83
Plank o„zining nurlanish qonuniga nisbatan yangarayotgan
tanqidlarning asossiz
emasligini yaxshi tushunardi. 1911 va 1912 yillari u o„z qonunini yanada chuqurroq
bayon etish uchun yangi nazariyani taklif etdi. Bu nazariya fan tarixida qiziq bir fakt
o„laroq muhrlangan. Lekin uni shakllantirishda, Plank tomonidan kvant nazariyasi
doktrinasining keyingi rivoji uchun g„oyat muhim ahamiyat kasb etgan qator yangi
elementlar kiritildi. O„sha elementlardan biri –
tarqatishning ehtimollik
konsepsiyasidir
.
Erenfest
hamda
boshqa
olimlarning
Plank
nazariyasiga tanqidan ilgari surgan raddiyalaridan
biriga ko„ra, mumtoz
mexanika nuqtai nazaridan
ossilyatorlar energiyaning istalgan qiymatini qabul
qilishi mumkin edi. Kvant nazariyasi esa energiya
qabul qilishi mumkin bo„lgan qiymatlarni diskret
to„plamlar bilan cheklab qo„ygan edi. Biz Plankka
nisbatan ilgari surilgan raddiyalrni yaxshiroq
tushunish uchun, arg„imchoqda
uchayotgan odam
bilan sodir bo„luvchi holatni ko„rib chiqamiz (chap
tarafdagi rasm). Bu holat fizikada prujina bilan, yoki,
texnik tilda aytsak, garmonik ossilyator bilan to„liq
ekvivalentdir. Bu obyektlar muvozanat holatiga
(arg„imchoq eng pastda joylashgan tinch holatida)
ega bo„ladi. Muvozanatdan chiqish sodir bo„lgach
esa, bir tarafdan boshqa tarafga tomon davriy
tebranishlar yuz beradi. Arg„imchoqda uchib ko„rgan
har bir odam yaxshi biladiki, unga o„tirgan odamni
istaganimizcha kuch
bilan itarib uchirishimiz
mumkin. Arg„imchoq harakatini amplituda bo„yicha
cheklovchi narsa yo„q (bu o„rinda, arg„imchoq
asosdan to„liq aylanib o„tmaydi deb qabul
qilinmoqda). Plank gipotezasi energiyaning qabul
qilishi mumkin bo„lgan qiymatlarini
hv
ning turli
qiymatlari bilan cheklab qo„yadi. Agar biz
kuzatayotgan arg„imchoq Plank qonuniga
muvofiq harakatlanganida, biz unda
uchayotgan odamning ma‟lum balandlik qiymatlari oralig„idan diskret ravishda
ko„tarilib-qaytishini ko„rgan bo„lardik (rasmga qarang).
Ushbu raddiyalarga javoban Plank ossilyatorlar energiyani doimiy yutadi,
lekin uni nurlatish esa ossilyator energiyasi qiymati faqat
Dostları ilə paylaş: