121
nazariyaning ahamiyati va undan kelib chiqadigan xulosalar bilan okean orti
olimlarini birinchi bo„lib tanishtirgan. Ushbu ma‟ruzasi orqali plank, Eynshteyn
muallifligidagi yangi olamshumul inqilobiy nazariya – nisbiylik nazariyasini
targ„ibot-tasgviqot qilishni boshlab bergan ilk olimga ham aylanadi.
AQSH bo„ylab qilingan o„sha sayohat yuzasidan Plankka qattiq ta‟sir qilgan
narsalardan biri – ushbu mamlakatda joriy etilgan antialkogol siyosati
1
bo„lgan ekan.
Bu haqida u o„z qaydlarida shunday xotirlagan:
«
AQSHda bo„lgan chog„imda bir tomchi ham pivo yoki vino ham ichmadim.
Likyorlarga yaqin yo„lamadi ham. Natijada o„zimni g„ayrioddiy ravishda, har
doimgidan ham ko„ra yaxshiroq va sog„lomroq his etdim
».
Ta‟kidlash joizki, okean ortida joriy etilgan
ushbu antialkogol siyosati, Plankdan
avvalroq boshqa bir yetuk fizik olim – Lyudvig Boltsmanni ham ajablantirgan edi.
Boltsman ham 1906 yilda AQSHga, aniqrog„i Berklidagi Kaliforniya universitetiga
safar qilgan bo„lib, u o„sha safar taasurotlarini «Bir nemis professorining Eldoradoga
sayohati» nomli kichik risolasida bayon qilib o„tgan. Yetuk fizik olim bo„lmish
Boltsman, mazkur risolada o„zining ajoyib adabiy salohiyati va nozik badiiy didini
namoyish etadi, hamda, o„ziga xos yengil mutoyiba aralash antialkogol siyosatini
hajvga oladi. U ovaqt vaqtida muttasil suv ichishga majbur bo„lganidan noligach,
amerikalik hamkasblaridan birini o„z yaqiniga chorlab, qayerdan vino sotib olsa
bo„lishini so„raydi. Unga javob bermoqchi bo„lgan
mahalliy hamkasbi esa, avval
atrofga olzarak qilib qarab oladi. keyin u Boltsmandan haqiqatan ham aynan vino
sotib olish haqida so„rayotganligini aniqlashtirib, aks-savol beradi. Boltsmanning
yozishicha, boyagi amerikalik hamkasbi unga xuddi fohishaxonani so„rayotgan
odamga muomala qilgandek keskin, past ohangda, o„g„rincha gapirganini hikoya
qiladi:
«
U atrofga hadiksirab olazarak razm solib oldi va meni rostdan ham jiddiy
so„rayotganimga ishonch hosil qilgach, Kaliforniya vinosi sotiladigan
Oklenddagi ajoyib do„kon manzilini berdi
».
U shundan so„ng ham topganini hufyona ichisha majbur bo„lganini haizl
aralash aytib o„tadi...
1
AQSHda ichkilikbozlikka qarshi kurash maqsadida joriy qilingan va 1920-1933 yillar davomida amal
qilgan «
O„n sakkizinchi tahrirdagi quruq qonun
» nazarda tutilmoqda. Ushbu qonunga ko„ra, AQSH
hududida alkogol mahsulotlarini tibbiyot ehtiyojlaridan tashqari maqsadlarda, ya'ni, ichkiliklarni
ishlab chiqarish, sotish, tarqatish va tashish bo„yicha qat‟iy ta‟qiq joriy etilgan. Lekin ushbu qonun
kutilgan natijani bermagan: alkogol mahsulotlarini topish va tarqatish
bilan aloqador uyushgan
jinoyatchilik avj olgan; aholi orasida qo„lbola ichkilardan zaharlanish, hamda, noqonuniy hufiya bar va
ishratxonalarning ko„payib ketishi kuzatilgan. Shuningdek, alkogolli mahsulotlar savdosi yuzasidan
tushadigan soliq va bojxona to„lovlarining keskin kamayishi natijasida davlat g„aznasi ham katta ziyon
ko„rgan. Mazkur omillarni e‟tiborga olib, AQSH hukumati 1933 yilda ushbu «Quruq qonun»ni bekor
qilgan. Lekin ba‟zi shtatlard bu qonunni 1966 yilgacha amalda ushlab turishgan –
tarjimon izohi
.
122
O„z ilmiy faoliyatining dastlabki yillarida Plank termodinamika bilan ko„p va xo„b
shug„ullangan bo„lib, u termodinamikaning ikkinchi bosh qonunini eritmalar, gaz
aralashmalari, hamda faza o„tishlari singarilarga tadbiq etish masalalari bilan
shug„ullangan. Plank anchayin katta hajmli ishlarni bajarib, shunga muvofiq juda
katta ko„lamli natijalarni qayd etgan edi. Biroq uning olgan natijalari biroz dag„al
bo„lib, ixchamlashtirish va umumlashtirishni taqozo etardi. Plank o„zidan minglab
kilometrlar nari masofada, Amerikalik buyuk fizik Jozayya Uillard Gibbs allaqachon
bu borada muhim va aniq natijalarga erishganligini bilmasdi. Gibbs nafaqat Plankni,
balki statistik termodinamika bo„yicha Eynshteynni ham ortda qoldirgan edi.
Chunonchi Eynshteynning 1903 yilga taaluqli va statistik termodinamika masalalarini
yorituvchi ilk ilmiy ishlari ham Gibbsnikidan ham mazmunan sayoz,
hamda
xronologik jihatdan ancha kech paydo bo„lgan den hisoblash mumkin. Biroq Plank
termodinamika bilan butun umri davomida shug„ullangan va termodinamikaning
ikkinchi bosh qonunining ta‟riflaridan birini ham aynan qahramonimiz Maks Plank
shakllantirgan. (
Bu haqida birinchi bobda hikoya qilgan edik
).
1900 yilda qora jism nurlanishining spektral taqsimoti haqidagi o„z qonunini
keltirib chiqargach, Maks Plank o„zining yetti yoshli kenjatoy o„g„li Ervinga
Kopernik amalga oshirgan kashfiyot bilan teng kashfiyot qilganini aytib erkalagan
ekan. Lekin Plank bunda kvant gipotezasini o„zini nazarda tutmagan, zero, bu paytda
u hali o„z gipotezasining olamshumul xulosalaridan umuman bexabar edi. Hatto bir
necha yil o„tib Ervin do„stlaridan biriga otasi kashf
qilgan konstanta haqida
to„lqinlanib gapirib berganida ham, u biz hozirda
Plank doimiysi
deb ataydigan
konstantani nazarda tutmagani aniq. To„liq ishonch bilan aytish mumkinki, Plank bu
o„rinda, o„zining buyul zamondoshi Boltsman nomi bilan tarixga kirgan konstanta,
ya'ni, Boltsman doimiysi haqida gapirgan. Biz u haqida kitobimizning ikkinchi
bobida aytib o„tgan edik.
k
bilan belgilanadigan ushbu konstanta, Plank qonunida
ham, shuningdek ideal gaz qonunlarida ham uchraydi.
Boltsman tomonidan
izohlangan ushbu qonuniayt termodinamika sohasida bag„oyat muhim kashfiyot
bo„lgan. Ideal gazlarning bosimi, hajmi va harorati o„rtasidagi bog„liqlikni
ifodalovchi qonun, ingliz olimi Robert Boyl, fransuz abbati Edma Mariott, fransuz
olimlari Gey-Lyussak, Sharl, hamda Klayperonlarning mehnatlari natijasi o„laroq,
XIX asr boshidan buyon ilm-fanga ma‟lum edi. Lyudvig Boltsman o„zining statistik
entropiya bo„yicha ilmiy izoh beruvchi maqolalaridan birida, entropiya qonunida gaz
qonunini ham keltirib chiqargan:
Biroq u mazkur formuladagi prporsionallik koeffitsiyenti bo„lmish
k
ning qiymatini
hech bir o„rinda alohida qayd etib o„tmagan va uning son qiymatini hisoblab
chiqarish bilan ham shug„ullanmagan.