Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

Hayotda ko„plab muqaddas narsalar va albatta bajarishing lozim bo„lgan 
buyuk ishlar borki, alal-oqibat, hayotning qadri uni qanday yashab o„tganing 
bilan belgilanadi. Shu tarzda, har bir inson o„zining hayotdagi burchiga 
qaytib yashashda davom etishi va yaqinlariga o„zi istagandek muhabbat va 
qadr izhor qilishda bardavom bo„lishi lozim
».
Plankning ikkinchi xotini Marga fon Xyosslin (1882-1948) eriga qanchalik 
mehribon va g„amxo„r bo„lmasin, lekin o„zi ham hayotda undan kam bo„lmagan 
g„am-tashvishlarga mubtalo bo„ldi. 1948 yilda Eynshteynga yo„llagan xatida Marga 
eri haqida yozar ekan, «
Oila davrasida u o„zidagi barcha insoniylik fazilatlarini 
boricha, to„la namoyon qilar edi
»
 
deb ta‟kidlagan. Marga bilan qurilgan ikkinchi 
turmushidan Plankning beshinchi farzandi – German dunyonga keldi. Musibatlar 
qanchalik og„ir bo„lmasin, Maks Plankning yaqinlari va Planklar avlodi amal qilib 
kelgan ajoyib oilaparvarlik an‟analari unga bu savdolarni yengib o„tishga katta 
ko„mak berdi. Plank yangi oilasi bilan ham oson til topishib ketdi. O„g„li Ervin ham 
bu borada otasini qattiq qo„llab quvvatladi. Marhuma qizlaridan yodgorlik o„laroq 
qolgan ikki nafar go„dak nabiralar bilan ovunib buyuk olim hayotidagi zadali 
kunlardan uzoqlasha boshladi. U nabiralarini juda-juda yaxshi ko„rardi va ularning 
tarbiyasini hech kimga ishonmay, ular bilan shaxsan o„zi shug„ullanardi.


59 
1914 yil avgustida Germaniya Belgiyaga bostirib kirdi. O„sha paytda Maks Plank 
Berlin universitetida rektor bo„lib ishlardi. Urushning boshlanishini u ko„trarinkilik 
bilan qarshi oldi. Vatanparvarlik (lekin u qanaqasiga vatanparvarlik bo„lsin, axir u 
urushni va o„zga mamlakatga tajovuz qilishni ma‟qullasa? – 
tarjimon izohi
) kayfiyati 
butun mamlakatni qamrab oldi. Ko„plab nemis olimlari va ziyolilari ham shunga 
o„xshash ko„tarinki kayfiyatni his qilar edilar. Buni olimlar, ha aynan olimlar 
tomonidan tayyorlangan manifest matni ham isbotlab turibdi. Ushbu manifest, jahon 
diplomatik doiralari tomonidan, nemis qo„shinlarining Belgiya yerlarida qilgan 
hunrezliklarini qoralab qilgan ayblovnomalariga javoban qabul qilingan bo„lib, 1914 
yilning 4-oktyabrida e‟lon qilingan va «
Madaniy olamga
» deb nomlangan. Lekin u 
tarixda ko„proq 
93-lar manifesti
nomi bilan mashhur. Chunki uni 93 nafar nemis 
olimlari va ziyolilari imzolashgan edi. Ular orasida, qanchalik g„alati bo„lmasin, 
o„sha zamon nemis ilm-fanining eng yetuk olimlari, xususan, qahramonimiz Maks 
Plank, shuningdek Frits Gaber, Feliks Klyayn, Valter Nernst, Vilgelm Ostvald, 
Vilgelm Vin va boshqalar bo„lishgan. Manifest matnini dramaturg Lyudvig Fuld 
yozgan. Hozirda shunday taxmin mavjudki, mazkur manifestni imozlaganlardan na 
Plank va na boshqa yetuk olimlar uni avvalo o„qib ko„rmay ham qo„l qo„yib 
yuborishgan bo„lishsa kerak. Lekin basharti shunday bo„lgan taqdira ham, bu vaj 
ulardan mas‟uliyat va javobgarlikni soqit qilmaydi.
Mazkur hujjat o„zida vatanparvarlikning qandaydir mutaasib ko„rinishini aks 
ettirgan bo„lib, fanatizm kayfiyati bilan yo„g„rilgan edi. Unda jumladan shunday 
deyilgan: «
26 yillik boshqaruv davri mobaynida Vilgelm 
II
butun olamni panoh 
qiliguvchi shaxs sifatida o„zini namoyon qildi
». [...] «
Bizning qo„shinlar Lyuvenda 
vahshiylarcha shavqatsiz harakat qilishgani g„irt uydirma! Aksincha, kvartiralarda 
ularga quturgancha tashlangan mahalliy aholiga nisbatan, yurakda og„ir anchinish 
bilan o„ch olishga majbur bo„lishgan va shahar aholisning ma‟lum qismini otib 

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin