65
(agar boshqariluvchi yadro reaksiyasi bo„yicha ishlaydigan atom bombasi fashistlar
qo„lida paydo bo„lganida bormi?! Ular u orqali butun yer yuzining kulini ko„kka
sovurishlari ham mumkin edi...). Uranni parchalash uddalangach, reaksiyani
boshqarish bo„yicha tajribalar endi boshlanayotgan edi hamki, fashist millatchilari
tomonidan antisemitizm tadbiri, ya'ni, mamlakatni yahudiylardan tozalash boshlandi.
Liza Meytner esa asli Avstriyalik bo„lsa-da, millati yahiduy
edi va u Germaniyadan
qochib chiqib ketishga majbur bo„ldi.
Qanchalik iste‟dodli va mehnatkash bo„lmashin, universitet laboratoriyasidagi
mehnati uchun Liza Meytnerga hech qanday maosh to„lanmas edi. Shu sababli Plank
uni 1912 yilda o„zining assistenti lavozimiga tayinladi va shu yo„l bilan unga moddiy
barqarorlikni ta‟minlab berdi. O„sha payt nemis akademik olamidagi eng g„ayrioddiy
qoidalardan biriga ko„ra, ayol-olima institutning asosiy kirish darvozalaridan kirib-
chiqishi mumkin emas edi. Shu sababli, Plank Liza foydalanishi uchun laboratoriyaga
qo„shimcha yo„lak va eshik ochtirib ham bergan. Olmon olimlari ichida mavjud
bo„lgan ahmoqona tushunchalardan biri shu ediki, ayol kishi aqliy salohiyatda hech
qachon erkak kishi bilan teng kela olmas emish. Ayol olima va erkak olimning bir
darvozadan, bir yo„lakdan
va bir eshikdan foydalanishi, erkak olimlarning sha‟niga
to„g„ri kelmas, ya'ni, ularga nisbatan haqorat bo„lar emish... Plank esa bunday
qarashlarga qat‟iy raddiya bilan yondoshib, bir necha yildan keyin Liza Meytnerni
yanada yuqoriroq lavozimga – instituning adyunkt-professori lavozimiga tayinladi.
Ushbu lavozimning mehnat haqi ham uncha-muncha boshqa olimlarnikidan
anchagina yuqori bo„lgan. 1914 yilda ayol olimalar uchun nisbatan yaxshi sharoit va
munosabat muhiti hukmron bo„lgan Parij universitetidan Liza Meytnerga nihoyatda
foydali taklif bilan chqishadi. Plank Lizaning ketib qolishini oldini maqsadida, uning
maoshini ikki xissa ko„paytirib beradi.
1918 Liza Meytner va Otto Gan birgalikda yangi kimyoviy element –
protaktniyni kashf etishdi. 1919 yilda u professor unviniga musharraf bo„ldi va
Germaniya tarixida ilk professor ayol bo„lib qoldi.
Maks Plank va Liza Meytner muntazam ilmiy aloqada bo„lishgan.
Aynan
Plankning sai‟-harakatlari evaziga, Meytner millatchilik avj olgan favqulodda keskin
va havotirli paytlarda ham mamlakatni tark etmay, olmon ilm-fani uchun ishlashda
davom etdi. U 1938 yilgacga bardosh bilan sabr qildi. Keyin esa xatar shu darajaga
yetdiki, millatchi fashistlar kishining shunchaki nemis bo„lmagani uchun ham, sudsiz
so„roqsiz otib tashlay boshlashdi. Liza Meytner jonini xatarga qo„yib, mamlakatdan
qochib chiqib ketishga majbur bo„ldi. Bu paytga kelib chegaradan o„tish juda qiyin va
xavfli bo„lib qolgan bo„lib, istalgan kichik vaj ham odamni o„rnida otib tashlash
uchun kifoya qolardi. Ehtimol bu borada ham Liza Meytnerga
aynan Plank yordam
bergandir. Lekin agar Plankning iltimosi bo„lmaganda, u Germaniyani ancha
avvalroq tark etishi aniq edi.