77
intensivlikdagi nurlanish entropiyasi ideal gaz tenglamasiga o„xshash ifoda orqali
bayon qilinadi. Bu fakt esa, yorug„likning mustaqil zarrachalardan tashkil
topganligini tasdiqlaydi. Eynshteyn o„z maqolasida yo„l-yo„lakay, Reley-Jins qonuni
mumtoz statik fizika tamoyillariga tayanib keltirib chiqarilgani va Plank qonuni esa
bunday emasligiga ishorat berib o„tadi. Maqolaning ikkinchi qismi fotoeffekt
hodisasiga, ya'ni, ultrabinafsha yorug„lik bilan yoritilganda katod nurlarining hosil
bo„lishi masalasiga bag„ishlanadi. Bu hodisani Genrix Gers tomonidan, elektromagnit
to„lqinlarning mavjudligi isbotlanganishiga olib kelgan tadqiqotlar mobaynida kashf
qilingan edi. To„lqinlar detektori sifatida Gers, ikkita o„zaro yaqin turgan metall
poynaklardan foydalangan edi. Ular orasidan elektromagnit to„lqinlar o„tganida,
oraliqda uchqun chaqnar edi. Agar poynak elektromagnit to„lqinlar qo„zg„atuvchi
(generatsiyalovchi) asosiy razryadga yaqin joylashgan bo„lsa, uchqun chaqnashining
yorqinligi anchayin kuchli bo„lardi va aksincha, detektorning berk holatida uchqun
juda xira chaqnardi. Gers, ultrabinafsha nurlar metalldagi zaryadning kuchayishiga
xizmat qiladi degan xulosaga keladi.
Bu masala bilan Eynshteyn shug„ullana boshlaganida, ultrabinafsha nurlari
metall sirtidan elektronlarni urib chiqarishi fanda allaqachon ma‟lum edi.
Elektronlarning energiyasi nurlanishning intensivligiga emas, balki, chastotasiga
bog„liq ekanligi ham olimlarga ancha avvalroq ayon bo„lgandi. Bu muammo
yuzasidan fikrlar ekan, Eynshteyn unga Plankning kvant gipotezasini tadbiq etdi va
quyidagicha mulohaza yuritdi: agar yorug„lik kvanti energiyasi to„laligicha
elektronga uzatilsa, biz shunday taxmin qilishimiz mumkinki, metalldan uzilib chiqin
ketish uchun doimiy
Dostları ilə paylaş: