73
u bilan munozarali yozishmalarga kirishdi. 1906 yilga taaluqli maqolalaridan birida
Erenfest kvant nazariyasiga murojaat etmasdan ham, qora jism nuralnishini
xossalarini bayon qilish mumkin degan xulosani takrorladi (yodingizda bo„lsa,
bunday xulosaga avvalroq Plank o„zi kelgandi) va bunda u istisnosiz ravishda
Boltsman postulatlari bilan kifoyalandi. Erenfest qora jism nurlanishining quyidagi
ifoda orqali ta‟riflanuvchi qonuniyatini keltirib chiqargan:
Bu qonunni ancha avvalroq ingliz olimi lord Reley (1842-1919) tomonidan
ta‟riflangan va uning hamyurti Jeyms Jins tarafidan tuzatish kiritilgan bo„lib, shuning
uchun ham u Reley-Jins qonuni deb yuritilar edi. Bu qonundagi bahsli jihatlar bisyor
bo„lib, ulardan biriga ko„ra, nurlanish energiyasi, chastota bilan birgalikda uzluksiz
va cheksiz ortib borishi xulosalanar edi. Agar mazkur qonun barcha chastotlar uchun
haqiqatan to„g„ri bo„lib chiqsa, unda qizigan jismlar spektrning ultrabinafsha qismida
intensiv nurlanish taratgan bo„lishi kerak edi. Bu esa olingan amaliy natijalar bilan
tasdiqlanmagan. Erenfest bu yopishmagan xulosani ham o„ziga xos pessimistik ifoda
bilan
ultrabinafsha falokati
deb nomlagan edi. Ba‟zi manbalarda shunday qaydlarga
duch kelamizki, emishki Maks Plank o„z qonunini aynan ultrabinafsha falokati
muammosini hal etish uchun shakllantriganmish. Biroq bu unday emas. Plank qonuni
ultarbinafsha falokatidan ancha avval, ya'ni, Reley-Jins qonunining nazariy
muammolari yuzga chiqishidan bir necha yil oldin ta‟riflangan edi.
Dostları ilə paylaş: