Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob


MUTLAQ NOLGA ERISHISHNING IMKONSIZLIGI



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

 
MUTLAQ NOLGA ERISHISHNING IMKONSIZLIGI 
Nernst teoreamsi hamda Plank ta‟rifidagi termodinamikaning uchinchi bosh qonuni, mutlaq nol 
haroratga erishishning imkonsizligini ifodalaydi. Umuman olganda termodinamikaning barcha 
uchala bosh qonunlari turli xil imkonsizliklarini ifodalaydi. Xususan, birinchi bosh qonunga 
muvofiq, birinchi tur abadiy dvigatelni, ya'ni, o„zi iste‟mol qilayotgan energiyadan ko„ra 
ko„proq ish bajaridaigan dvigatelni yasashning imkoni yo„q; Ikkinchi bosh qonunga ko„ra esa, 
ikkinchi tur abadiy dvigatelni, ya'ni, uzatilgan issiqlik miqdorini to„liq ishga aylantiradigan 
dvigatelni yasash imkonsizligi e‟tirof etiladi. Uchinchi bosh qonun esa, aytib o„tganimizdek, 
mutlaq nol harorat erishish imkonsizligini uqtiradi. Shunga qaramay, XX asr fiziklari uchun 
eng katta qiziqishga sabab bo„lgan va qattiq berilib ishlashga majbur qilgan ilmiy 
muddaolardan biri – imkon qadat past haroratni qayd etish, mutlaq nolga iloji boricha 
yaqinlashishga erishish bo„lgan edi. Bu borada ilk muvaffaqiyatlarga erishgan olim 
Kammerling-Onnes Xayke (1853-1926) bo„lgan. U laboratoriyasida mutlaq noldan atiga 3 
daraja yuqori haroratga erishgan. O„zining kriogen texnikasi vositasida u suyuq geliy 
moddasini olishga erishdi hamda o„ta o„tkazuvchanlik hodisasini kashf etdi. Hozirgi kunda 
olimlar tomonidan, mutlaq nol harorat Kelvin darajasining atiga milliondan bir darajaariga 
baland bo„lgan haroratlarga erishilgan. 


126 


127 
Qora jismning nurlanishiga, nurlatayotgan bo„shliqning tabiati hech qanday ta‟sir 
ko„rsatmaydi. U faqat bo„shliqning haroratiga bog„liq. Plank nafaqat 
k
, balki 

ham 
universial doimiy ekanligini fahmlab qoldi. Bungacha fiziklarga ma‟lum bo„lgan 
universial doimiylar – yorug„lik tezligi hamda gravitatsiya doimiysi bilan birgalikda, 
Boltsman doimiysi va Plank doimiysidan foydalanilsa, o„lchov birliklarining inson 
tasavvuriga bog„liq bo„lmaydigan, inson bilimlaridan mustaqil bo„lgan o„ziga xos 
alohida tizimini shakllantrisih imkonini berishi oydinlashdi.
Keling shu o„rinda, fizik kattaliklar o„lchov birliklarining zamonaviy tizimi 
XBI - SI (Xalqaro Briliklar Tizimi - System Internationale) qay tarzda yuzaga 
kelganiga qisqacha to„xtalib o„tamiz. Har qanday fizik kattalikni ifodalash uchun 
bizga o„lchov birligi zarur bo„ladi. Masalan, uzunlik va masofani o„lchash uchun 
Xalqaro Birliklar Tizimida maxsus birlik qabul qilingan va unga ko„ra, Shakil 
O„Nilning bo„yi 2.15 metr, London va Prij orasidagi masofa esa, 340.55 kilmetr 
ekanini ayta olamiz.
Metrdan uzunlik va masofa birligi sifatida foydalanish masalasi shartli 
ravishda qabul qilingan bo„lib, u 1875 yil mayida bir nechta davlatlarning delegatlari 
ishtirokida qabul qilingan Metr konvensiyasiga asoslanadi. O„sha konvensiyaga ko„ra 
metr va kilogrammning etalonlari tayyorlangan bo„lib ular Parij yaqinidagi Sevr 
shaharchasida joylashgan O„lchov va Tarozilar Xalqaro Qo„mitasi idorasiga doimiy 
saqlash uchun topshirilgan. Ushbu ikki o„lchov birligi qatoriga uchinchisi – vaqt 
o„lchovi bo„lmish soniya kiritilgach, ular uchalasi bir bo„lib, o„lchov birliklarining 
MKS (metr-kilogramm-soniya so„zlarining bosh harflaridan) tizimini shakllantirgan. 
Hamma davlatlar ham mazkur tizimdan foydalnishmaydi. Masalan, anglo-saks 
madaniyatiga aloqador xalqlar asosan, uzunlik va masofa uchun mil, yard, fut, dyuym 
kabilarni, og„irlik va vazn birliklari uchun esa, unsiya, funt kabilarni kengroq 
qo„llashadi. (
Masalan, Angliyada massa uchun kilogramm va uning karrali va ulushli 
birliklari qo„llanishi kerakligi rasman tasdiqlangan, lekin amalda inglizlar o„zlarining 
an‟anaviy birliklaridan foydalnishda sobitqadamlik qilmoqdalar
). Ayniqsa AQSH 
davlatining tutgan yo„li jumboqli: AQSH 1875-yil Metr Konvensiyasini eng birinchi 
bo„lib qabul qilgan davlatlar safida bo„lgan bo„lsa-da, lekin hali hanuz o„zining yard 
va millaridan voz kechib, ushbu xalqaro tizimga o„tishga shoshilmayotir.
Metr konvensiyasi doirasida qator xalqaro idoralar tashkil qilingan bo„lib, 
ularning vazifasi sifatida, Xalqaro Birliklar Tizimini mukammallashtirish, 
takomillashtirish, ommalashtirish, uzluksiz modernizatsiyalab, ilm-fanning yangi 
yutuqlari bilan boyitib borish ishlari belgilangan. Shunday faoliyat natijalaridan misol 
o„laroq, hozirgi kunda metr hamda soniyaning ta‟riflari hamda aniqlanish usuli, 
dastlabki – birnchi tahriridan butunlay farq qiladi. Chunonchi, soniya avvallari 


128 
«Quyosh sutkasining 
qismiga teng» deb qabul qilinar edi. Lekin astronomlar 
tomonidan Quyosh sutkasining davomiyaligi yuqoridagi songa aniq teng emasligi, 
qolaversa, sutka har doim bir xil uzunlikka ega bo„lmasligi isbotlangach, yuqoridagi 
tasdiqning xato ekanligi oydinlashdi. Hozirgi kunda esa, soniyaning XBT dagi qabul 
qilingan rasmiy ta‟rifi quyidagicha: «Soniya – Seziy-133 atomining ikkita o„ta nozik 
sathlari orasidagi bir-biriga o„tishiga muvofiq keladigan nurlanishning 192631770 
davriga teng». Ushbu ta‟rif, dunyodagi eng aniq ko„rsatkichli soat – atom soatiga 
asoslanib keltirib chiqarilgan. O„z navbatida, metrning ta‟rifi ham, universial doimiy 
bo„lmish – yorug„lik tezligi, hamda, soniyaning yangi, yuqoridagi ta‟rifidan kelib 
chiquvchi o„ta aniq belgilanishi yotadi. Metrning 1983 yilda qabul qilingan amaldagi 
rasmiy ta‟rifi quyidagicha yangraydi: : «Metr – yorug„likning vakuumda soniyaning 
qismida bosib o„tadigan masofasiga teng». Qahramonimiz Maks Plankka 
qaytamiz. Boltsman doimiysi 

ning o„lchov birligi
bilan o„lchanadi. Plank 
doimiysi 

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin