Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

Yuoqrodagi rasmda

1929 yil 28-iyul. Plank 
Eynshteynga Maks 
Plank medalini 
topshirmoqda. 
Pastdagi rasmda

Maks Plank va Nils 
Bor Kopengagenda. 
1930 yil. 


101 
Plank rejalashtirgan ma‟ruza amalga oshmasligi ma‟lum bo„lgach, nisbiylik 
nazariyasi bo„yicha ma‟ruza qilish uchun Eynshteyn o„rniga Maks fon Laueni taklif 
qiladi. Lekin u asl nemis bo„lishiga qaramay, ma‟ruza baribir natsistlarning bosimi 
ostida, antisemitizm hamda millatchilik tashviqotlari bilan yo„g„rilgan tarzda o„tdi. 
Ma‟ruza zaliga kiraverishda fanatik natsist faollari, millatchi olim lenard tomonidan 
imzolangan va antisemitizmga targ„ib qiluvchi mazmundagi matn va karikaturalar 
bilan ishlov berilgan varaqalar tarqatishdi. Unda nisbiylik nazariyasi – yahudiylarning
o„ylab chiqargan uydirmasi ekani va u asl nemis kishisi uchun qabul qilib 
bo„lmaydigan yot g„oya ekanligi ta‟kidlangan.
Lekin bu hali holvasi edi. Natsistlar hokimiyatni qo„lga olishgach, millatchilik 
yanada favqulodda keskin tus oldi. gitler hukumatni egallagan vaqtda Eynshteyn 
AQSHda bo„lib turgan edi va vatanida yuz bergan siyosiy o„zgarishlardan xabar 
topgach, Germaniyaga qaytmaslikka qaror qildi. Lekin bu bilan natsistlar 
Eynshteynni ta‟qib qilishdan tiyilishmadi. Yangi tarkibdagi fashistik hukumatning 
madaniyat va ta‟lim vaziri sifatida ish boshlagan shaxs, fanlar akademiyasiga 
talabnoma yo„llab, Eynshteynni barcha akademik unvonlardan mosuvo qilinishini va 
fanlar akademiyasi a‟zoligidan chetlashtirilishi kerakligini talab qilgan. Garchi bu 
paytda Eynshteyn allaqachon butun dunyoga dong„i ketgan mashhur olim bo„lib 
tanilib ulgurgan hamda, uning nufuzi aslida nemis fanlar akademiyasi uchun katta 
orbo„ bo„lgan bo„lsa ham, lekin fashistlarning uni badnom qilishlari uchun, uning 
millati nemis emasligi kifoya edi. Shu tarzda Plank o„ta qiyin va murakkab bo„lgan 
davr - natsistlar rejimi bilan murosa yoki ixtilof orasidagi tanlov davri boshlandi. U 
aslida o„ta konservativ ruhda tarbiya topgan asl millatparvar nemis edi. Yoshlik 
yillarida milliy g„oya va monarxiya g„oyalari bo„yicha targ„ibotchilik ishlari bilan 
ham shug„ullangandi. Aytish mumkinki, u asl nemis mentaliteti suyak-suyagigacha 
singib ketgan millatparvar shaxs bo„lgan. Shu sababga ko„ra u avvaliga nemis 
millatini oliy irq deb e‟lon qilib, faqat nemislarnigina inson o„rnida ko„ruvchi, boshqa 
millatlarga esa past nazar bilan qaraydigan natsistlar rejimiga xayrixoh bo„lgan bo„lsa 
ehtimol. Balki shu sababdan u avvaliga bu manfur rejim bilan ochiqchasiga 
kurashmagandir. Biroq u, bunday noma‟qul siyosat Germaniyada yashovchi nafaqat 
alohida millatlarning, balki butun nemis jamiyatining boshiga kulfat bo„lishi, mislsiz 
balolarga giriftor qilishini his etgan, oldindan ko„ra bilgan. U yangi fashistik hukumat 
yahudiylarga nisbatan beshavqat adolatsizlik qilayotganini yaxshi anglardi va bundan 
avvalo nemis ilm-fani jabr ko„rishidan qattiq iztirob chekardi. Plank uchun ardoqli 
bo„lgan olimlardan nafaqat Eynshteyn, balki Liza Meytner va Maks Bornlar 
hamaslida yahudiy millatiga aloqador edilar. Maks Plank esa, agar olmon ilm-fani 
olamidagi o„z yetakchilik va rahbarlik nufuzini yo„qotadigan bo„lsa, uning o„rniga 
kelishi mumkin bo„lgan millatchi olimlar – lenard va shtarklardan bundan ham 
battarini kutish mumkinligi yaxshi fahmlardi. Ular o„zlarining antisemitizm va fanatik 
radikal millatchilik bilan yo„g„rilgan g„ayriinsoniy tushunchalari orqali, nemis 
akademik olamidan nafaqat yahudiy olimlarni, balki shunchaki nemis bo„lmagan, 


102 
boshqa millat vakillarini ham quvib solishiga shubha qilmasdi. Bu esa, 
Germaniyaning ilmiy texnikaviy va sanoat salohiyati uchun tiklab bo„lmas yo„qotish 
bo„lishi aniq edi.
Shu tarzda Plank, natsistlar rejimiga qarshi mo„tadil kurashuvchi o„rta 
pozitsiyani tanlashga majbur bo„ldi. Balandparvoz manifestlarga qo„shilmaslik (uning 
xotirasidan hali axmoqona «93-lar manifesti» ko„tarilmagan edi) hamda, natsistlar 
siyosatini ma‟qullamaslik uning asosiy fuqarolik pozitsiyasiga aylandi. Amalda qaror 
topgan jinoiy rejim, ya'ni, gitlerning fashistlar diktaturasiga qarshi esa, yashirincha, 
parda ortidan kurashishga kirishdi. U radikal millatchilarning nemis ilm-faniga 
yetkazayotgan zararini imkon qadar minimallashtirishga harakat qilardi. 30-yillar 
o„rtalariga kelib nemis jamiyatida ikkiyoqlamalik yuzaga keldi. Bular: natsistlar 
rejimidan jabr ko„rgan va uning zulmlariga chiday olmayotgan, lekin bo„ysunishga 
majbur bo„lgan aholining katta qismidan iborat birinchi qatlam; hamda, natsitlarning 
fanatik millatchilik siyosatini ma‟qullovchi, Germaniyaning I-jahon urushidagi 
yo„qotishlari va sharmandali mag„lubiyati uchun, yangi hukumat boshchiligida o„ch 
olinishidan umidvor ikkinchi qatlamlar bo„lgan. Plank birinchi qatlamga mansub 
bo„lib, o„zining jamiyatdagi erishgan obro„si va nufuzining kuchi bilan ushbu toteng 
kurashda ayrim kichik g„alabalarga ham erishdi.
Mening begunoh va himoyasiz millatdoshlarimi yo„q qilish uchun e‟lon 
qilingan makkorona urush, meni dunyoda qo„limdan kelgan barcha ishni 
tarozining o„zim tarafdagi pallasiga tashlashimga majbur qilimoda.
Eynshteynga qaratilgan ayirmachilik siyosati yuzasidan aynan u qaror qabul 
qilishi kerak edi. Bitta qaror va imzo bilan u, Eynshteyn darajasidagi nufuzli olimni 
o„z safidan quvgan fanlar akademiyasi raxbari sifatida sharmanda bo„lish yoki, uning 
sha‟ni uchun kurashib, qaltis siyosiy vaziyatda yahudiy olimni yonini olgani uchun 
juvonmarg bo„lib ketishi ham mumkin edi. Bunday chigal vaziyatda Plank hiyla 
ishlatishga majbur bo„ldi. U Albert Eynshteynga xat yo„llab, Prussiya fanlar 
akademiyasidagi o„z o„rnidan ixtiyoriy voz kechishni taklif qildi. Bu orqali u 
akademiyadagi ichki muhitni saqlab qolishga va boshqa olimlarning noroziligini 
minimallashtirishga uringan edi. Eynshteyn Plank aytganidek qildi va o„z ixtiyoriga 
ko„ra akademiya a‟zoligidan voz kechib, iste‟fo e‟lon qildi. Bu haqida eshitgan 
fashist madaniyat va ta‟lim vaziri, juda qattiq jazavaga tushib asabiylashgan ekan. 
Chunki u Eynshteynni oshkora ravishda akademiyadan quvib sharmanda qilishni 
hamda, bu orqali antisemitizm uchun o„ziga xos reklama uyishtirishni ko„zlagan edi. 
Plankning ishlatgan hiylasi uning ushbu makkorona rejasiga to„sqinlik qildi. Garchi 
bu holat Plankning haq bo„lib chiqqanini tasdiqlasa ham, lekin Eynshteyn va boshqa 


103 
yahudiylar uchun, u – himoya qilish o„rniga murosasozlikka o„tib olgan chorasiz 
kimsa o„laroq namoyon bo„ladi. Eynshteyn Plankning o„ziga nisbatan hech qanday 
shaxiy husumati yo„qligini bilardi. Fashistlar siyosati uning hayotini ikkita qarama-
qarshi qismga bo„lib qo„yganini ham yaxshi tushunardi. Garchi Eynshteyn iudaizm 
diniga mutlaqo e‟tiqod qilmagan va yahudiy millatining diniy hamda milliy 
an‟analaridan yiroq shaxs bo„lgan bo„lsa-da (aytish mumkinki u faqat rasmiy 
hujjatlarga ko„ra yahudiy bo„lgan xolos, turmush tarzi va tushunchalari o„rta statistik 
nemisdan mutaloq farq qilmagan), u bilan yuz bergan holat, Germaniyada yashovchi 
boshqa olimlarni ham o„z milliy kelib chiqishi haqida qayg„urishga majbur qildi.
Plank hamda, natsistlar orasidagi ziddiyatning boshqa bir yaqqol ko„rinishi 
Frits gaberning vafotidan keyin sodir bo„ldi. 1933 yilda fashistlar hukumati, kelib 
chiqishiga ko„ra oriylar irqiga mansub bo„lmagan har qanday davlat xizmatchisini 
ishdan bo„shatish haqida qonun qabul qilishdi. Lekin ushbu qonunning bir o„ziga 
xosligi bo„lib, unda mazkur hujjat I-jahon urushi davomida Germaniya tarafda jang 
qilgan va kelib chiqishiga ko„ra oriylar irqiga mansub bo„lmagan amaldorlarga tadbiq 
etilmasligi ko„zda tutilgandi. Shuningdek, hozirda davlat xizmatida bo„lgan va otasi 
yoki onasi tomonidan birorta yaqin qarindoshi Germaniya armiyasi safida xizmat 
qilgan boshqa millat vakillari ham qonunda istisno qilingan edi. Shunga muvofiq, 
Gaber ham istisnoli tariqaga mansub edi, chunki uning I-jahon urushi yillarida nemis 
armiyasi uchun ko„rsatga xizmatarini hatto fashistlar ham e‟tirof etishardi. Biroq u 
o„zi uchun berilgan imtiyozdan voz kechdi. U o„z bayonotida: xodimlarni doimo 
faqat malaka va iste‟dodiga qarab tanlagani va odamning ijtimoiy kelib chiqishi, 
milliy mansubligi uni hech qachon qiziqtirmaganligini, qolaversa, endi yosh bir joyga 
borib qolganida, hayotiy tamoyillarini o„zgartirish vaqti emasligini ta‟kidlangan. Shu 
vajga ko„ra, Gaber Germaniyani tashlab chiqib ketdi. Bu esa, nemis fanatik 
millatchilari orasida unga nisbatan beayov radikal tahsviqot avj olishiga olib keldi.
Frits Gaber uzoqqa bormadi. U o„zi siyosiy boshpana topgan Shveytsariyada 
mamlakatida infarktga duchor bo„ldi va uning asoratlari tufayli vafot etdi. Maks fon 
Lauening taklifiga ko„ra, Plank kayzer Vilgelm ilmiy jamiyatida, barcha olimlar 
ishtirokida Gaber xotirasi uchun maxsus yig„in-marosim tashkillashga qaror qildi. 
Davlat xizmatchilarining ushbu marosimga qatnashishi madaniyat va ta‟lim vazirligi 
tomonidan ta‟qiqlanganiga qaramay, zal odamlar bilan liq to„ldi. Xotira marosimida 
xalqaro jurnalistlar, hamda, davlat xizmatchilari nomidan ularning oila a‟zolari 
qatnashib, marhum olimni munosib tarzda yodga olishdi. Ushbu jarayon, amaldagi 
mavjud rejim siyosatiga zid bo„lgan ochiqdan-ochiq bo„sunmaslik akti bo„lgan dyish 
mumkin. Bu marosim shtark va lenardlar tomonidan Plank va fon Lauega qarata yana 
ta‟na toshlari otilishi uchun asos bo„lib xizmat qildi.
Bir tarfda Plank va fon Laue, ikkinchi tarafda shtark va lenardlar bo„lgan 
ochiq ziddiyat, 30-yillarning oxirigacha, aniqrog„i, shtarkning o„zi ishongan natsistik 


104 
hukumat tomonidan egallab turgan lavozimiga layoqatsiz deb topilib, ishdan 
bo„shatib yuborilgunicha davom etdi. Lekin bu bilan qarama-qarshilik susayib 
qolmadi. Plank va fon Lauelarning ko„kragiga faqat II-jahon urushi tugab, fashistlar 
diktaturasiga barham berilgach shamol tegdi. 
Hukumat tepasida natsistlar turar ekan, Eynshteyn va uning muallifligidagi 
har qanday ilmiy ishni, shu jumladan olamshumul nisbiylik nazariyasini ham qat‟iy 
senzura bilan cheklab qo„yishdi. Biroq, shunday qaltis vaziyatda ham, Plank hamda 
fon Laue nisbiylik nazariyasi haqida bir necha bora ilmiy ma‟ruzlar qilishga 
muvaffaq bo„lishdi. Bunda ular ehtiyotkorlik yuzasidan nisbiylik nazariyasining 
muallifi haqida og„iz ochmaslikni ma‟qul ko„rishgan. Masalan, fon Laue 1942 yilda 
fizikaga doir kitob yozayotgan vaqtda, plank unga tegishli maslahat yo„l-yo„riq 
ko„rsatar ekan, nisbiylik nazariyasi haqidagi bobda Eynshteynni tilga olmaslikka 
chaqiradi. Fon Laue ustozi aytgandek qiladi. Lekin bu qadam unga keyingi ko„plab 
horijiy chiqishlarida ta‟na qilishlari uchun asos bo„lib qoldi. 
Bu kabi, sirtdan qo„rqoqlikka o„xshab ko„rinadigan hatti-harakatlardan 
tashqari Plank ba‟zan, qat‟iyat va jur‟at bilan ayrim keskin qadamlarni ham tashlab 
turardi. Gaber xotirasi bilan bog„liq marosimdan tashqari uning yana bir shunday 
dadillik bilan qilgan bayonotini esalb o„tish o„rinlidir. II-jahon urushi eng avjiga 
chiqib, fashistlarning blitskriglari keng ko„lamda muvaffaqiyat keltirayotgan bir 
paytda, Maks Plank nemis-fashist ofitserlari klubida chiqish qilar ekan, Eynshteynni 
jahon ilmiy tafakkurining eng ilg„or namoyondasi sifatida yodga olib o„tadi. Aynan 
o„sha chiqishdan keyin, natsistlar Plank uchun ham, har qanday ma‟ruzalar bilan 
chiqish qilishga ta‟qiq joriy etishgan.
Bunday mardonavor chiqishdan va unga nisbatan joriy qilingan ta‟qiqdan 
keyin, Plankning obro„si bir yoqlama keskin tushib ketdi. Bundan uning dushmanlari 
behad xursand bo„lishdi. Natsist amaldorlari keyingi bir necha yil davomida Plank 
ham kelib chiqishiga ko„ra yahudiy ekanligi haqida gap tarqatishdi. Bunda ham shtark 
va lenardlarning qo„li bo„lgan bo„lsa ajab emas. Qaysidir bir radikal antisemit 
millatchi olim esa, Plank vujudida oqayotgan qonning 
qismi yahidiy qoni ekanini 
ham hisoblab chiqqan ekan. Fashistlarning yetakchilaridan biri Gebbels ham ochiq 
bayono berib, Plankning mavjud davlat rejimini juda sust va erinchoqlik bilan 
qo„llab-quvvatlayotganlikda aybaldi. Boshqa tarafdan olib qarasak, kelib chiqishiga 
ko„ra yahudiy bo„lgan mashhur fizik Emil Varburgning qizi, fiziologiya bo„yicha 
Nobel mukofoti laureati Otto Varburgning singlisi bo„lgan Lotta Varburgning bir 
qaydini ham eslab o„tish lozim. Lotta Varburg Plankning chiqishlaridan birida nemis 
ilm-fanini qo„llab-quvvatlayotganligi uchun gitlerga minnatdorchilik bildirganiga 
guvoh bo„lgan ekan. Bundan qattiq ranjiga Lotta o„z kundaligida quyidagicha qayd 
qoldirgan:


105 
«

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin