gacha bo„lgan haroratga erishish imkonini berdi. Ushbu model va 
bolometrdan foydalanib, Lyummer va Ernst Prinsgeym (1859-1917) uzun to„lqinli va 
infraqizil nurlanishlar sohalarida paydo bo„ladigan Vin eksponensial qonunidan ilk 
chetlanishlarni ilg„ab qolishdi.
1900 yil yozida Kurlbaum hamda, Berlin Texnika Universiteti professori 
Genrix Rubens (1865-1922) spektarl yoyilishning yanada aniqroq o„lchashlarni 
amalga oshirishdi va Vin taxminlari bilan nomuvofiqlikka ega bo„lgan natijalarni 
qayd etishdi. 
1900 yilning 7-oktyabr sanasi, haftaning yakshanba kunida Rubens o„z rafiqasi bilan 
Plank xonadonida mehmon bo„ladi va o„z tadqiqotlarida erishgan muvaffaqiyatlari 
bilan o„rtoqlashadi. Uzun to„lqinli soha uchun Vin qonuni bajarilmayotgan edi, lekin, 
boshqa tarafdan o„lchash natijalari, biz keyingi bobda tanishadigan Reley qonuniga 
muvofiq kelardi. Rubenslar ketishgach, Maks Plank o„z ish kabinetiga yo„l oldi. 
Ehtimol aynan o„sha oqshomda u o„ziga olamshumul shon-shuhrat keltirgan ilmiy 
qonunni kashf etgandir. Plank uni termodinamikaning birinchi yoki ikkinchi bosh 
qonunlaridan keltirib chiqargani yo„q, aksincha, avvalroq ossilyatorlar sistemasi 
entropiyasi uchun ochilgan ifoda uchun yana bir hosila miqdor kiritdi.

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin