Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

kelishingdan mamnun bo„laman
» degan jumlasi bo„lganligini aytadi.
War‟s nicht um Ruhm, das will ich wohl beschwören.
Und auch - ich sag es nur mit leiser Scham -
Auch Gold allein nicht könnte mich betören. 
Den Ausschlag gab ein Wort - aus langen Reihen
Von Briefen, von Gesprächen, bunt und kraus,
Verchrungswürdige Lippen sprachcn‟s aus, 
Nicht drängend zwar. Ganz kurz: mich tät es freuen. 
Ma‟nosi: 
Meni qarorimga ta‟sir qilgan narsa, qilingan iltimos va berilgan va‟dalar 
zanjiri emas; Sizning o„shanda menga aytgan gaplaringiz ham emas, balki, Sizning 
«mamnun bo„laman» degan bir dona so„zingiz bo„ldi
.
Maks Plank va Ervin Shryodingerlar nafaqat olim sifatsida o„zaro ilmiy aloqada 
bo„lishardi, balki ular oilaviy yaqin do„st tutinishgan. Bilmagan odamlar ularning 
qadrdonligini ko„rib, yaqin qarindoshlar deb ham o„ylashardi.
Matritsali va to„lqinli mexanika timsolida, fizik olimlar o„zaro ekvivalent bo„lgan va 
istalgan kvant muammosini hal etish imkonini beruvchi ikkita kuchli nazariy qurolga 
ega bo„ldilar. Geyzenbergning matritsali mexanikasi va Shryodingerning to„lqin 
tenglamasi atom fizikasi va molekulyar fizikadagi har qanday masalalarni yechish 
imkoniyatini ochib berdi. Garchi kvant mexanikasi, mumtoz fizikadan nisbatan 
mustaqil bo„lgan hamda, bemalol suyanish mumkin bo„lgan kuchli nazariy asosga 
vanihoyat ega bo„lgan bo„lsa-da, baribir keyingi bir necha yillar mobaynida ularning 
o„zaro uyg„unlik va tafovutli jihatlari borasida keskin ilmiy munozaralar davom etdi. 
Bunday bahslarda yangi zamon fizikasi, ya'ni kvant nazariyasining barpo etilishida 
ishtirok etgan barcha-barcha fiziklar, jumladan, qahramonimiz Maks Plank, Albert 
Eynshteyn, Nils Bor, Arnold Zommerfeld, Verner Geyzenberg, Ervin Shryodinger
Maks Born, Volfgang Pauli, hamda Pol Diraklar faol qatnashishgan. Gyottingenda 
ishlab, Geyzenberga bilan yaqindan hamkorlik qilgan professor Maks Born 
tomonidan «
to„lqinning harakat manzarasi elektronning fazodagi berilgan nuqtaga 
kelib tushishini ta‟minlaydi
» - degan fikr ilgari surilgan edi. Bornning bunday nuqtai 
nazar atrofida Nils Bor boshchiligidagi ko„plab fizik olimlar birlashgan bo„lib, 
bunday yondoshuv, mumtoz fizika falsafasidan keskin inqilobiy burilishni taqozo etar 
edi. Chunki Born yondoshuviga ko„ra, tabiatning fizik konsepsiyasining asosi, 
mumtoz fizika tayanuvchi determinizm tamoyiliga emas, balki, tasodifiylikka 
bog„lanib qolmoqda edi. Borning ushbu g„oyasi tarafdorlari yo„lboshchisi bo„lgan


96 
Borga qarshi munozara maydonining tarigi tarafida, Plank, Eynshteyn va Shryodinger 
singari nomdor fizik olimlardan iborat konservatik lager bo„lib, ularni ehtimloiylik, 
tasodifiylikka asoslangan bunday izoh mutlaqo qanoatlantirmasdi hamda, mumtoz 
tamoyillardan inqilobiy voz kechish g„oyasi ham maftun eta olmasdi.
x
zarrachasining vaziyatini o„lchash mumkin bo„lgan aniqlik Δ
x
va uning 
impulsini o„lchash mumkin bo„lgan aniqlik Δ
p
o„zaro mustaqil emas
.
Munozaraning eng markaziy elementi, Verner Geyzenberg tomonidan 1927 
yilda o„rtaga tashalangan noaniqliklar tamoyili bo„lgan. Geyzenberg bu vaqtda 
Kopengagenda, o„z ilmiy hamkori va yaqin do„sti Nisl Bor huzurida ishlar edi. Uning 
muallifligidagi noaniqliklar tamoyilini ilmiy jamoatchilik e‟tiboriga havola etgan 
maqola «Kvant nazariyasiga taaluqli kinematika va mexanikaning yaqqol tarkibi 
haqida» deb nomlangan bo„lib, unda matritsali mexanikaning fundamental 
ifodalaridan biri orqali, mazkur mashhur tamoyil keltirib chiqarilgan. Aynan o„sha 
maqolada Geyzenberg, o„zi taklif etayotgan tamoyilni tushuntirish uchun bir nechta 
fikriy tajribalar keltiradi.
Noaniqliklar tamoyilining eng asosiy xulosasi shuki, zarrachaning ham 
vaziyatini va ham tezligini bir vaqtning o„zida mutlaq teng aniqlikda o„lchay 
olmaymiz. Masalan biz zarrachaning vaziyati haqida aniq o„lchashni amalga oshirsak, 
unda uning impulsini ham shunday aniqlik bilan o„lchay olmaymiz. Vaziyat haiqda 
bizga biron narsa ma‟lum bo„lsa, impuls haqida esa aksincha – hech narsa bila 
olmaymiz. Zarrachaning impulsi – uning tezligining funksiyasi bo„lgani bois, impuls 
haqida aytilgan barcha narsa, tezlikka taaluqli bo„ladi. Ya'ni, biz bir vaqtning o„zida 
zarrachaning ham tezligini ham vaziyatini aniq bila olmaymiz. Tezlik haqida o„lchash 
natijasi, vaziyatni aniqlash natijasini yo„qqa chiqaradi va aksincha. Shu tarzda, kvant 
mexanikasi jism trayektoriyasi konsepsiyasidan voz kechdi. Chunki biz berilgan 
vaqtda zarrachaning tezligidan bexabar holda, uning vaziyatini o„lchab olsak, keyingi 
vaqt momentida esa aksincha, uning vaziyatini aniqlashning imkoni bo„lmaydi.
Noaniqliklar tamoyiliga ko„ra, zarrachani kuzatishga kirishish faktining o„zi, 
uning borasidagi o„lchashlar yuzasidan noaniqlikni keltirib chiqaradi. Bu haqiqatan 
ham shunday. Zero, kuzatish aktining o„zi kuzatuvchi bilan kuzatilayotgan 
zarrachaning o„zaro ta‟sirini taqozo etadi. Masalan biz kuzatish ishlarini olib 
borishda, kuzatilayotgan manbani yoritish uchun yorug„lik nurlaridan foydalanamiz. 
Yorug„lik fotonlari esa, biz kuzatayotgan zarrachalar bilan bir fizik miqyosdagi 


97 
zarracha bo„lgani bois, ular bir-biriga o„zaro ta‟sir ko„rsatadi. Garchi mumtoz 
fizikada ham, kuzatishlar kuzatilayotgan tizimni muvozanatdan qo„zg„atadi degan 
ishonch mavjud bo„lsa-da, harholda nazariy jihatdan bunday qo„zg„alishlarni 
e‟tiborga olmasa ham bo„laveradigan holatlarni tasavvur qilish mumkin. Biz kvant 
olamidagi qo„zg„alishni imkon qadar minimallashtiradigan yoritishni tasavvur 
qilishimiz mumkin. Lekin bunday tasavvur kvant gipotezasiga mutaloq zid bo„lib, 
amalda o„zini hecham oqlamaydi. Chunki biz kuzatayotgan zarrachaga yo„nalitira 
oladigan minimal yorug„lik miqdori chegaralangan va u kvantga – diskret kattalikka 
tengdir.

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin