119
Albert Eynshteyn Berlindan maktub oldi. Xat muallifi bizning qahramonimiz Maks
Plank edi. Plank yosh Eynshteynga yo„llagan
ushbu maktubida, maqolalarida qayd
etilgan ayrim masalalar yuzasidan aniqlik kiritishini iltimos qiladi. Bu xat Eynshteyn
uchun nihoyatda yoqimli va olamshumul munosabat bo„lib tuyulgan. Zero uning
ilmiy qarashlari nafaqat soyada qolib ketmagan ekan, balki, o„z davrining eng buyuk
va yuksak iste‟dodli fizik olimlaridan biri bo„lmish, kimsan Maks Plankning shaxsan
e‟tiboriga tushgan ekan!
Nufuzli fizik olim Maks Plank hamda, yetishib chiqayotgan yosh iste‟dodli,
bo„lajak daho fizik Albert Eynshteynlarning ilk yuzma-yuz uchrashuvi o„sha 1905
yilning kuzida, Berlinda, fizika yo„nalishida tahsil oluvchi talabalarning kollokviumi
paytida yuz berdi. XX asrning eng buyuk
ikki fiziklarining bir umrlik, qalin,
mustahkam va samimiy do„stligi shundan ibtido oldi. Aynan o„sha birinchi
uchrashuvdayoq, ular Eynshteynning yangicha ilmiy g„oyalari bo„yicha ishlarini
chuqur tafsilotlari ila muhokama qilib olsihdi hamda u bilan bog„liq dolzarb
masalalarga e‟tibor qaratishdi. Eynshteyn ilgari
surayotgan nazariyaning
postulatlaridan biri nisbiylik tamoyili bo„lib, u nisbiy harakat qilayotgan ikki
kuzatuvchi uchun, barcha fizik jarayonlar bir xilda kechishini ifodalar edi. Shu
sababli Plank, Eynshteyn g„oyalarini muhokama qilish chog„ida «
Relativtheorie
»
(«Nisbiy nazariya») atamasini qo„llay boshladi. Keyinroq, Maks Plank ma‟ruzalardan
birida «
Relativitätstheorie
» («Nisbiylik nazariyasi») atamasini qo„llaydi. Pol Erenfest
ham o„zining 1907 yilda nashr etilgan maqolalaridan birida aynan ushbu atamani
qo„llaydi va shu tarzda Eynshteyn da‟vo qilayotgan ilmiy nazariya uchun «Nisbiylik
nazariyasi» nomi mustahkam birikadi. Ko„rib turibmiki,
XX asr fizikasi, ya'ni,
mumtoz fizikadan keskin va yaqqol farq qiluvchi zamonaviy fizikaning ikkita eng
muhim yo„nalishlarining atama nomi ham aynan Maks Plank tomonidan
shakllantirilgan ekan. Birinchisi uning o„z «farzandi» – «kvant» tushunchasi bo„lsa,
ikkinchisi – «Nisbiylik nazariyasi» bo„lib chiqmoqda.
Maks Plankning nisbiylik nazariyasiga bo„lgan qiziqishi,
uning mutlaqlikni
qidirishga bo„lgan intilishlari doirasiga kiradi. Uning tarjimai holida quyidagi
jumlalarni o„qishimiz mumkin:
«
Ushbu tarjimai holning muqaddimasida men urg„i berib o„tganimdek, men
uchun eng qiziqarli va muhim vazifa – mutlaqlikni izlash bo„lgan. Balki bu
mening nisbiylik nazariyasiga nisbatan bo„lgan qiziqishimga ziddek tuyilishi
mumkin. Lekin bunday fikr prinspial yanglish fikr bo„lur edi. Zero nisbiylik
o„zi yana mutlaqlik ham borligiga ishorat berib turibdi, chunki nisbiylik –
unga nisbatan zid bo„lgan mutlaqlik mavjud bo„lganidagina ma‟no-mohiyat
kasb etadi. Ko„p takrorlanadigan ibora, ya'ni,
«
Barcha narsa nisbiydir
»
degan gap ham odamni yanglishtiradi. Chunki uning ma‟nosi yo„q. Shunday
qilib, biz nisbiylik nazariyasi deb nomlayotgan tushunchaning zamirida aniq
120
bir mutlaqlikka ishora bor; zamon-makon uyg„unligining muayyan o„lchov
birliklari xuddi shundaydir va oldimizda turgan o„sha qiziqarli va murakkab
masala shundaki, biz o„sha narsani – nisbiylik uchun haqiqiy mohiyat baxsh
etib turgan mutlaqlikni topishimiz zarur
».
Bu so„zlar orqali Plank, Eynshteyn taklif etayotgan nisbiylik nazariyasining
markazida qandaydir bir universial kosntanta, invariant, mutlaqlik mavjudligiga urg„u
bermoqda. U – kuzatuvchilarning nisbiy harakatidan qat‟iy nazar barchasi uchun teng
va bir xil qiymatga ega bo„luvchi fizik kattalik – yorug„lik telzigidir.
Dostları ilə paylaş: