Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob




 
Nurlantiruvchi 
kattalik 
 
Yadro 
Elektron 
n=1 
n=2 
n=3 
Bor talqinidagi vodorod atomi modeli. Unga ko‘ra faqat 
n
=1,2,3... tarzida belgilangan orbitalar mavjud. Yadro 
atrofida aylanuvchi manfiy zaryadli elektron, bir orbitadan 
ikkinchisiga o‘tishda yorug‘lik kvanti nurlantiradi 


88 
Uning fikricha, elektron bir orbitada boshqasiga o„tishida 
ν
chastotali yorug„lik kvanti 
taratadi va mazkur 
ν
ning qiymati, orbitalar energiyalari farqi Δ
E
ning Plank 
doimiysiga nisbati bilan o„lchaadi degan xulosaga keldi (avvalgi sahifadagi sxemaga 
qarang). Ya'ni u, elektronlarning nur taratish hodisasiga plankning 
E
=
hv
formulasini 
tadbiq etdi. Faqat u 
E
o„rniga Δ
E
ni qo„llagan.
Yosh olim Bor taklif etgan atom modeli, mumtoz fizika bilan uchta 
fundamental juhat nuqtai nazaridan keskin farqlarni taqozo qilardi. Birinchidan, 
elektron orbitalari diskret energetik pog„onalar orqali kvantlandi; ikkinchidan, 
elektronlar o„zining statsionar orbitalarida elektromagnit energiya nurlatmasligi 
ta‟kidlandi; vanihoyat eng muhimi - uchinchidan esa, yorug„lik nurlanishi kvant 
ko„rinishidagi diskret hodisa ekanligi bayon qilindi. Bu vaqtga kelib (1913 yil), kvant 
gipotezasi haqida olimlarda uncha-muncha ma‟lumot hamda, inqilobiy yangiliklarga 
nisbatan ko„nikma shakllanib qolgan edi. Aynan shu sababli ham Borning atom 
tuzilishi modeli, keskin tanqidlar va angalshilmovchiliklarsiz, nisbatan sokin qabul 
qilindi. Ushbu model, kuzatilayotgan ko„plab fizik hodisalar yuzasidan tushintirish 
berishda yaxshi vosita sifatida namoyon bo„la boshladi.
Ilm-fanda atomning Bor modeli paydo bo„lganidan keyin, atom strukturasi 
masalasi kvant nazariyasining markaziy masalasiga aylandi. Bu vaqtga kelib kvant 
nazariyasining otasi Maks Plank nuroniy 55 yoshga qadam qo„yib ulgurgan edi. 
endilikda undan kvant estafetasini boshqa o„tkir zehnli va nisbatan yosh olimlar – 
Verner Geyzenberg va Ervin Shryodingerlar qabul qilib olishdi.
Birinchi jahon urushidan keyin Germaniya davlatining iqtisodiy ahvoli keskin 
yomonlashib ketdi. Urush harajatlarini ta‟minlash uchun davlat banklardan ulkan 
miqdorlarda kreditlar olagn edi va bu narsa mamlakatda misli ko„rinmagan chuqur 
moliyaviy inqirozni keltirib chiqardi. Ulkan kredit qarzlarini to„lash majburiyatidan 
tashqari, urushda mag„lub bo„lgan nemislar, fransuz marshali Foshning Kompyen 
o„rmonidagi vagon-qarorgohida o„z qo„llari bilan yozib imzolashgan sharmadali 
kapitulyatsiya akti hamda Versal shartnomasiga ko„ra, ittifoqchi qo„shinlarga, ya'ni, 
g„olib mamlakatlarga katta miqdorda o„lpon – reparatsiya ham to„laydigan bo„ldi. 
Bunday favqulodda murakkab moliyaviy holat mamlakatni chuqur inflyatsiya va 
uning ortidan defolt holatiga tushirib qo„ydi. 1919-1923 yillar orasida Germaniya 
jahon tarixida hozirgacha ham misli ko„rinmayotgan favqulodda keskin iqtisodiy 
inqirozga yuz tutdi. Nemis markasining butun I-jahon urushi davridagi qiymati 
AQSH dollariga nisbati 1$ uchun 9 doych-markadan oshmagan bo„lsa, 1919 yilga 
kelib bu qiymat, 1$ uchun 40 doych-markaga yetib bordi. 1922 yil yozida valyuta 
kotirovkalari 1$ uchun 400 doych-markani ko„rsatar edi. Nemis olomoni qanchalik 


89 
tushkunlikka tushmasin, lekin bu hali endi boshlanishi, ya'ni, holvasi ekan. 1923 yil 
yanvarida AQSH dollariga nisbatan kross-kurs 1$ uchun 7000 doych-markani tashkil 
eta boshladi. O„sha yil iyul oyiga kelib bir dollar 160000 marka, avgustda 1000000 
(million) marka, noyabrda esa 4.2 trillion markaga tenglashib qoldi.
O„z vaqtida emmigratsiya bo„yicha AQSHga ko„chib o„tishga majbur bo„lgan 
olmon fizigi Valter Elzasser (1904-1991) 1923 yilda hali Berlinda istiqomat qilardi. 
Aynan ushbu fizik, Yerning magnti maydonining kelib chiqishini tushuntirish uchun, 
fanga gidromagnirtli dinamo nazariyasini taklif etgan. Elzasser o„z otasining 
nihoyatda ishbilarmon bo„lganini ko„p ta‟kidlagan. Uning aytishicha, inflyatsiya 
boshboshdoqliklarini oldindan ko„ra bo„lgan otasi, Germaniya doych-markasining 
qadrsizlanishidan zararni minimallashtirish maqsadida avvalroq o„z nemis pullarini 
AQSH dollariga almashtirib, Shveytsariya banklariga tophirib qo„ygan ekan. Elzasser 
har hafta Bazelga borib, bir haftalik oziq-ovqat va boshqa harajatlar uchun zaruriy 
mablag„ni AQSH dollarida hisoblab, uning doych-markadagi ekvivalentini yechib 
olar va unga harajat qilib kelar ekan. Agar bunda bir kunga kech qolinsa ham, bozor 
va do„konlardagi kechagi kungi narx bugungisi bilan mutlaqo mos kelmas va ancha 
pulga kuyib qolishi mumkin ekan. Shu sababli u pulni bankdan olib chiqa solib, 
o„zini to„g„ri bozorga urishga va shosha-pisha harajat qilib olishga intilarkan.
Shunga o„xshash holatga qahramonimiz Maks Plank ham ko„p bora tushgan. 
Uning akademik faoliyat yuzasidan amalga oshirishga majbur bo„lgan xizmat 
safarlari davomida, ishxonadan olgan safar pullari, bir shahardan ikkinchisiga yetib 
borgunicha keskin qadrsizlanib, to„lov qobiliyatini butunlay yo„qtgan kunlar ham 
bo„lgan ekan. U manzilga yetib borgacha, mehmonxonaga va ovqatlanishga to„lash 
uchun puli kamlik qilishidan juda ko„p aziyat chekkan. Ba‟zan esa u hamyonida bir 
dasta puli bo„lsa ham, lekin o„shancha pul baribir mehmonxonadagi eng arzon xonaga 
ham yetmaganligidan, vokzallardagi kutish zallarida tunab qolishga majbur bo„lgan...
Shunisi hayratlanarliki, shunday chuqur iqtisodiy inqiroz sharoitlarida ham 
Plank o„ziga xos bo„lgan qat‟iyat va ilm-fan taraqqiyotiga nisbatan sobitqadamlikni 
saqlab qolgan. Ko„pchilik qo„l siltab ketib qolgan onlarda ham u nemis ilm-fani 
binosini huvillatib qo„ymaslikni o„zining muqaddas burchi deb bilgan. Plank yolg„iz 
emas edi. O„z soatini kutayotgan kashfiyotlarga to„la bo„lgan kvant nazariyasi 
bo„yicha olamshumul dissertatsiyalar ham aynan o„sha inqiroz zamonasida yoqlandi. 
Ulardan biri Gezyenbergning dissertatsiyasi (1923) bo„lsa, undan ham hayratlanarli 
ilmiy ishni 1921-1922 yillarda olimlar Shtern va Gerlax amalga oshirishdi. Keksin 
qiyin iqtisodiy sharoitga qaramay, murakkab ilmiy tajribani mukammal bajarishdi 
hamda, ilm-fan oldiga yangi kashfiyot – elektron spini
1
bilan chiqib kelishdi.
1
Spin – zarrachaning kvant xossasi bo„lib, uni mumtoz fizikadan misol keltirish orqali 
tushuntirishning iloji yo„q. Spinni – zarrachaning o„z atrofida aylanishiga qiyoslab tushintiriladi. 


90 
Urushdan keyingi chuqur iqtisodiy tanazzul sabab Germaniya hayotidagi har 
qanday muassasalar, shu jumladan ilmiy markazalar ham juda og„ir davrlarni boshdan 
kechirishdi. Nemis ilm-fanining rahbarlaridan biri sifatida Maks Plank, tanazzuldan 
kelgan zararni imkon qadar kichiklashtirish va olimlarni ijtimoiy himoya qilish, 
ularning ilmiy ishlarni to„xtab qolmasligi kabi muhim masalalarda katta jonbozlik 
ko„rsatdi. Fanlar akademiyasi a‟zosi sifatida u, Nernst, Gaber va boshqa olimlar bilan 
birgalikda, ilmiy hujjatlarni saqlash Milliy markazi faoliyatini ham tasarruf qilardi. 
Ushbu markazning bosh maqsadi – muhim horijiy ilmiy hujjatlardan hech 
bo„lmaganda bir nusxa keltirish va ishonchli saqlash bo„lgan. Tabiiyki bunday ishlar 
oz mablag„ evaziga bitmaydi. Ayniqsa milliy valyutaning kun sayin (ba‟zan soat va 
daqiqa sayin) qadrsizlanishi sharoitida, horijiy ilmiy hujjatlarni keltirish deyarli 
imkonsiz narsaga aylanadi. Plank shunday sharoitda, olmon olimlari olib borayotgan 
ilmiy ishlarni moliyalashtirish uchun tashqi invsetitsiyalarni jalb etishga e‟tibor 
qaratdi. U o„zining beqiyos diplomatik qobiliyati orqali, istiqbolli olmon ilmiy 
loyihalari uchun AQSHning «Rokfeller» fondidan 500000 (besh yuz ming) dollar 
ehson undirishga erishdi. Qolaversa u orqali Germaniya ilm-faniga Yaponiyalik 
tadbirkor Xadjime Xoshi hamda, okean ortining yirik konserni bo„lgan «General 
Electric» katta sarmoyalar olib kirishdi.
O„sha zamon olmon olimlarining o„zaro olib borgan yozishmalariga ham 
nazar tashlasak (masalan, Plank, Eynshteyn, Born va Zommerfeld va boshqalarning 
maktublaridan), ularda iqtisodiy tanazzulning ilm-fanga yetkazayotgan ziyoni haqida 
ko„p gapiriladi. Lekin, yuksak axloq sohibi bo„lgan bu insonlar, amalda hech qachon 
o„z muammolari haqida bir-birlariga og„iz ochishmaydi. Shaxsiy iqtisodiy 
muammolar esa bu davr nemis oilalarining barcha-barchasida, shu jumladan 
olimlarda ham shubhasiz bo„lgan...
hhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhh
I-jahon urushi oqibatida 
Germaniya davlatida yuzaga 
kelgan mislsiz ulkan 
inflyatsiya olmon 
jamiyatining barcha 
jabhasiga, jumladan ilm-
fanga ham o‘zining keskin 
ta’sirini o‘tkazgan.
Suratda
:
Nemis bolalari mislsiz 
qadrsizlangan doych-marka 
pachkalaridan piramida 
yasab o‘ynashmoqda. 


Kvant fizikasining shakllanishi va taraqqiyot yo‘liga chiqishining dastlabki davrlarida jahonning nufuzli fizik va kimyogar olimlari tez-tez uchrashib, ilmiy g‘oyalar 
borasida o‘zaro fikr almashinib turishardi. Solvey kongresslarining falsafasi ham aynan shunday muddao qilardi. 
Qahramonimiz Maks Plank ham birinchi (1911) va beshinchi (1927) Solvey kongresslarida ishtirok etgan. 

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin