Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

Yangi nazariy g„oyalarga nisbatan orqaga qadam tashlash ma‟nosini 
anglatuvchi tushunchalarni o„zida mujassamlab olgan va so„nggi vaqtlarda 
ko„pchilik tarafidan qabul qilinayotgan energetizm yo„nalishiga qarshi butun 
imkoniyatim bilan ochiq kurashga kirishishim kerakligini o„zimning burchim 
deb bilaman. Bunday yondoshuv yosh tadqiqotchilarga salbiy ta‟sir 
ko„rsatishi, ya'ni, ularning kuchli ilmiy asosli yangiliklarni o„rganishdan 
ko„ra, aksincha, ilmiy faoliyatlarida yuzaki xulosalar bilan cheklanib 
qolishlariga zamin yaratib qo„yishi mumkin
». 
Plank o„zining qora jism nurlanishi borasidagi tadqiqotlarining bunchalik 
cho„zilib ketganligini sababini tushunib yetgan bo„lsa kerak. Agar u vaqtida 
energistlar va antiatomistlarning puch da‟volaridan yuz o„girib, Bolstmanga 
ergashmaganida, uning tadqiqot yo„li bundanda uzoq bo„lib ketishi ham mumkin edi.
U o„zi shu paytgacha ishonib kelgan antiatomistik g„oyalari bilan nisbatan 
yengil hayrlashdi va bu bilan o„zining aqidaparast emasligini yana bir bora isbotladi. 
U faoliyatining avvalida Boltsmanga nisbatan bildirgan ishonchsizligi va tanqidlari 
uchun uyalardi, vijdonan Boltsmandan hijolat chekardi. Shu sababli ham u olimning 
o„limidan so„ng, uning uchun ham pozitivizmga qarshi, ayniqsa Ernest Maxga 
nisbatan intellektual kurash ochdi. Plank o„zining turli nashrlardgi falsafiy chiqishlari 
orqali Ernest Maxni va uning tarafdorlarini ayovsiz nishonga ola ketti.
Plankning pozitivizmga nisbatan bergan bahosini quyidagicha ifodalash 
mumkin: 
pozitivizmning ro„kach qilayotgan asoslarini e‟tiborga olsak, uni mantiqan 
inkor etib bo„lmaydi, lekin uning basharasini amaliy natijalar orqali ochib tashlash 
mumkin
. Chiqishlarining birida Maks Plank, pozitivizm va uning namoyondasi Ernest 
Max, uzoq yillardan buyon xaspo„shlayotgan puch g„oyalari evaziga ko„zga ko„rinarli 
bironta ham ilmiy natijaga erishmaganligini ochiq e‟lon qildi.
Maks Plank pozitivizmdan voz kechib, uning o„rniga 
realiz
m deb nomlangan 
falsafiy yondoshuvga ergashishni tavsiya qiladi. Unga ko„ra: mavjudligi bizga bog„liq 


86 
bo„lmagan ulkan tashqi dunyo mavjud va uni tabiatning universial qonunlari 
boshqaradi. Ilm-fanning maqsadi esa, tabiat qonunlarini o„rganish, ularni bayon qilish 
va ularni, olimlar tomonidan har yer va har vaqtda qo„llanishga tayyor bo„lgan o„zaro 
muvofiq ilmiy tamoyillar tizimiga birlashtirishdir. Ta‟kidlash joizki, o„z ilmiy 
faoliyati davomida Plank doimo qandaydir bir mutlaqlikni izlagan va uning, 
nurlatuvchi modda xossalariga, universial konstantalarga, tadqiqotchiga va hatto 
nisbiylik nazariyasiga ham bog„liq bo„lmagan fizik fenomen - qora jism nurlanishi 
tadqiq qilishga jiddi-jahd qilganining bosh omili ham o„sha narsa – mutlaqlikni 
izlashdadir. Lekin bu borada ham Plankning bir paradoksal fikri mavjud: u nisbiylik 
nazariyasi ilmiy tafakkurni mutlaqlik saltanati sari olib chiqadi deb aytar edi, lekin 
uning o„zining shaxsiy tamoyillariga ko„ra, nisbiylik nazariyasining asosini tashkil 
qiluvchi fizik fenomenlar – universial qonunlar va masalan, yorug„lik tezligi singari 
konstantalar mutlaqlikka soya solardi. 
Issiqlik va ishning o„zaro ekvivalentligini tan olinishi uchun, 
mexanikaning tushunchalaridan qo„ltiqtayoq sifatida foydalanayotganlar, ushbu 
tamoyilning xulosalarini yarmisini tushunadilar xolos
.
Aytish mumkinki, Plank oxir oqibatda Max bilan kechgan ilmiy muhorabani 
o„z foydasiga hal qildi. Uning ta‟siri bilan XX asrning ilk o„n yilliklaridagi ko„plab 
yosh olimlar eskicha qarashlardan voz kechish zaruriyatini anglab yetishdi. Plank 
g„alabasining ahamiyatga molik jihati shundaki, u shunchaki falsafiy xulosalar, 
mantiqiy asoslashlar bilan cheklanib qolmay, raqibga inkor qilib bo„lmas ilmiy isbot-
dalillar bilan ham keksin zarbalar berdi. Chunonchi uning haqligini, atomlarning 
mavjudligini isbotlanishi, nisbiylik nazariyasi va kvant fizikasida erishilgan yutuqlar 
Maxni va boshqa pozitivistlarni butunlay mot qildi. Bularning brachasida, ilm-fanda 
Plank boshchiligida yo„lga qo„iylagan yangicha ilmiy uslublar ham katta ahamiyat 
kasb etgan. Plank va Maxning ilmiy munozarasi shuningdek Maks Plankning 
jamiyatdagi obro„si keskin ortishiga sabab bo„ldi. Nemislar ko„z o„ngida, eskicha 
qolipdagi falsafa o„rniga, Maks Plank qiyofasida yangi faylasuf namoyon bo„ldi. 
So„zimizning yaqqol isboti sifatida, XX asrning 50-yillarida Germaniyada chop 
etilgan nemis falsafasi tarixi kitobining muqaddimasida aynan Plank birinchi bo„lib 
qayd etilganini keltirish o„rinlidir.


87 
1910 yilda e‟tiboran, Albert Eynshteyn va boshqa fiziklarning amalga oshirgan ilmiy 
ishlari tufayli kvant gipotezasining qanrov ko„lami ancha kengaydi. Lekin bu borada 
hal qiluvchi ilmiy qadamni Daniyalik yosh olim Nils Bor (1885-1962) tashlab berdi. 
Bor muallifligidagi «Atom va molekulalarning tuzilishi» nomli maqola 
Physophical 
Magazine
jurnalida nashrdan chiqqan bo„lib, aynan o„sha maqolada bizga hozirda 
atomning Bor modeli
nomi bilan tanish bo„lgan tushunchalar ilk bora dunyo yuzini 
ko„rgan edi.
Maqola nashrdan chiqqan 
kuni Bor manchesterda, mashhur 
fizik Ernest Rezerford huzurida 
edi. Rezerford atomning musbat 
zaryadlangan yadrodan hamda, 
uning atrofidagai pog„onalarda 
aylanuvchi manfiy zaryadlangan 
elektrondan 
iborat 
ekanligi, 
hamda, atomning deyarli barcha 
massasi yadroda jamlanganligini 
amalda isbotlab bergan edi. Bor 
Rezerfordning 
laboratoriyasida 
ishlab, uning ilmiy g„oyalaridan 
ilhom olardi. U atomlar ichida 
eng soddasi bo„lmish – vodorod 
atomi uchun 
planetar model
deb 
nomlanuvchi model ishlab chiqdi. U atom markazida joylashuvchi bitta musbat 
zaryadlangan yadro hamda uning atrofidagi orbita bo„ylab aylanuvchi bitta manfiy 
zaryadlangan elektrondan iborat. Bor modelida elektronlar yadro atrofida xuddi Yer 
Quyosh atrofida va Oy Yer atrofida aylangani sigari, aylanasimon orbita bo„ylab 
aylanadi deb talqin qilinadi.
Lekin Oy va elektron o„rtasida jiddiy bir farq mavjud: elektron – zaryadlangan 
zarradir. Maksvell esa, elektronning aylana orbita bo„ylab harakat qilishida u 
elektromagnit to„lqinlar taratishi kerak va agar rostdan ham shunday bo„lsa demak u 
energiya yo„qotishi zarur deb taxmin qilgan edi. Bunday mulohazaga muvofiq, 
elektron o„z orbitasida energiya yo„qotish bilan aylangani sayin, aylanasimon 
orbitadan chetlashib, spiralsimon orbitaga o„tishi va oxir-oqibatda yadroga qulab 
tushishi kerak. Lekin amalada tabiatda hech qachon bunday bo„lmaydi. ushbu boshi 
berk ko„chadan chiqib ketish uchun Bor ham xuddi Plank singair ossilyatorlarga va 
kvant gipotezasiga murojaat etdi. Bor, elektronlarning nurlanishni taratmaydigan 
ham, yutmaydigan ham muayyan barqaror orbitalari bo„lsa kerak deb taxmin qildi. 

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin