potensiallar farqi
tufayli qisqa tutashuv
yuz beradi va uchqun
hosil bo‘ladi
Uchqun elektromagnit
to‘lqinlar hosil qiladi
+
−
+
−
46
ossilyator entropiyasiga yo„naltirish imkonini berdi. Bu esa Maks Plankning marra
yo„lidagi navbatdagi bekati bo„lib, 1897 yildan to 1900 yilgacha, yuqorida
ko„rsatilgan savollar yuzasidan ish olib bordi va shuningdek Boltsmanning ishlarini
ham chuqur o„rganib chiqdi.
Vilgelm Vin (1864-1928) Sharqiy Prussiyada tug„ilgan bo„lib, Plankdan biroz kichik
edi. U avvaliga Gelmgoltsning assistenti bo„lib ishlagan, keyin esa, Berlin yaqinidagi
Imperial fizika-texnologiya institutiga o„tib ketgan. Asr so„ngiga kelib u ham qora
jism nurlanishi masalalari yuzasidan borayotgan ilmiy ishlar bilan qiziqib qoladi.
Vilgelm Vin ushbu muammoni yechish yuzasidan ikkita muhim kashfiyotni amalga
oshirgan bo„lib, buning uchun u 1911 yilgi fizika bo„yicha Nobel mukofotiga sazovor
bo„lgan.
Dastavval Vin qora jism nurlatayotgan nurlanish intensivligi
K
v
faqatgina
chastota yoki haroratga bog„liq bo„lmay, balki ularning har ikkalasining muayyan
uyg„unligiga bog„liq ekanini isbotladi. Bu qonun hozirda ilm-fanda
Vin siljish qonuni
deb yuritiladi. Ushbu qonun beradigan uqtirishga ko„ra, harorat ortgani sari qisqa
to„lqinli nurlanish faolroq bo„ladi. Shu tarzda Vin odatiy sharoitlarda kuzatish
mumkin bo„lgan hodisa uchun nazariy asos barpo qildi: qizigan jismlarning spektri,
qizishning ortishi yo„nalishida spektning qizil qismidan boshqa qismlari tomon siljib
boradi. Jadvalda mutlaq nol haroratdan boshlab, yulduzlar sirti haroratlarigacha
bo„lgan turli harorat darajalari uchun maksimal nurlanishni ta‟minlaydigan to„lqin
uzunliklari ko„rsatilgan.
Haroratga muvofiq nurlanish intensivligi eng
maksimal bo„ladigan to„lqin uzunliklari (1 mkm=10
3
m)
Harorat
To„lqin uzunligi
Xos hodisa
−270 °C
1 mm (mikroto„lqinlar )
Koinotning fon nurlanishi
100 °C
8 mkm (infraqizil)
Xo„jalik radiatori
500 °C
3.76 mkm (infraqizil)
Barbekyu ko„mirlari
1535 °C
1.6 mkm (qisqa infraqizil)
Erigan temir
5770 °C
0.48 mkm sariq
Quyosh sirti harorati
Vin siljish qonuni amaliy tajribada isbotlangan bo„lib, u Plank uchun qora jism
nurlanishining spektral taqsimotini tadqiq qilishda o„ziga xos qo„llanma bo„lib
xizmat qilgan. Vinning ikkinchi muhim kahfiyoti esa, o„sha paytda mavjud
tajribaviy ma‟lumotlar bilan muvofiq keluvchi spektral taqsimot ifodasining
matematik formulasini topgani bo„lib, lekin Vin buning uchun tayinli nazariy asos
taklif qila olmagan. Bu ifodaga ko„ra, issiqlik nurlanishining intensivligi
47
chastotaga bog„liq holda eksponensial tarzda pasayadi va shu tufayli ham Vinning
mazkur formulasi fanda
ekspopensial qonun
deb ham nomlanadi.
1900 yil bo„sag„asida qora jism nurlanishini tadqiq qilish masalasi
quyidagicha ko„rinish olgan edi:
−
Kirxgof tomonidan isbotlangan muayyan universial funksiya mavjud
bo„lib, unga muvofiq, berilgan haroratdagi issiqlik nurlanishining
intensivligi, uning chastotasiga bog„liq bo„ladi. Bu funksiya nurlanish
taratayotgan xossalariga jism hech qanday aloqadorlikka ega bo„lmay,
ideal qora jism nurlanishiga mos kelardri.
−
Plank mutlaq qora jism modelini ishlab chiqdi. Uning devorlarida
barcha chastotalarga xos elektr ossilyatorlari joylashtirilgan edi. Bu
ossilyatorlar elektromagnit to„lqinlarni Maksvell qonunlariga muvofiq
ravishda nurlatar va yutar edi.
−
Vin siljish qonunini kashf qildi. Unga ko„ra, nurlanishning maksimal
intensivligiga muvofiq keladigan to„lqin uzunligi, qora jism haroratiga
teskari proporsional ekan.
−
Vin shuningdek, Kirxgofning universial qonuni uchun alohida formula
ham taklif qildi. Unga muvofiq esa, nurlanish intensivligi, chastotaga
bog„liq holda eksponensial ravishda pasayadi. Vinning eksponensial
qonuni amaliy tajriba natijalariga mos kelardi, lekin uning uchun
qoniqarli darajadagi mustahkam nazariy asos yo„q edi.
−
Dastlabki izlanishlarini olim Boltsman taniqd qilganidan keyin, Maks
Plank, mazkur hamkasbining statistik tadqiq uslublarini jiddiy
o„rganishga kirishdi.
Yuqoridagilarni e‟tiborga olib, biz energiya kvantining kashf etilish tarixidagi
hal qiluvchi onni ilg„ashimiz mumkin. U esa juda ramziy ma‟no kasb etgan holda,
asrlar bo„sag„asida yuz berdi.
|