E
=
hv
, ushbu xossalar
o„rasida ko„prik o„laroq namoyon bo„ldi. U to„lqin xossasi – chastota hamda,
korpuskulyar xossasi – energiya orasidagi bog„liqlik mavjudligiga ochiq ishorat berib
turardi. Bu ikkala xossa, yorug„likning har bir kvanti, yoki zarrachasida namoyon
bo„ladi. de Broyl ushbu munosabatni teskari tartibda qo„llash mumkinligiga e‟tibor
qaratdi: har bir zarracha bilan materiyaning bitta to„lqinini bog„lash mumkin. U
zarrachaning to„lqin uzunligi λ hamda, impulsi
p
=
mν
orasida quyidagi munosabat
mavjudligini aniqladi.
Turg‘un to‘lqin
Bor orbitasi
+
Lui de Broyl tomonidan ishlab
chiqilgan dualizm konsepsiyasiga
ko‘ra, zarrachaga materiyaning
to‘lqini muvofiq keladi.
94
Makroskopik fizika, ya'ni, sayyoralar, tog„lar va hatto qum zarrasi darajasidagi
moddalarni o„rganadigan fizikada bunday jarayonlarni kuzatishning iloji imkoni
umuman yo„q. Chunki,
h
ning qiymati shunchalik darajada kichikki, makroskopik
obyekt
bilan
bog„liq
to„lqin
favqulodda
sezilarsiz
bo„ladi.
Masalan,
200
tezlik bilan uzatilgan tennis to„pining de Broyl to„lqin uzunligi 10
−34
metrni
tashkil qiladi. Ya'ni, atom yadrosi bilan taqqoslaganda u cheksiz kichik qiymatdir.
Biroq, vodorod atomining elektronining to„lqin uzunligi atomning o„zining
o„lchamlariga juda yaqin. Shu sababli ham to„lqin effektlari tennis partiyasi davomida
o„zini namoyon etmasa-da, lekin atom dinamikasida albatta katta sahnaga chiqadi.
Aslini olganda, Borga muvofiq atom orbitalari to„lqin jarayonlari nuqtai nazaridan
juda sodda izohga ega: bu shunday orbitaki, ularning uzunligiga butun son
miqdoridagi de Broyl to„lqinlari to„g„ri keladi va ular, avvalgi sahifadagi sxemada
ko„rsatilganidek, turg„un to„lqinlarni hosil qiladi.
XIX asr fizika-matematikasining eng ilg„or usullaridan foydalanib,
Shryodinger materiyaning istalgan to„lqini uchun tadbiq qilsa bo„ladigan tenglama
taklif qildi. 1926-yil davomida e‟lon qilingan qator maqolalari orqali olim, to„lqin
tenglamasi va uning yechimi bo„lgan to„lqin funksiyasi garmonik ossilyator hamda
vodorod atomining energetik sathlarini hisoblash uchun tadbiq etishga yaroqli
ekanligini isbotlab berdi. Shuningdek u o„z ishlab chiqqan ta‟rif va ifodalar
Geyzenbergning ta‟rif va ifodalari bilan ekvivalent ekanligini matematik jihatdan
isbot;ab berdi.
Maks Plank va Albert Eynshteyn Shryodinger tenglamasini yuqori
ko„tarinkilik bilan qarshi olishdi. Uning qo„llagan uslublari, Plank va Eynshteynga
nisbatan yaqin bo„lgan fizik-matematik yo„nalishda bo„lib, Geyzenberg va
Bornlarning mavhum yondoshuvlaridan farq qilardi. Shryodingerga yozga xatlarining
birida Plank, «
Sizning maqolalaringizni, xuddi o„zi urinib-berinim hecham yecha
olmagan murakkab boshqotirmaning javobini boshqalardan katta qiziqish va hayajon
bilan eshitib olayotgan bolakaydek mutolaa qilaman
» - degan edi.
1927 yilda Maks Plank nafaqaga chiqib ketar ekan, Berln universitetidagi o„z
professorlik lavozimi uchun mutasaddilarga aynan Shryodinger nomzodini tavsiya
qilgan. Shryodinger ham Plakning taklifini bajonidil qabul qilgan. Chunki u
ishlayotgan Syurix universiteti na iqtisodiy va na ilmiy salohiyatda Berlin bilan
raqobatlasha olmasdi. Birinchidan, Berlinda professor lavozimi uchun ikki barobar
ko„proq maosh to„lanardi. Qolaversa Germaniya poytaxtida o„z davrining eng nufuzli
olimlari – Eynshteyn, fon Laue, Otto Gan, Liza Meytner, Valter Nernst kabi fiziklar
faoliyat yuritishardi. Bundan tashqari, endilikda Shryodinger oldida Leyptsigda
ishlaydigan Verner Geyzenberg va Gyottingenda ishlaydigan Maks Bornlar bilan ham
yanada yaqinroq hamkorlik qilish imkoni tug„ilgan. Shryodinger nafaqat kuchli fizik
va matematik, balki iste‟dodli shoir ham bo„lgan. U o„zining Berlinga ko„chib o„tishi
95
borasidagi sabablarni she‟rga solib izhor etar ekan, Plank taklifiga rozi bo„lishining
bosh omili, iqtisodiy jihat ham, ilmiy imkoniyatlar emas, balki qadrdon do„sti Maks
Plankning «
Dostları ilə paylaş: |