+
−
v
49
o„rganishga ixtisoslashgan bo„lib, uning eng muhim vazifasi sifatida esa, sanoat
mahsulotlari uchun aniq standartlarni ishlab chiqish va joriy qilish deb belgilangan.
Ushbu masala bilamizki, doimo ishlab chiqarish va iste‟molning eng muhim jihati
bo„lgan va shunday bo„lib qoladi.
Mazkur institutda o„z davrining eng ilg„or asbob-uskunalari bilan jihozlangan
optika laboratoriyasi mavjud bo„lib, uni Gelmgoltsning shogirdlaridan biri, iste‟dodli
fizik-eksperimentator Otto Lyumer (1860-1925) boshqarardi. Lyumer institut tamal
toshini qo„ygan mutaxassislar sirasidan kirgan. Uning asosiy faoliyat yo„nalishi –
spektrning ko„rinadigan va infraqizil nurlari bilan ish olib borishga mo„ljallan nazorat
-o„lchov asboblarini loyihalash hamda takomillashtrishdan iborat bo„lgan.
Olmon sanoati yoritish intensivligi uchun standart joriy etishni ko„ndalang
masala qilib qo„ygandi. Bu davrda cho„g„lanma va gazli lampalarning ommaviy
ishlab chiqarilishi boshlangan bo„lib, yortish masalalarida umume‟tirof etilgan
xalqaro standart joriy qilinishi zaruriyatini zamonning o„zi taqozo etib turardi. Aynan
ushbu jihat qora jism nurlanishi xossalarini o„rganishga bo„lgan qiziqishning yanada
ortishiga sabab bo„ladi: agar qora jismning nurlanishiga uni tayyorlashda qo„llangan
moddaning tabiiy xossalari hech qanday ahamiyat kasb etmasa, nurlanish esa,
Kirxgof isbotlaganidek, faqatgina haroratga bog„liq bo„lsa, demak uni satndart
sifatida qabul qilsa bo„ladimi?
Lyummerning qora jism nurlanishi masalasini o„rganish borasida qo„shgan ilk
muhim xissalaridan biri, uning boshqa bir yetuk mutaxassis Oygen Brodxun (1860-
1938) bilan birgalikda, nurlanish intensivligini o„lchaydigan fotometr (yoki,
fotometrik kubik) yasagani bo„lgan edi. Lyummer-Brodxun asbobi ikkita nur
oqimlarining intensivliklarini o„zaro taqqoslagan: ulardan biri avvaldan tayyor
manba-etalondan keluvchi nurlanish, ikkinchisi – o„lchanayotgan nurlanish. Asbobda
ikkita uyg„un prizma joylashtirilgan bo„lib, ularning har biriga alohida nur oqimi
yo„naltirilgan. Nurlarning sinishi natijasida ularning har ikkalasi o„zaro yonma-yon
yaqin yo„nalish hosil qiladi va tadqiqotchi qiyoslash usuli bilan bu nurlarning
yorqinligini aniqlaydi. Nurning etalon manbani uzoqlashtirib yoki, yaqinlashtirib
ko„rish orqali, o„lchanayotgan manbadan kelayotgan nurlanish intensivligini
aniqlanadi. Biroq, Lyummer-Brodxun fotometrining asbobining imkoniyatlari, qora
jism spektral yoyilmasini o„rganish uchun yetarli bo„lmagan. Chunki, avval ham
ko„rganimizdek, bunda issiqlik nurlanishining asosiy qismi spektrning infraqizil
sohasiga taaluqli bo„ladi va uni inson ko„zi ko„rib taqqoslash imkoniga ega emas.
Gelmgoltsning ajoyib shogirdlaridan yana biri, hamda Ipmerial fizika-
texnologiya institutidagi hamkasbi Ferdinadn Kurlbaum (1857-1927) bilan birgalikda,
Lyummer 1892 yilda balometrning takomillashtirilgan yangi talqinini ishlab chiqdi.
Mazkur asbob fotometrik kub bilan konseptual jihatda aynan bir xil bo„lib, lekin u
50
faqat ko„rinadigan nurlar spektrinigina emas, balki har qanday elektromagnit
nurlanishlarning intensivligini o„lchash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |