1925 va 1926 yillar davomida nazariy fizika sohasi juda jadal sur‟at bilan rivojlandi.
Ushbu qisqa – atiga ikki yillik muddat, jahon ilm ayvoniga kvant mexanikasining ikki
asosiy ta‟riflarini yetkazib berdi. Ulardan birinchisi matritsali mexanika bo„lsa,
ikkinchisi to„lqin tenglamasi edi.
1925 yil iyunida, atiga 23 yoshda bo„lgan yosh iste‟dodli olim Verner
Geyzenberg atom spektrlarining hisoblash qoidalarini ishlab chiqdi. Geyzenberg bilan
birga Gyottingen universitetida ishlagan boshqa bir kuchli fizik va matematik olim
Maks Born, mazkur qoidalrda matritsa algebrasi bilan uyg„unlik mavjud ekanligini
aniqladi va shu sababli ham ushbu nazariya
matristali mexanika
deb nomlanish oldi.
Geyzenberg g„oyalari falsafiy konseptual asoslangan bo„lib, unga ko„ra empirik
an‟analar, shu jumladan Eynshteynning uslublari ko„ra fizikada faqatgina to„g„ridan-
to„g„ri o„lchashlar orqali olinadigan natijalargina muayyan ma‟noga ega bo„ladi. U
shunday fikrga ko„ra, elektronlarning orbitalari haqida unutish kerakligi, buning
o„rniga esa, qoidalarni elektronlarga aloqador jarayonlar ichidan, kuzatsa
bo„ladiganlairdan izlash kerakligini, masalan spektral tahlillarga e‟tibor qaratish
joizligini ta‟kidlaydi.
Geyzenberg o„zining matritsali mexanikasini shakllantirishda, o„lchanayotgan
birliklar atom tizimi mexanikasining uzviy bir qismi bo„lishi lozimligiga tayanadi.
Spektroskopiya mutaxassislari spektral chiziqlarning to„lqin uzunligi va intensivligini
o„lchay oladilar. Olim ushbu chiziqlarning chastotasi va intensivligini hisoblash
imkonini beruvchi qoidalar majmuini ishlab chiqdi. Geyzenberg faqat kuzatsa
bo„ladigan kattaliklarga tayanib ish ko„rish fikrini Eynshteyndan olganligini
ta‟kidlaganida, nisbiylik nazariyasi muallifi bo„lmish daho fizik juda ajablangandi.
O„zi ishlab chiqqan qoidalarga ko„ra Geyzenberg garmonik ossilyatorlarning
energetik sathlarni hisoblab topishi mumkin bo„ldi (quyudagi sxemaga diqqat qiling).
Dostları ilə paylaş: