116
Ko„rib o„tganimizdek, kvant
zarrachalari muayyan aniq
trayektoriyaga ega bo„lmaydi, ikkita bir xil zarrachalar o„zaro
ta‟sirlashganida, aytaylik, to„qnashganida, biz ularni ortidan
kuzata olmaymiz va hatto ularni
bir-biridan farqlay ham
olmaymiz. Korpuskulyar-to„lqin dualizmi bu xossani intuitiv
ravishda izohlash imkonini beradi: agar ikkita zarrachalar bir-
biri bilan o„zaro muayyan masofada joylashgan bo„lsa va
ularga mos keluvchi to„lqinlar o„zaro ustma-usta tushmasa,
biz bu zarrachalarni alohida obyektlar
tarzida qarashimiz
mumkin. O„zaro ta‟sirda to„lqinlar bir-biriga halaqit beradi va
o„zaro uyg„unlashib ketadi. Shu sababli ham zarrachalarning
birinchisini ham, ikkinchisini ham qayerda ekanligini aniq
bilishning imkoni bo„lmaydi. O„zaro ta‟sir yakunlangach, biz
yana ikkita alohida zarrachalar haqida so„z
yuritishimiz
mumkin bo„ladi va bunda ham ulardan qaysi biri qayerda
ekanligini bilolmaymiz. Matndan o„ng tarafdagi sxemada
zarrachalar to„qnashuvining mumtoz varianti (
yuqorda
)
hamda
interferensiyaning
kvant
tushunchasi
(
pastda
)
orasidagi farq ko„rsatilgan. Mumtoz to„qnashuvdan keyin har
ikkala
zarracha
ham
aniq
farqlanib
turadi.
Kvant
interferensiyasi esa, zarrachalarning to„qnashuvdan
keyingi
o„zaro farqini anglahsga to„sqinlik qiladi.
O„sha yili yozilgan maqolalarining birida Eynshteyn Bozening statistikasini
fotonlar o„rniga moddiy zarrachalarni tadbiq etishgacha umumlashtiradi va bu orqali
kvant gazi qonunlarini keltirib chiqaradi. Bozening maqolasi Plank qonunini umumiy
tamoyillar bo„yicha asoslashga urinish masalasiga chek qo„ydi. Keyinchalik boshqa
olimlar,
chunonchi Eynshteyn, Erenfest, hamda ayniqsa Pol Dirak, Bozening
gipotezalarini yanada chuqurroq tahlil qilishidi va
undagi xulosalarga yanada
mukammal sayqal berishdi. Plank qonunidan keltirib chiqarilgan Boze xulosalarini
hozirda ayrim fizika darsliklarida uchratish mumkin va u kvant nazariyasiga butunlay
va to„liq muvofiq keladi.
Dostları ilə paylaş: