Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob


Noaniqliklar tamoyili borasida faraziy tajribalar



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

 
Noaniqliklar tamoyili borasida faraziy tajribalar 
 
Geyzenberg tamoyili quyidagicha yangraydi: 
x
zarrachaning vaziyatini o„lchahsh mumkin 
bo„lgan Δ
x
aniqlik, hamda uning impulsini 
o„lchash mumkin bo„lgan Δ
p
aniqlik quyidagi 
tenglamaga muvofiq kelishi lozim:
O„zining 1927 yildagi maqolasida Geyzenberg 
noaniqliklar tamoyilini keltirib chiqarishga 
doir bir nechta fikriy tajribalarni bayon qiladi. 
Ular ichida eng mashhuri quyidagisidir: agar 
biz mikroskopik zarrachaning vaziyatini 
o„lchamoqchi bo„lsak, unda biz uni avvalo 
yoritishimiz va masalan, mikroskop orqali 
kuzatishimiz zarur. Lekin bunda, zarrachaning fazodagi egallagan vaziyati haqida 
axborot beruvchi o„lchash natijasi, aynan uni kuzatishda qo„llangan yorug„lik 
nurining to„lqin uzunligidan uzun bo„lishi mumkin emas, ya'ni,
Yorug„lik esa, o„zi ham zarrachalardan tashkil topgandek xossaga egaligi bois, 
p
=
ga teng impulsga ega bo„ladi (tashiydi). Uning tekshirilayotgan 
zarrachaga borib urilib, to„qnashuvi sodir bo„lganida, o„z impulsining noma‟lum 
miqdorini o„sha zarrachaga uzatadi. Bundan:
Bundan kelib chiqadiki, zarrachani kuzatish faktining o„zi, uni muvozanat 
holatidan qo„zg„atadi va o„chashlardagi noaniqliklarni keltirib chiqaradi.
Δx~λ
Mikroskop 
Foton 
Elektron 

 


98 
XX asr boshi Yevropasida anitesemitizm juda ildiz otgan bo„lin, xususan eng kuchli 
fizik olim ekanligiga qaramay, hatto Eynshteyn ham, Shveytsariyada, Bernda 
yashagan vaqtida millatchilik kayfiyatidagi kimsalarning doimiy ta‟qibi ositda 
bo„lgan. Syurix universitetini arxividan olingan yozishmalardan birida, Eynshteynni 
professor lavozimiga tayinlash masalasi muhokama qilingan. Unda Eynshteyn 
ko„rsatgan xizmatlardan tashqari quyidagilar ham qayd qilib o„tilgan: 
«
Gerr doktor Eynshteyn yahudiy. Va xarakterning ko„plab salbiy xususiyatlari 
aynan yahudiylarda mujassamlashgani (bejizga emas albatta) ta‟kidlanadi. 
Chunonchi: o„zgalar ishiga tumshug„ini suqish, bezbetlik, hamda, ilmiy 
vazifalarga nisbatan ham, xuddiki bozordagi rasta xo„jayini singari 
munosabatda bo„lish shular jumlasidandir. Aytish joizki, yahudiylar ichida 
ham o„zining salbiy xususiyatlarini namoyish qilmaydiganlari topiladi
». 
Yaxshiki, mazkur qaydda shuningdek, universitet ichki siyosati uchun 
antisemitizm g„oyalarini birinchi navbatga qo„yish munosib ish emasligi ta‟kidlanadi. 
Eynshteynning xizmatlari esa, u bilan professorlik shartnomasi tuzish uchun yetarli 
deb hisoblanadi 1909 yilning 15-oktyabr sanasidan e‟tiboran u Syurix universitetining 
professori etib tayinlaadi. 
Natsistlar Germaniyasida antesemitizm g„oyalari jamiyatda umumiy ijtimoiy 
aqldan ozish bilan uyg„unlashib ketdi. Germaniyada sog„lom fikrli, teran tafakkurga 
tayanuvchi, millatchilik va vatanparvarlik orasidagi nozik chegarani ilg„ay oluvchi 
odamlar juda kam qoldi. Hatto o„qimishli ziyolilar orasida bunday illatni qoralovchi 
shaxslarni uchratish mahol bo„lib qoldi. Millatchilik va ayirmachilik bombasining 
portlashidan keyingi manfur oqibatlarni oldindan ko„ra bilgan va bunga qarshilik 
qilishga uringan insonlarni esa, vatan hoini sifatida qoralab, ommaviy oshkora sazoyi 
qilishga o„tildi. Ularning mol-mulki musodara qilinib, oilalari surgun qilina boshladi. 
Bu vajga ko„ra, aslida millatchi bo„lmagan, ko„ngli toza kishilar ham, vijdon 
chaqirig„iga ters borib, o„zlarini o„sha natsistlardek ko„rsatishga majbur bo„lishardi. 
1933 yilda hokimiyat tepasiga fashistlar kelishidan oldingi so„ggi o„n yillikda 
mamlakatda millatchilik kayfiyati favqulodda keskin kuchaydi. Nemislar o„zlaridan 
boshqa millat vakillarini odam o„rnida ko„rishmasdi. Ular slavyan xalqlariga va 
ayniqsa yahudiylarga nisbatan beayov munosabatda bo„lishardi. Bu narsa jamiyatda 
katta obro„ga ega bo„lgan yetuk olimlar orasida ham ko„zga tashlangani achinarli. 
Yuqorida yodga olib o„tilgan yoxannes shtarkdan tashqari, yana bir kuchli fizik olim, 
Nobel mukofoti laureati filipp lenard
1
ham keskin millatchi va tajovuzkor kimsa edi.
1
Bu olimlar ismi-sharifi ataylab kichik shrifda yozildi. Zero millatchilik qiluvchi har qanday oda, hatto 
u kuchli olim bo„lsa ham, oddiy insoniy hurmatga mutlaqo loyiq emas – 
tarjimon izohi



99 
Bu – ilm fanni kemiruvchi kalamushlar uyasidir.
XX-arsning 20-yillari o„rtalariga kelib, bu ikki yaramas olimlar yanada 
keskin, favqulodda radikal millatchiga aylanishdi. Ular olmon ilm-fani ichki 
muhitidagi nufuzli ilmiy unvonlarga, lavozimlarga erishish yo„lida, millati nemis 
bo„lmagan olimlarni har qanday yo„l bilan chetga surib tashlab, ularning o„rnini 
egallashdan ham tap tortishmagan. Prussiya fanlar akademiyasining doimiy bosh 
kotibi lavozimida ishlagan, hamda, kayzer Vilgelm nomidagi ilmiy jamiyatga raislik 
qilayotgan, shuningdek, ko„plab ilmiy muassasalarning a‟zosi bo„lgan, umuman 
olgan zamona nemis ilmi saroyining me‟morlaridan biri bo„lgan qahramonimiz Maks 
Plank ham bunday holatda jim qarab tura olmas edi.
Maks Plank fundamental fanlarni jamiyatning va davlatning umumiy 
taraqqiyotini uchun asosiy negiz garov deb qarardri. Shu sababli u har qanday ilmiy 
sohada faoliyat yurituvchi olimlarni, ularning millati, dini, hamda siyosiy 
qarashlaridan qat‟iy nazar, himoya qilishga intilar edi. U ayniqsa nazariyotchi fiziklar 
uchun, xususan, Geyzenberg, Shryodinger, fon Laue va albatta Eynshteyn uchun ko„p 
qayg„urgan. Bu jihat esa uning o„ziga nisbatan ham nemis akademik olamidan ichki 
dushmanlar orttirib olishiga sabab bo„ldi. shtark va lenard, Plankning yahudiy 
olimlarni, xususan, Eynshteyn va Liza Meytnerlarni qo„llab quvvatlaganini dastak 
qilib olib, uni davlat siyosatiga teskari tashviqot yuritishda ayblab chiqishdi va bu 
orqali Plankning nemis ilm-fanidagi obro„sini pasaytirishga, uning ta‟siridah xalos 
bo„lishga urinishdi (balki uning o„rnini egallashni ham ko„zlashgandir?!). Shuningdek 
ular yahudiy olimlarini Plank himoyasidan mosuvo qilish uchun qo„llaridan kelgan 
barcha pastkashliklarni bajarib ko„rishdi. Ular o„z atroflariga bir guruh g„arazli 
kimsalarni to„plab, antisemitizm g„oyalarini ilmiy asoslab berishga harakat qila 
boshlashdi va nisbiylik nazariyasini «yahudiycha muttahamchilik fani» deb atab, 
Eynshteynni o„zini esa siyosiy ta‟qib ostiga olinishini talab qilishga o„tishdi.
1922 yilda Maks Plank olmon tabiatshunoslari va vrachlari jamiyati raisi 
sifatida, mazkur jamiyatning yillik yig„inida nisbiylik nazariyasi bo„yicha ma‟ruza 
qilib berishi uchun, Albert Eynshteynni taklif qildi. Shu tarzda Plank Eynshteynni va 
uning nisbiylik nazariyasini qo„llab-quvvatlashni maqsad qilgan edi. Biroq u istagan 
ma‟ruzai o„tkazishning imkoni bo„lmadi: 24 iyin sanasida Eynshteynning yaqin do„sti 
va Veymar Respublikasi tashqi ishlar vaziri bo„lgan Valter Ratenau o„ldirib ketildi. 
Ratenauning o„ldirilishiga sabab, shunchaki uning bobosi tomonida yahudiy millatiga 
aloqador ekanligi bo„lgan. Qotillikni esa radikal millatchilik kayfiyatidagi nemis 
harbiy ultarnatsionalistlari amalga oshirishgan. Axmoqgarchilikning rag„bati sifatida, 
keyinchalik Adolf Gitler, Ratenau qotillariga haykal qo„yishga buyruq ham bergan.


100 
Maks Plank o‘z 
davrining barcha 
buyuk olimlari bilan 
do‘stona ilmiy 
aloqalar olib brogan. 
Ular qatorida Albert 
Eynshteyn ham 
alohida o‘rin tutgan.

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin