Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

Liza Meytner va Otto Gan 
laboratoriyada ish jarayonida
 


67 
Plankning olmon ilm-faniga iste‟dodlarni jalb qilish borasida jonbozlik 
ko„rsatganligining yana bir yorqin misoli – daho fizik Albert Eynshteyn timsolidir. 
1905 yilda Plank fotoeffekt hodisasi va maxsus nisbiylik nazariyasi bo„yicha 
Eynshteynning o„sha mashhur 5 ta maqolasini o„qib chiqqach, u ushbu mohiyatan 
beqiyos ilmiy ishlarning muallifi bilan qiziqib qoladi. 1913 yilda Valter Nernst va 
Maks Plank birgalikda madaniy hordiq chiqarish uchun Syurixga sayohatga borishadi 
va shu bahonada Albert Eynshteynni yo„qlab o„tishadi. Ular yosh daho olimni 
Berlinga ko„chib o„tishga ko„ndirishni maqsad qilishgan edi. Nernst va Plank, yosh 
Eynshteynga Prussiya Fanlar akademiyasi a‟zoligini, Berlin universitetidagi kafedra 
boshqaruvini (majburiy dars soatlarisiz) hamda, yangi tashkil qilinayotgan Fizika 
Instituti faoliyatini yo„lga qo„yishdagi ishtirok etishini taklif qilishdi. Maks Plank 
kishilar ruhiyatini va muddaolarini juda yaxshi tushunadigan shaxs bo„lib, Eynshteyn 
o„z taklifini qabul qilishi uchun, uning Berlin universitetida kafedraga akademik 
yuklamasiz (ya'ni, albatta ma‟ruzalar o„qishi sharti hamda majburiy dars soatlarisiz) 
ish boshlashini atayin taklif qilgani ma‟lum. Chunki boshqacha shartga Eynshteyn 
ko„nmasligi ehtimoli katta edi. Plank Eynshteynni ko„ndira oldi va Prussiya maorif 
vaziriga yangi yosh fizik olimning iste‟dodi va mehnatsevarligi alqangana 
mazmundagi xizmat xati yo„lladi. Uning sa‟y-harakatlari evaziga, kelajakda XX 
asrning eng yetuk fiziklaridan biri bo„lib yetishgan Albert Eynshteyn, o„sha yilning 
(1913) 7-dekabridan e‟tiboran Berlinda ish boshladi. Eynshteyn o„z qaydlaridan 
birida yozishicha, uning mazkur taklifni qabul qilishiga asosiy sabablardan biri, Maks 
Plankning o„zi bilan bir jamoada, yonma-yon ishlash imkoniyati bo„lgan ekan. Plank 
va Eynshteyn Germaniya hukumatini mal‟un Gitler egallaguniga qadar izchil ilmiy 
aloqada bo„lishgan va oilaviy do„st tutinishgan.
Maks Plank yulduzi orbitasi atrofida aylangan yana bir iste‟dod egasi, 
shubahsizki unga eng yaqin bo„lgan shogirdi Maks fon Laue (1879-1960) bo„lgan. U 
ustozi Plank qoshida assistent lavozimida ishlagan va professor darajasigacha 
ko„tarilgan. Plank va fon Laue 1905-1909 yillar orasida elektromagnit nurlanishlar 
termodinamikasi borasida birgalikda tadqiqotlar olib borishgan. 1914 yilda Maks fon 
Laue Nobel mukofotiga sazovor bo„lgan. Unga bunday yuksak sharaf keltirgan ilmiy 
ishi, rentgen nurlarining difraksiyasini oldindan aniq aytgani bo„lib, u bunday 
nurlanishlarning to„lqin tabiatini isbotlab bergan edi.
Laue Eynshteynning ham yaqin qadrdoni bo„lib, XX-asrning 20-chi yillarida 
nisbiylik nazariyasi bo„yicha eng yaxshi ekspertlardan biriga aylangan. Qolaversa, 
Maks fon Laue, Prussiya Fanlar Akademiyasidagi eng ashaddiy antifashist bo„lib, 
hamkasblaridan farqli o„laroq, mamlakatda tobora avj olayotgan millatchilik va 
ayirmachilik siyosatiga qarshi ochiq va qat‟iy qarshilik bildirar edi. Shuningdek u 
millatchilik rejimining barcha mustabid kirdikorlarini ham yaxshi bilardi va ayrim 
hamkasblari, shuningdek ustozi Plankning ham bu boradagi qarashlarining nima 
uchun bunchalik loqayd ekanini tushunib turardi (ya'ni, ular tayziqdan cho„chishardi). 


68 
Maks Plank vafot etganda, uning dafn marosimida fon Laue quyidagicha vidolashuv 
nutqi so„zlagan:
«
Qarshimda imzosiz va eng oddiy guldchambar. Uni men marhum ustozga 
barcha shogirdlari, shu jumladam o„z nomidan yuksak ehtirom va behad 
minnatdorchilik ramzi sifatida qo„ydim
».

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin