Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob


LIZA MEYTNER VA URANNING PARCHALANISHI



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

LIZA MEYTNER VA URANNING PARCHALANISHI 
Liza Meytner Germaniyadan qochishga majbur bo„lgan 
vaqtlarda hamkasblari Otto Gan hamda, Frits 
Shtrassman (1902-1980) bilan hamkorlikda uran 
yadrosini neytronlar bilan bombardimon qilish orqali 
yangi trasuran elementlar olish borasida tajribalar olib 
borayotgan edi. Olimlar jamoasi Ernriko Fermi 
tajribalarini takrorlashni maqsad qilshgandi. Liza 
Germaniyadan qochib, xavfsiz joyga Stokogolmga 
yetib borgandan keyin, 1938 yilning 19-dekabr kuni u 
Otto Gandan maktub oldi. Unda Gan olima hamkasbiga 
o„zi qayd etgan so„nggi natijalar haqida bayon qiladi: u 
nurlantilgan uran qoldiqlari ichidan, avvaliga radiy deb 
o„ylagan elementni aniqlagani, lekin keyinchalik qayta 
tekshiruvlar asosida qilgan aniq xulosasiga ko„ra esa, 
bu radiy emas, balki, shubhasiz radioaktiv bariy bo„lib chiqqanini yozadi. Uranning atom 
massasi 238 ga teng. Bariyniki esa 127. Aynan o„sha paytlarda Stokogolm milod bayrami 
(rojdestvo) og„ushida bo„lib, ta‟tilni shu yerda o„tkazish uchun Meytnerning jiyani Otto 
Fish mehmonga keladi. Otto Fish ham mutaxassiligiga ko„ra fizik bo„lib, xolasiga 
Germaniyadan kelgan maktubni o„qib ko„radi va ular birgalikda bayram sayriga chiqib 
ketishadi...
Atom bombasining uchquni. 
Xola-jiyan Liza Meytner va Otto Fishning aynan o„sha bayram sayri, XX asr fizikasining 
eng asosiy, ta‟bir joiz bo„lsa, hal qiluvchi epizodlaridan biriga aylandi. Ular eshik yaqinida 
to„xtashdi. Liza qo„liga qog„oz va qalam olib, hisob-kitob qila ketdi. Uning hisoblashlariga 
ko„ra, uran yadrosining parchalanishi haqiqatan ham bo„lishi mumkin bo„lgan fizik 
fenomen bo„libgina qolmay, balki u Eynshteynning 
E
=
mc
2
formulasiga qat‟iy mubofiq 
ham kelar ekan. Bu jarayonda esa ulkan miqdorda energiya ajralib chiqishi zarurligini 
Meytner ham intuitiv his, ham aqlan anglab turardi. Bir necha kun o„tib Otto Fish Nisl Bor 
huzuriga yo„l oldi va unga Liza xolasi bilan birgalikda olgan hisob-kitob natijalarini taqdim 
etdi. Bor Liza Meytner qilgan kashfiyotning olamshumul mohiyatini darhol fahmladi. 
Yangi yil kirib kelishi bilanoq, yanvar oyida Bor AQSHga yo„l oldi va uran yadrosining 
parchalanishi haqidagi ilmiy yangilikni okean ortidagi ilmiy doiralarga yetkazdi. 
O„shandan buyon jahonda yadro energiyasi ustidan nazorat o„rnatish uchun o„ziga xos 
poyga boshlanib ketdi. Urush yakunlangach, AQSHdagi bir necha nufuzli universitetlar va 
ilmiy tadqiqot markazlarining taklifiga binoan Liza Meytner ham Atlantika osha sehrli 
diyorga yo„l oldi. Sensatsiyaparast sariq matbuot vakillari esa, bu tashrif haqida, Liza 
Meytner o„zi bilan Germaniyadan atom bombasini tayyorlash sirini olib qochgani va uni 
ittifoqchi qo„shinlarga topshirgani haqidagi uydirmalarni ovoza qilib yuborishdi. Bunday 
be‟mani mish-mish asosida Gollivud kinostudiyalaridan biri hatto kinofilm ishlamoqchi 
ham bo„lgan. Biroq Liza Meytner bu taklifni qat‟iyan rad etib, undan ko„ra Brodvey 
bo„ylab tentirab yurgani yaxshiligini aytgan.

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin