Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

Zeitschrift für Physik
») 
da nashr etishga ko„maklashishini iltimos qilgan edi. Bozening maqolasi ingliz tilida 
yozilgan bo„lib, Eynshteynga u juda ma‟qul kelgan va olim maqolani shaxsan o„zi 
nemis tiliga o„girib jurnal tahririyatiga olib borib topshirgan.
Bozening maqolasida Plank qonunidan kelib chiqadigan yangi va muhim 
ilmiy xulosa - qora jism nurlanishining spektral taqsimlanishi haqida so„z boradi. 
Maqola ilmiy jamoatchilikda katta qiziqish uyg„otgan bo„lib, uning so„ngida 
Eynshteyn izoh qoldirgan edi: «
Fikrimcha, Bozening Plank formulasidan keltirib 
chiqargan ushbu xulosasi o„ta muhim bir ilmiy natijaga ega. U qo„llagan uslub, ideal 


114 
gazning kvant nazariyasini bermoqda va men bu borada hali yana batafsil 
shug„ullanaman
».
Bozening yangicha ilmiy asoslashining ahamiyatini tushunish uchun, 
Plankning o„z qonunini isbotini keltirib chiqarish bosqichlarini yodga olish joiz. 
Birinchidan, Plank nurlanuvchi bo„shliqni qurshab turuvchi devorlarda elelktromagnit 
energiyani yutuvchi va nurlantiruvchi zaryadlangan ossilyatorlar mavjud deb tasavvur 
qilgan. Issiqlik muvozanati holatida ossilyatorlar qancha energiya yutsa yana shuncha 
energiya nurlatgan. Bu esa Plankka, ossilyatorning o„rtacha energiyasi 
U
v
va 
elektromagnit maydoni 
u
v
orasidagi munosabatni o„rnatish imkonini bergan:
Ikkinchidan esa, Plank bo„shlqning harorati va chastotasiga bog„liq ravishda, 
har bir ossilyatorga qancha energiya miqdori to„g„ri kelishini aniqlashi lozim edi. 
Buning uchun entropiya tushunchasidan, Boltsmanning ehtimoliylik tamoyilidan va 
kvant gipotezasidan foydalandi. Reley va Jins ham, boshqacharoq xulosa orqali aynan 
o„sha 
natijani olishdi. O„z maqolasining muqaddimasida Boze, Plank va Reley ishlariga 
munosabat bildirar ekan, ularning mumtoz uslublardan foydalanishganini ta‟kidlaydi. 
Boze bunday yondoshuv bilan kvant gipotezsining bir qismiga termodinamikani 
tadbiq etilishida ziddiyat kelib chiqishiga e‟tibor qaratadi. Aniqrog„i u entropiyani 
hisoblashda va termodinamik hisob-kitobning yakuniy qismiga taaluqli isbotlashlarda 
Plank va Reley yondoshuvlari o„rinsiz ekanligini aytadi va buning o„rniga quyidagi 
kvant yondoshuvini taklif qiladi.
Yodingizda bo„lsa, Albert Eynshteyn o„zining 1905 yilga taaluqli mashhur 
maqolalaridan biridayoq, past zichlikdagi qora jism nurlanishining entropiyasi, 
zarrachalardan tashkil topgan gazning entropiyasiga o„xshashini aytib o„tgandi. Boze 
Eynshteynning aynan shu ishorasiga e‟tibor qaratdi va bo„shliqdagi nurlanish o„zini 
xuddi gaz singari tutishini isbotladi (u foton gazi tushunchasini qo„llagan). Shu tarzda 
fiziklar Plank ossilyatorlari va Reley to„lqinlaridan qutilishdi. Ya'ni, qora jism 
nurlanishini tadqiq ilish va kvant nazariyasini o„rganish borasida yangicha yondoshuv 
– gazlarning tabiatiga asoslanish imkoniyati paydo bo„ldi. Kvant nazariyasi hamda 
de Broyl ifodasiga ko„ra zarrachalar uchun mexanik holatlarning qancha ko„rinishlari 


115 
imkonli ekanini e‟tiborga olgan Boze o„zi qidirgan ko„rsatkichni topishga muvaffaq 
bo„ladi.
Boze o„zi to„liq anglab yetmagan holatda, yorug„lik kvantlarini bir-birdan 
farqlab bo„lmas zarrachalar sifatida qaraydi. Ushbu kvant yaxlitlik xarakteristikasi 
noaniqliklar tamoyilining fizik natijasidir.

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin