74
Mazkur qonunning dastlabki talqinini 1900 yilda lord Reley taklif etgan edi va
avvalgi bobda qayd etganimizdek, u haqida Rubens va Imperial fizika-texnologiyalar
institutida ishlayotgan boshqa olimlar xabardor bo„lishgan. Rubens avval Plank
huzurida mehmon bo„lganida va keyinroq Prussiya fanlar akademiyasida qilgan
chiqishida, o„zi va Kurlbaum birgalikda bajargan o„lchash natijalariga ko„ra,
shuningdek, Vinning eksponensial
qonunidan kelib chiqilsa, Reley qonuni past
chastotalar uchun nisbatan aniqroq bajarilishini tasdiqlagan. Yuqoridagi sahifada
keltirilgan grafikka nazar tashlasak, biz Plank qonuni
va Reley-Jins qonuni past
chastotalarda o„zaro muvofiqlikka ega ekanini ko„rishimiz mumkin. Shuningdek, Vin
qonuni va Plank qonuni yuqori chastotlarda o„zaro mos tushadi. Uchala qonun
ichidan faqat Plank qonunigina barcha chastotlarda tajriba natijalari bilan aniq mos
tushadi.
Reley ham o„z tajribalarida huddu Plank singari berilgan haroratda
elektromagnit nurlanishi termodinamik muvozanat holatida bo„lgan bo„shliq
ichini
tadqiq qilgan. Biroq, aytib o„tganimizdek Reley Plank ossilyatorlaridan
foydalanmaydi va buning o„rniga boshliq ichidagi to„lqin xossalarini to„g„ridan-
to„g„ri tahlil qiladi. Reley nazariyasida ultrabinafsha falokati sodda izohga ega
bo„ladi: bo„shliqda qisqa to„lqinli nurlanish nisbatan ko„proq bo„ladi, ya'ni, bo„shliq
ichida to„lqin uzunligiga ega bo„lgan to„lqinlar joylashadi. Bunda
n
– doimo butun
son bo„ladi va u cheksiz kattalashib borishi mumkin. Shu sababli u chegarasizdir
(sxemaga qarang). Agar har bir to„lqinga muayyan energiya
miqdori
mos kelsa, to„lqinlar miqdori esa cheksiz bo„lsa,
unda bo„shliqdagi energiya miqdori ham cheksiz bo„lishi
mumkin.
Reley-Jins nazariyasi mumtoz fizika asosida yuzaga
kelgan bo„lib, lekin u hech qachon amalda o„zini to„liq
oqlamagan edi. Uning xulosalari amaliy tajriba natijalari
bilan faqat past chastotalar va uzun to„lqinli spektr uchungina
mos kelardi. XX asrning ilk o„n yilligi mobaynida, o„sha
zamonning
eng
buyuk
fiziklari,
jumladan
Lorents,
Eynshteyn, Jins, Vin, Plank,
Erenfest, hamda, Puankarelar
nimaga bunday bo„lib chiqayotgani haqidagi masala ustida
betinim bosh qotirdilar. Baribir, 10-chi yillar boshiga kelib,
ularning
barchasi,
muammoni
oydinlashtirish
uchun,
Plankning kvant gipotezasidan
foydalanmaslikdan boshqa
yo„l yo„qligini anglab yetishdi. Chunki aynan Plankning
ilmiy tadqiqotlari va nazariy g„oyalari, amaliy tajriba
natijalari bilan nihoyatda katta aniqlikda mos kelardi...
Bo‘shliqda qo‘zg‘atilgan
to‘lqinlar miqdori, to‘lqin
uzunligi kamayishi bilan
cheksiz ortadi.